Mavzu: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish
Download 79.08 Kb.
|
3 ped kengash qo`qon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish.
MTT rahbari so’zi Hurmatli kengash qatnashchilari bugungi kengashimizga jami ___ nafar pedagoglardan ____nafari qatnashmoqda, sababsiz qatnashmayotganlar yo’q. Kengashni ochishga rozi bo’lganlar qo’l ko’tarib tasdiqlab qo’yishlaringizni so’rayman. Bugungi kengashni men Nosirova Zubaydaxon G’ulomovna raisligida va Azamova Dilzodaxon Anvarovna kotibaligida olib boramiz. Bugungi kengashimizga Qo’qon shahar maktabgacha ta’lim mutaxassisi O.Ergasheva tahrif buyurganlar . Kengash kun tartibi bilan tanishtiraman . Mavzu: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish. 1. DMTTda ta’lim tarbiya jarayonlarini tashkil etishda hamkorlik tamoyilari. 2.Tashkilotda faoliyat yuritilayotgan ilg‘or pedagoglarning ishini o‘rganish va ommalashtirish( amaliy). 3. DMTT pedagoglarining kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va uzuluksizligini ta’minlash (trening). “Maktabga tayyorlov guruhida tashkil etilgan ta’lim tarbiyaviy ro‘lfe va davlat talablarining bajarilashi” ( frontal nazorat yakunlari) Birinchi masala muhokamasiga o’tmasdan avval sizlarni nazorat ijrosi bilan tanishtirib o’taman. 2023 yil 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 2 sonli pedagogik kengashda qabul qilingan qarorlar ijrosi bo‘yicha: 1. Qabul qilingan qaror bo‘yicha takomillashtirilgan “ Ilk qadam “ davlat o‘quv dasturini amaliyotda tatbik etish bo‘icha doimiy nazoratga olindi va shu buyicha tarbiyachilar tomonidan chora tadbirlar ishlab chiqildi. 2. Guruhlarda ta’lim - tarbiya jarayonlarida inovatsion texnologiyalardan foydalanish yanada rivojlantirish masalasi qarorga kiritilgan va shu masalaga alohida e’tibor qaratilgan . Ta’lim - tarbiya jarayonini nazorat qilish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan guruhlarda ta’lim tarbiya jarayonlari kuzatib borildi va pedagoglar tomonidan ta’lim tarbiya jarayonlarida inovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha talab darajasi taxlil qilindi. Kuzatuv va taxlil davomida, barcha tashkilotda olib borilayotgan ta’lim tarbiya jarayonlari tuliq inovatsion texnologiyalardan foydalanilayotgani aniqlandiki. 3.O‘tgan mavzuli nazoratda ko‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan “ Yo‘l xaritasi” tuzilsin degan qaror qabul qilingan , Shu qaror bo‘yicha bizning tashkilotda tarbiyachilar tomonidan “ Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi, xaritada ko‘rsatilgan ishlar amalga oshirildi va bartaraf etildi. Barcha ma’lumotlar ishchi guruxga topshirildi. O’tgan kengash qarorlari nazoratdan chiqarildi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so’z navbatini uslubchi D.Azamovaga beraman. 2. Kun tartibidagi 2 masala yuzasidan so’z navbati R.Xalilovaga beriladi. 3. Hurmatli kengash qatnashchilari hozir sizlar bilan dam olish daqiqiqasini o’tkazdiramiz. Navbatni psixolog Olga Nikolayevnaga beraman. 4.Mana psixologik test vaziyatidan chiqdik endi sizlar bilan “DMTT pedagoglarini kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida kadrlar malakasini oshirish va uzluksizligini ta’minlash” mavzusida davra suhbati mavzusini yozib olinglar. 1.Tashkilotda pedagoglarning malaka oshirish usullarini ayting. 2.Tashkilotda ilg’or ish tajribani ommalashtirish qanday tartibda olib boriladi. Javob uchun sizlarga 10 daqiqa vaqt beraman. Kim tayyor bo’lsa marhamat javob beringlar. Javoblar uchun rahmat qoniqarli deb xisoblayman. Kun tartibidagi yakuniy masala yuzasidan so’z navbatini yana D.Azamovaga beraman. Frontal nazorat ma’lumoti ulubchi tomonidan o’qib eshitiriladi. Download 79.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling