Mavzu: Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli mundarija


II. KREDITNING MOHIYATI, ZURURIYATI, FUNKSIYALARI VA UNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI O‘RNI


Download 290.33 Kb.
bet7/16
Sana14.04.2023
Hajmi290.33 Kb.
#1356500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli

II. KREDITNING MOHIYATI, ZURURIYATI, FUNKSIYALARI VA UNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI O‘RNI.
2.1. Kreditning vazifalari.
Kreditning vazifasi kredit munosabatlarining xo‘jalik faoliyatidagi ko‘rinishi yoki uning harakat ifodasidir.
Kredit quyidagi vazifalarni bajaradi:
 birinchi vazifasi — pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari bo‘lgan veksel, chek, sertifikat kabilarni iqtisodiyot sohasiga jalb qilib, ularning xo‘jalik faoliyatida real harakatini yo‘lga qo‘yadi;
ikkinchi vazifasi — turli xo‘jalik subyektlari va aholi qo‘lidagi bo‘sh pullarni kapitalga aylantiradi, ya’ni pulning o‘z kuchi asosida ko‘payishiga, pulga pul qo‘shilishiga xizmat qiladi;
uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli xo‘jalik subyektlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarining samara beruvchi sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi;
to‘rtinchi vazifasi — pulga muhtoj mijozlarga qarz berilishi va berilgan qarzlarni vaqtida undirib olish orqali ijtimoiy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, ya’ni ishlab chiqarish va muomala jarayonida samaradorlikka erishilishi uchun dastak bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, kredit o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajargan holdagina ijobiy natijalarga olib keladi, aksincha, kreditdan foydalanish maqsadga muvofiq kechmasa, kredit salbiy natijalarga olib keladi. Bunga xo‘jalik hayotidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Eng muhim vazifa shuki, kredit berishda undan kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar (natijalar)ni oldindan sarhisob qilish lozimdir.
Kredit iqtisodiy kategoriyadir, u qarz oluvchilar bilan qarz beruvchilar o‘rtasidagi qarz pulga, undan foydalanishga (iste’mol qilishga), undan foydalanish asosida olingan natijalarga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarni ifodalaydi. Kredit shakllari xuddi ana shu munosabatlarning real iqtisodiyot tajribasida namoyon bo‘lishidir.
Kredit munosabatlari esa bir tomondan, uning subyektlari o‘rtasida vosita aloqalarini, ikkinchi tomondan, kredit subyektlari o‘rtasidagi vositachilik qiluvchi maxsus kishilar o‘rtasida amalga oshadi. Kredit shakllari quyidagilar: bank krediti, tijorat krediti, davlat krediti, iste’mol krediti, xalqaro kredit.
Bank krediti. Kreditning eng qulay va keng tarqalgan shakllaridan biridir. Bank krediti «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun talablari asosida tashkil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, banklar kredit muassasalari sifatida faoliyat yurituvchi tijorat tashkilotlari deyiladi. Ular xo‘jalik subyektlari hamda aholining
bo‘sh pul mablag‘larini ma’lum foizlarda beriladigan haq evaziga o‘zlariga jalb qilib foyda olish uchun aholining va korxona hamda tashkilotlarning pulga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida ularga kredit shaklida beradilar. Albatta, banklar kredit pullarini har qanday ehtiyojmandlarga beravermaydi, ular kreditni xo‘jalik va tijorat faoliyatida samarali ishlatib foyda ola biladigan mijozlargagina
taklif etishadi. Boshqacha aytganda, banklardan kredit oluvchi subyektlar ma’lum iqtisodiy salohiyatga ega, kreditning kafolatini ta’minlay oladigan, ustiga haq qo‘yib qaytarib to‘lay oladigan mijozlar bo‘lishlari kerak.
Bank krediti boshqa kredit shakllaridan keskin farq qiladi. Bu farq shundaki, bank kreditlari nisbatan cheklanmaydi, katta hajmlarda, uzoq muddatlarga, ma’lum tartib va qoidalar bazasiga asoslangan holda beriladi. Bank kreditlari ishonarli va kafolatlidir. Shuning uchun kredit munosabatlari tizimida bank krediti keng tarqalgan va rivojlanib bormoqda.

Download 290.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling