Mavzu: Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli mundarija


Download 290.33 Kb.
bet2/16
Sana14.04.2023
Hajmi290.33 Kb.
#1356500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli

PUL KREDIT SIYOSATI .

Kredit siyosatining zarurligi shundaki-bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki koʻp xodim ishlashdan qatʼiy nazar, bankda bu siyosat boʻlishi lozim. Chunki bu siyosat kredit boʻyicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarining bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma - ketligini taʼminlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari - kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil boʻlmogʻi lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va yechimlar toʻplami deyiladi.
Hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari.Davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank pul kredit siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. Bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar -moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qilinadi. Bilvosita vositalar - Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.
Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim boʻlganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi.



Download 290.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling