Mavzu: davlat kredit turlari re’JA


Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati


Download 29.82 Kb.
bet5/18
Sana26.11.2021
Hajmi29.82 Kb.
#177975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ESHQUVVATOV ELBEK ning MOLIYA VA SOLIQLAR fanidan mustaqil ish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati

Ma’lumki, kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi.

Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi. Pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyoj ishlab chiqarishning nafaqat mavsumiy, shuningdek boshqa sabablariga ham bog’liq. Barcha hollarda, kreditdan foydalanish asosiy va aylanma fondlarning uzluksiz doiraviy aylanishini, ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi.

Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarishni va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iktisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishga muhim ta’sir ko’rsatadi.

Kreditning umumiy maqsadi – bu ijtimoiy ishlab chiqarishning dinamik va proporsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasining oshishini ta’minlashdan iborat.

Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.

Kredit davlatning iqtisodiy vositalaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Kreditning iqtisodiyotga va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri korxonalarning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlashdagi rolini oshiradi.

Xo’jalik hisobiga qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit shartnomasi tuza oladi.

Kreditning xo’jalik subyektlarining mustaqilligiga ta’siri qo’yidagicha amalga oshiriladi:

- Qarz maqsadli yo’nalishga ega bo’ladi;

- Qarz qaytarib berishlilik va muayyan to’lov majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi.

Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlikka ega bo’lmagan zahiralar va

Xarajatlar kreditlar bermasliklari, kreditini muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’llanilishni hisobga olish zarur.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida hamm kreditning ahamiyati ortib bormoqda

Hozirgi bozor iqtisodiyoti o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida kirib bormoqda va bunda kredit muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorlikni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning o’rini yanada muhimroq bo’lib ko’rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga oid qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar orqali ko’rishimiz mumkin. Respublikamizning «Korxonalar to’g’risida»gi qonunida, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi, «Ipoteka to’g’risida»gi, «Iste’mol kreditlari to’g’risida»gi va boshqa bir qator qonunlariga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berish va shunga oid xizmatlar ko’rsatish, davlatimiz olib borayotgan pul-kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda.





Download 29.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling