Mavzu: davlat mexanizmlari va ularning vazifalari


Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo‘lsa, bu davlatda fuqarolar umume’tirof etilgan huquq va erkinliklardan to‘la foydalanadilar, davlat esa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi


Download 7.34 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi7.34 Kb.
#1429004
1   2
Bog'liq
DAVLAT MEXANIZMLARI VA ULARNING VAZIFALARI

Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo‘lsa, bu davlatda fuqarolar umume’tirof etilgan huquq va erkinliklardan to‘la foydalanadilar, davlat esa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.

Demokratik tartibot belgilari:

  • 1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lishi;
  • 2) inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e’tirof qilinishi va kafolatlanishi;
  • 3) davlat boshqaruvi ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili asosida amalga oshirilishi;
  • 4) hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi;
  • 5) ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi (pluralizm), ijtimoiy-siyosiy birlashmalarning ko‘pligi;
  • 6) qonun ustuvorligi.

Davlat boshqarishini amalga oshirish maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi va bu idoralar huquqshunoslik fanida davlat organlari deyiladi.

Davlat organlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • a) Vakillik organlari: qonun chiqaruvchi, mahalliy xalq deputatlari kengashlari;
  • b) Ijroiya organlari: davlat boshlig‘i (prezident, monarx), hukumat, vazirlik va davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (prokuratura, ichki ishlar vazirligi va uning organlari, adliya vazirligi va boshqalar);
  • d) Mahalliy ijroiya organlari (viloyat, tuman va shahar hokimliklari);
  • e) Sud va konstitutsiyaviy nazorat idoralari: Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning viloyat (shahar bo‘g‘inlari).

Umuman olganda davlat turli davlat tashkilotlaridan iborat bo‘lib, ularga quyidagilari kiritish mumkin:

Davlat mexanizmida prokuratura va nazorat organlarining tutgan o‘rni.

  • Davlat mexanizmi va uning tarkibiy elementlari haqida gapirganda, bevosita har bir davlatda amal qiladigan nazorat (kontrol) organlari haqida ham to‘xtalish lozim bo‘ladi. Shu munosabat bilan, yuridik ilmiy adabiyotda ancha munozaralarga sabab bo‘lgan bir masalani, ya’ni barcha davlat organlari va tuzilmalarini hokimiyatning uch tarmog‘idan biriga kiritib bo‘lavermaydi, shu bois ularni nazorat hokimiyati tarmog‘i sifatida e’tirof etish lozim degan fikr mavjudligini ta’kidlab o‘tish kerak.
  • Biroq, rossiyalik huquqshunos olim V.A. Chetverninning fikricha, davlatchilik unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda, uch hokimiyat tarmog‘ining bittasining ham tarkibiga kiritsa bilmaydigan organlarning mavjudligi, ushbu mamlakatlarda umuman hokimiyatlarning bo‘linmaganligini yoki hokimiyatlar bo‘linishining prinsipial tarzda buzilganligini ko‘rsatadi.
  • Yuqorida qayd etilgan muallifning fikricha, qaerda hokimiyatlar bo‘linishi to‘la amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha joyda muayyan bir organni qaysi hokimiyat tarmog‘iga kiritish masalasi ko‘ndalang bo‘lmasligi kerak, «ta’sis hokimiyati», «Prezident hokimiyati» kabilar haqiqiy hokimiyat bo‘linishi sharoitida bo‘llishi mumkin emas. Agarda, mabodo, ozgina chetga chiqishlar bo‘lsa-da, biroq bu holat yangi hokimiyat tarmog‘ining shakllanishiga olib kelmasligi kerak.

Download 7.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling