Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari


Download 88.57 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi88.57 Kb.
#189475
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupov Alisher MM63 kurs ishi qayta ishlangani

Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari.

Reja:

Kirish



  1. Moliyaviy nazoratning iqtisodiy ahamiyati, vazifalari va nazariy asoslari.

  2. Moliyaviy nazorat olib boruvchi organlar va ularning moliyaviy nazorat tashkil qilishdagi faoliyati tahlili.

  3. Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan soliq nazoratini tashkil etish amaliyoti.

Xulosa.
FAR


Talaba : Yusupov A MM63

KIRISH

Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizasiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy siyosat to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha barcha imkoniyatlarning safarbar etilishida moliyaviy nazorat o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri moliyaviy nazorati organlari hisoblanadi.

Moliyaviy nazorat organlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli demokratik jamiyat tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor islohotlari samarali ijrosida davlat markaziy o‘rinni egallaydi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda.

Ayrim vazirliklar o‘zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda ta'sischi ekani erkin va sog‘lom raqobatga yo‘l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi o‘zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib bo‘lmaydi Bunday yondashuv so‘nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani hech kimga sir emas.1 Prezidentimiz o’z murojaatnomasida bejizga bunday mulohazalarga kelmagan bularning hammasi o’z isbotini topgan va ayni damda bu ko’rsatkichlar Respublika miqyosidagi moliyaviy nazoratning iqtisodiyotimizning o’sish tendensiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatmayotgani aniq. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida moliyaviy nazorat mexanizmi orqali g’aznachilik tizimini rivojlantirish, xarajatlar smetasini tuzishda budjet tashkilotlariga keng imkoniyatlar berish bilan bir vaqtda budjet xarajatlarini oshishiga yo’l qo’maslik iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari hisoblanadi.Shu sababdan mazkur islohotlar ijrosida davlat byudjetiga tayanilgan holda davlat ijtimoiy siyosatining amalga oshirilishiga kuchli urg‘u berilgan. 2018 yilda ijtimoiy sohada ham chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Bu sohaning barqaror faoliyatini ta’minlash varivojlantirishga davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 65 foizi yo‘naltirilmoqda.Bunda va umuman byudjet ijrosi jarayonida mablag‘larning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash eng muhim vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotda moliyaviy nazorat organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo‘qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud b o‘lmagan.



Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o‘zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo‘ladi.Moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi vabyudjet mablag‘larining maqsadsiz ishlatilishida ko‘p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazorat organlari faoliyatini kuchaytirishning zarurligini ko‘rsatmoqda.

Davlat byudjeti iqtisodiyot rivojlanishining turli bosqichlarida byudjet siyosatini amalga oshirish quroli, mo‘ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larining asosiy manbai xisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratimoliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan davlat moliyaviy siyosatini ifodalaydi. Davlat moliyaviy nazorati organlarining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish, davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqishdan iborat. Davlat moliyaviy nazorati organlarining oldida turgan eng asosiy vazifa davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini xamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashdan iborat.Shunday ekan, xozirgi sharoitida davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etishda davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi va bu mazkur kurs ishi mavzusining naqadar e’tiborli ekanligini ifodalaydi.
1. Moliyaviy nazoratning iqtisodiy ahamiyati, vazifalari va nazariy asoslari.

Jahon iqtisodiyotining tez sur’atlarda ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiy etishi tabiiy ravishda, O’zbekiston Respublikasiningiqtisodiyotiga ham ta’sir etdi. Hozirgi vaqtda “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” amalga oshirilishi, o’z o’rnida g’aznachilik tizimini joriy qilish va takomillashtirish mamlakatimiz uchun zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda, yangi talablarga moslashish zarurati paydo bo’ladi.

Ushbu sharoitda Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi tizimini joriy etish,buxgalteriya hisobini, ular tarkibida ichki auditni tashkil etish zarur va muhim masalalardan hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi “Byudjet Kodeksi” byudjet nazoratiga oid huquqiy mezonlarni yanada mustahkamladi.

Davlat nazorati hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mahalliy organlar tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar nazoratni talab qilishi hech kimga sir emas.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganlaridek, “Hokimlarning hududlarni rivojlantirish, mahalliy byudjetni ijro etish, kommunal muammolarni hal qilish kabi dolzarb faoliyati ustidan xalqimiz o’z vakillari orqali tegishli nazoratni amalga oshirishiga imkoniyat yaratib berish bizning eng muhim vazifamiz bo’lib qolishi zarur. 

Bugungi sharoitda aynan ochiqlik va hisob berish mas’uliyati davlat apparatini samarali shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. 

Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog’ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi.”2

Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi.

Nazorat boshqarish tsiklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini hqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va me’yoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi ob’ekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.

Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan ob’ektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni ob’ektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.

Moliyaviy nazorat moliya funktsiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning, ham boshqa barcha iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.

Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo’lgan ikki sohaga bo’linadi3:


  • davlat moliyaviy nazorati, nodavlat moliyaviy nazorati.

Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’nalti-rilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq.

Moliyaviy nazoratni tashkil etuvchi asosiy printsiplarini quyidagi rasmda ko’rishimiz mumkin.





Download 88.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling