Bk - Okz - Ik ….. Vr ….. Qk - Fks
Bk - Kreditning berilishi;
Okz – Kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi;
Ik – Kreditning ishlatilishi;
Vr – Qarz oluvchi xo’jaligida olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishidan chiqarilishi;
Qk – Kreditni qaytarish;
Fks – Kreditning qaytib kelishi, foiz bilan.
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to’xtab qolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to’lov summasini olish obyektiv va subyektiv sabablar tufayli kechiktirilgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi.
Ammo, keredit berish uning zarurligi bilan kifoyalanib qolmasdan, uning maqsadli ishlatilishi shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi.
SHunday qilib, kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |