Reja: O‘zbek yozuviga vergulning kirib kelishi


Download 19.38 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi19.38 Kb.
#1756927
Bog'liq
12-Amaliy


12-mavzu: Vergul va nuqtali vergul belgilarining qo‘llanilishi
Reja:

  1. O‘zbek yozuviga vergulning kirib kelishi.

  2. Vergul qo‘llanish o‘rinlari.

  3. Nuqtali vergul va uning qo‘llanish o‘rinlari.

Nuqtali vergul va uning qo‘llanish o‘rinlari:



  1. Mazmun va gramatik jihatidan bir-biriga nisbatan mustaqillikka ega bo‘lgan qo‘shma gap komponentlari, sodda gap qismlari o‘rtasida nuqtali vergul qo‘llaniladi: yulduzlar hali charaqlab turar, qirchillama sovuq; lekin sharqdan osmon yorishib kelmoqda edi. (B.P.) Eshon Saidani qiyg‘os pishgan olchalar orasidan oqarishib ko‘ringan binoga tomon boshlab bordi; chamadonchi hujraning ostonasiga qo‘yib, yugurganicha qaytib ketdi. (A.Q.)

  2. Gap qismlari; bo‘laklari gruppalanib, uyushib bog‘langanja ular o‘rtasida nuqtali vergul qo‘llaniladi: Derazalarga ip bilan osilgan oq krepdeshni pardalar salqini; derazaning chap tomoniga qo‘yilgan chiroyli yozuv stoli ustida kattakon sariq samovar, jumragiga rang-barang qog‘oz gullar tiqilgan bir talay choynak, qopqog‘i tob tashlagan qizil patefon; stolga tirab qo‘yilgan qimmatbaho trilyaj, uning issiq choynak izlari qolgan tumbochkasida kerosin lampa, chaqilgan gugurt cho‘plari, kattakon qizil sovun... (A.Q.) Otam... qoziqning uchi ham bo‘lma, boshi ham bo‘lma, o‘rtasi bo‘l; uchi bo‘lsang, yerga kirasan, boshi bo‘lsang to‘qmoq yeysan deganlar. (A.Q.)

  3. Raqam yoki harflar bilan ifodalangan numerativlardagi gaplar oxiriga nuqtali vergul qo‘yiladi: Yo‘lchi obraziga xarakteristika: a) Yo‘lchi kamtarin, sodda yigit; b) Yo‘lchi ongining shakillanishi; v) Yo‘lchi – xalq qo‘zg‘olonining rahbari.

Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). Oʻzbekcha matnlarda 19-asr oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:

  1. bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi);

  2. gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi);

  3. yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox,lantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar);

  4. murakkab (aralash) qoʻshma gaplar orasida (Yer koʻkarmas, el yashnamas, boʻlmasa koʻk tomchisi; Qaydan olsin sheʼrni shoir, boʻlmasa ilhomchisi (A. Toʻqay).

Download 19.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling