Mavzu: davlat mexanizmlari va ularning vazifalari


Download 7.34 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi7.34 Kb.
#1429004
  1   2
Bog'liq
DAVLAT MEXANIZMLARI VA ULARNING VAZIFALARI

MAVZU: DAVLAT MEXANIZMLARI VA ULARNING VAZIFALARI

  • Bajardi: MIG’ 103 guruh talabasi
  • Sohibova Xurshida
  • Tekshirdi: Kumushova N.

Reja

  • 1. Davlat mexanizmi tushunchasi va tarkibi.
  • 2. Davlat organi tushunchasi va turlari.
  • 3. Davlat mexanizmida prokuratura va nazorat organlarining o‘rni.

Davlat mexanizmi

  • O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanlaganini jahon hamjamiyatiga e’lon etdi. Mustaqillik yillari xalqimizning tanlagan yo‘li to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda.
  • Hozirgi kunda O‘zbekiston huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan qat’iy ketmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek,«...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo‘lib qolaveradi».
  • Huquqiy davlat qurish murakkab, keng qamrovli va ko‘p qirrali jarayon ekanligini rivojlangan davlatlar hamda yangi qaror topgan davlatlarning eng yangi tarixi ko‘rsatib turibdi. Davlat mexanizmi tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, davlat mexanizmining tarkibi va tuzilishiga ta’sir etuvchi omillar, davlat apparati va uning tarkibiy tuzilmasi, davlat organlari, ularning turlari va vakolatlari, davlat apparatini tashkil etishning prinsiplari, xususan, hokimiyatlar bo‘linishi prinsitsi va uning konstitutsiyaviy asoslari hamda amaliyoti mazkur kurs ishida tahlil etilgan.

Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari hurmat qilinadi.

Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi tushunchasi

  • Davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmi va uni tushu-nish davlat va huquq nazariyasi fanida muhim o‘rin egallaydi, ayni paytda bu masalada ilmiy -nazariy adabiyotda umumiylik mavjud deyish ham mushkul.
  • Har qanday davlat oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini davlat organlari tizimi orqali amalga oshiradi. Davlat hokimiyatining institutsiyaviy asosi - bu davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar tizimi bo‘lib, u murakkab ichki tuzilishga ega.
  • Ma’lumki, ilmiy adabiyotda davlatga jamiyatdagi eng muhim ommaviy-siyosiy tashkilot sifatida qarash mavjud.
  • Keng ma’noda,davlat bu-muayyan davlatning butun aholi-sini qamrab oladigan iyerarxik- pog‘onaviy tashkilot bo‘lib, bunda aholi davlatning substansional unsurini tashkil etadi.
  • Shu joyda faqat bir holatni ta’kidlash lozim, bu ham bo‘lsa yuqorida aytilgan apparatning o‘zi ham bir tashkilot,tashkiliy shakl sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan xulosa shuki, davlatning institutsiyaviy unsuri, bu - davlat hokimiyatini amalga oshiradigan pog‘onaviy tashkilot yoki tor ma’nodagi hokimiyat tashkilotidir. Mana shu tor ma’noda tushuniladigan, ya’ni davlat hokimiyatini amalga oshiradigan tashkilot «davlat hokimiyati apparati»,» yoki «davlat mexanizmi» kabi tushunchalar orqali ifodalanadi .

Download 7.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling