Mavzu: Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari


-jadval Byudjetmablag’laridanfoydalanishnazoratibo’yichavazirliklarvaidoralardaaniqlangantartibbuzarlikholatlari


Download 88.57 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi88.57 Kb.
#189475
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yusupov Alisher MM63 kurs ishi qayta ishlangani

1-jadval

Byudjetmablag’laridanfoydalanishnazoratibo’yichavazirliklarvaidoralardaaniqlangantartibbuzarlikholatlari1

Vazirlik va idoralar



Tekshiruv o’tkazilgan muassasalar soni, dona

Aniqlangan moliyaviy tartib buzishlar miqdori, mln. so’mda

Shundan

Byudjetga qaytarilgan summa



Kamomad, o’g’rilik, o’zlashtirishbo’yicha miqdori, mln. so’mda

Noqonuniy va ortiqcha xarajatlar miqdori, mln. so’mda

2019yil

2012 yil

2019yil

2012 yil

2019yil

2012 yil

2019yil

2019yil

2019 yil

2012 yil

Xalq talimi

4595

1701

3826,0

3730,2

906,6

1255

2919,1

2474,8

3429,5

2520,1

Sog’liqni saqlash

1887

1632

2665,1

1434,4

870,9

535,6

1794,2

898,7

2419,1

1160,1

O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

755

704

2975,5

1284,9

X

X

X

X

2879,3

941,5

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

X

329

X

391,8

X

X

X

X

X

291,6

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

X

42

X

108,7

X

X

X

X

X

106,2

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi 2019 yilning dastlabki to’qqiz oyida respublika va mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadigan 170 dan ortiq ob’ektni birgalikda tekshiruvdan o’tkazdi. 14 ta olimpiya zahiralari kollejida o’tkazilgan tekshiruvlar natijasida xarid qilinadigan iste’mol tovarlari narxi oshirib ko’rsatilgani, ish haqqi asossiz to’langani va boshqa moliviy huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Ushbu huquqbuzarliklar natijasida davlat byudjetiga 2,2 mlrd. so’m zarar etkazilgan. Bugungi kunda etkazilgan zarar to’liq hajmda undirildi. Namangan va Surxondaryo viloyatlari byudjetlari ijrosi bo’yicha o’tkazilgan nazorat-tahlil natijalariga ko’ra, ijtimoiy ob’ektlar qurishda 514,0 mln. so’m, infratuzilma sub’ektlarini barpo etishda 669,0 mln. so’m va qurishda 3,3 mlrd. so’m noqonuniy o’zlashtirilgan holatlar aniqlandi. Bugungi kunda qonunbuzarlardan 1,8 mlrd. so’mdan ortiq mablag’ undirildi7.

3.Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan soliq nazoratini tashkil etish amaliyoti.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko’zdan kechirishdan o’tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi.

 Soliq kodeksi 71-moddasining 2019 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi tahririga «xronometraj»ning yangilangan tartibiga doir muhim normalar kiritilgan. Qabul qilingan hujjatda Soliq kodeksida aks ettirilmagan bir qator masalalar tartibga solingan. Xronometraj ko’zdan kechirish ro’yxatiga kimlar kiritiladi.

Tahlikali-tahlil va kameral nazorat bo’limlari doimiy asosda xronometraj ko’zdan kechirish tayinlanadigan soliq to’lovchilarning ro’yxatini tuzadilar. Ularni quyidagi ma’lumotlar asosida ro’yxatga kiritadilar:


  • realizatsiyadan tushgan tushum hajmlarining pasaytirilganligi. Soliqchilar ushbu ma’lumotlarni soliq to’lovchi soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risida taqdim etgan axborotni aniqlashtirish maqsadida ko’zdan kechirish va so’rov o’tkazish jarayonida tuzilgan ma’lumotnomalardan oladilar

  • vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahliliga ko’ra, soliq to’lovchi taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlarda, shuningdek boshqa ma’lumotlarda tushum hajmlarining pasaytirilganligi;

  • bir hududda (ko’chada, bozor va savdo komplekslarida, mahallada yonma-yon) joylashgan, faoliyat turi, realizatsiya hajmi bir-biriga o’xshash bo’lgan bir nechta sub’ektlarning kunlik o’rtacha tushumidagi keskin farq qiladigan tafovut;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo’yicha naqd pul va to’lov terminali orqali tushgan kunlik tushumlar o’rtasidagi yuqori tafovut;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum o’tgan davrlarga nisbatan keskin kamayib ketganligi va savdo tushumlari to’liq bank kassalariga topshirilmayotganligi;

  • soliq to’lovchi faoliyatining xususiyatlari, ish rejimi va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda nazorat-kassa mashinalaridan 2–3 soat oralig’ida chek urilmaganligi;

  • xronometraj ko’zdan kechirish o’tkazilgandan keyingi davrlarda tushgan tushumning xronometraj ko’zdan kechirish davomida aniqlangan tushumga nisbatan 50%dan yuqori kamayib ketganligi;

  • o’rtacha oylik tushum va elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kirim qilingan tovarlar o’rtasidagi farq vujudga kelganda bo’ladi.

Xronometraj ko’zdan kechirish o’tkazilgan davrga oid hisobotlarda tafovutlar aniqlanganda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar quyidagi formulalar asosida hisoblab chiqiladi:

 YaST = (XNT x IK) x SS – yagona soliq to’lovi uchun;

QQS = (XNT x IK) – HT x SS – qo’shilgan qiymat solig’i uchun;

FS = ((XNT x IK) x RD) – HT x SS – foyda solig’i uchun;

AS = (XNT x IK) – HT x SS – aktsiz solig’i uchun;

NS = (XNT x IK) – HT x SS – er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

 Bu erda:

XNT – xronometraj ko’zdan kechirish yakuni bo’yicha aniqlangan o’rtacha kunlik tushum;

IK – xronometraj ko’zdan kechirish jarayonida aniqlangan hisobot davri uchun ish kunlari soni;

HT – soliq to’lovchi hisobotida aks ettirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi;

SS – soliq stavkasi;

RD – rentabellik darajasi (oldingi hisobot davrida).

Xronometraj soliq to’lovchining barcha ob’ektlarida bir vaqtning o’zida o’tkaziladi. Xronometraj ko’zdan kechirish o’tkaziladigan aniq joylar, shuningdek soliq organlari xodimlarining xatti-harakatlari faoliyat sohasiga bog’liq:



  • ulgurji va chakana savdo sohasida – bevosita tovarlar realizatsiyasi uchun mo’ljallangan hamda mijozlar bilan hisob-kitob qilish joylarida;

  • umumiy ovqatlanish sohasida – bevosita taom tayyorlanadigan, mijozlarga taom tarqatiladigan va ular bilan hisob-kitob qilinadigan joylarda;

  • xizmat ko’rsatish sohasida – bevosita xizmatlar ko’rsatish va mijozlar bilan hisob-kitob qilish joylarida;

  • ishlab chiqarish sohasida – bevosita mahsulot ishlab chiqarish tsexlarida va mahsulotlarni tarqatish omborxonalarida, shuningdek mijozlar bilan hisob-kitob qilish joylarida;

  • boshqa sohalarda – soliq to’lovchi daromad olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob’ektlarini saqlash bilan bog’liq joylarda.

Chakana savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko’rsatish sohasidagi soliq to’lovchilarda xronometraj ko’zdan kechirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • soliq to’lovchining kassasidagi mavjud naqd pul qoldig’ini nazorat-kassa mashinasining «X» hisoboti bilan solishtirish va ijobiy farq summasi NKMning xotirasiga kiritilishini ta’minlash;

  • realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlarning haqiqiy hajmini aniqlash hamda kunlik pul mablag’lari tushumini kuzatish va qayd etish;

  • xronometraj ko’zdan kechirish yakunida nazorat-kassa mashinasidan «Z» hisobot chiqarish va ma’lumotnomaga ilova qilish;

  • kassadagi mavjud kunlik pul tushumi bilan qayd etish varaqasidagi tushumlar miqdori o’rtasidagi ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasining xotirasiga kiritish.

 Ishlab chiqarish sohasida xronometraj ko’zdan kechirishni o’tkazish murakkabroq. Soliq organlari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi va sotish narxi, hajmi va omborxonalaridagi tayyor mahsulotlar miqdoriga aniqlik kiritadilar. Parallel ravishda o’lchov asboblari orqali ishlab chiqarish quvvatlari uchun sarflanayotgan tabiiy resurslar (gaz, elektr energiyasi, suv, yoqilg’i-moylash materiallari) hajmini qayd etadilar. Shuningdek ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan tovar xom ashyo hajmini qayd etadilar, ishlab chiqarish uskunalarining soni va ularning quvvatlarini aniqlaydilar, ishchilar soniga aniqlik kiritadilar va ularning ro’yxatini shakllantiradilar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorini aniqlaydilar, shuningdek ularni realizatsiya qilish usullarini aniqlaydilar va jarayonini qayd etadilar.

 



1-rasm. 2017-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar tahlili8
2018 yilda soliq nazorati tadbirlari soni 2 664 tani tashkil qilgan bo’lsa, 2019 yil ushbu miqdor 1 439 tani tashkil qilgan. Ma’muriy jarimalar miqdori 2018 yil 581,6 mln. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2019 yil ushbu jarimalar miqdori 326,2 mln. so’mni tashkil qilgan.

Soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq tekshiruvini o‘tkazis h muddati o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori bilan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari - kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas. Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qo‘shimcha buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‘tkazishga ilgari jalb qilingan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.





2-rasm. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi nazorat tadbirlari natijalari,9 mlrd. so’mda

Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2018 yil O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi nazorat tadbirlari natijasida 746,7 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ unidirilgan. 2019 yil nazorat tadbirlari natijasida 1 881,1 mlrd. so’m mablag’ undirilgan.

Iqtisodiy islohotlar sharoitida soliq nazoratini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliqma’murchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiyto‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora -tadbirlari to‘g‘risida” gi PF- 5116 sonli Farmon qabul qilindi. Farmonda ta’kidlanishicha, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada

takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi

677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni

yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O’zbekiston

Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom” yangitdan tasdiqlandi. Ushbu nizomga muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Soliq tekshiruvi materiallarining davlat soliq xizmati organi tomonidan ko‘rib chiqilishi. Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni o‘tgach, biroq o‘n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqiladi.

Soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilayotganda hisoblangan yoki ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, soliqto‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligi, qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.

Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma tushuntirishlarini yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida taqdim etishga haqli. Mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. Agar soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organini xabardor qilgan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishni uch ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda soliq to‘lovchi xabardor qilinadi. Agar soliq to‘lovchi takroriy xabarnomaga qaramasdan soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishga kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar va e’tirozlar uning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.

Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqqan mansabdor shaxs, soliq to‘lovchi, shuningdek ularni ko‘rib chiq ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Soliq to‘lovchi bayonnomani imzolashdan bosh tortganda yoxud soliq tekshiruvi materiallari uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilganda bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.

Soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining ishtirokida ko‘rib chiqilganda bayonnoma uch nusxada tuziladi, ulardan bir nusxasi soliqto‘lovchiga beriladi. Soliq to‘lovchi bayonnomani olganda bayonnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘yishi shart.

Soliqto‘lovchi bayonnomani olishdan bosh tortgan taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish bayonnomasining davlat soliq xizmati organida qolgan barcha nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.



2-jadval

2017-2019 yillar davomida Olmazor DSI tomonidan o’tkazilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan jinoiy ishlar to’g’risidagi ma’lumot10

Yillar

Kameral nazorat o’tkazilgan sub’ektlar soni

Soliqqa oid huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan sub’ektlar soni

Huquqbuzarlikka nisbatan jinoiy ishlari qo’zg’atilgan sub’ektlar soni

2017 yil

4 235

26

8

2018 yil

4 762

22

6

2019 yil 1 chorak

5 173

6

3

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2017 yil soliqqa oid huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan sub’ektlar soni 26 tani tashkil qilgan. Huquqbuzarlikka nisbatan jinoiy ishlari qo’zg’atilgan sub’ektlar soni 8 tani tashkil qilgan. 2018 yil huquqbuzarlikka yo’l qo’ygan sub’ektlar soni 22 tani tashkil qilgan bo’lsa, Huquqbuzarlikka nisbatan jinoiy ishlari qo’zg’atilgan sub’ektlar soni 6 tani tashkil qilgan, bundan ko’rinib turibdiki mutassil nazorat o’rnatib uni ushlab turish albatta o’zining ijobiy natiajsini beradi.


XULOSA
Mamlakatimiz iqtisodiyoti va etakchi tarmoqlarida izchil o’sish sur’atlari saqlangani, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, birinchi navbatdagi chora-tadbirlar va tarmoqlarni modernizatsiyalashga oid dasturlar amalga oshirilgani aholi farovonligini yanada yuksaltirish imkonini bermoqda.

Joylarda transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining jadal rivojlantirilishi, qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishiga oid dasturlar, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga byudjet mablag’larining samarali yo’naltirilgani eng chekka hududlarni rivojlantirishda ham muhim omil bo’ldi.

Davlat moliyaviy nazorati Bosh Boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan nazorat tadbirlarida ham asosiy e’tibor davlat mablag’larining maqsadli ishlatilganini aniqlashga qaratildi. Bundan tashqari tekshiruvlar hududlarda byudjet daromadlarini oshirish uchun qo’shimcha zaxira hamda byudjet xarajatlarini kamaytirish va optimallashtirish imkoniyatlari mavjudligini ham ko’rsatmoqda.Davlat moliyaviy nazorati Bosh Boshqarmasi mutaxassislarining joylardagi faoliyati qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari ijrosiga jiddiy e’tibor qaratish va bu borada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Davlat byudjeti mablag’larining sarflanishini nazorat qilishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olish lozim:

1.Mamlakatimizda byudjet tashkilotlarini byudjet mablag‘lari bilan ta’minlashda byudjet mablag‘lari sarfini nazorat qilishda ustunlik va tizimlilik bo‘lishi uchun xarajatlar smetasidan foydalanib kelmoqda. Byudjet tashkiloti tomonidan tuzilgan xarajatlar smetasi va uning ijrosi yuzasidan nazorat olib borish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda bu organlarning yuqoridagi faoliyatini yuritish uchun tegishli huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari, kodekslar va boshqa huquqiy asoslar bilan tartibga solinib turadi.

2.Shuni qayd etish mumkinki, moliya vazirligi tizimida byudjet tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular tomonidan byudjet intizomiga rioya etish, davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanish nazorat qilinib, tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga qonunda ko‘zlangan jazo choralari qo‘llanilmoqda. Bu esa, davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli ishlatilishini va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

3.Fikrimizcha, davlat byudjeti mablag’larini sarflanishining samarali monitoringi amalga oshirishda texnik vositalar va dasturiy ta’minotlar imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Bu orqali byudjet mablag’laridan foydalanishda inson omilining kamayishi, mavjud axborotlarni qayta ishlashning qulaylik yaratishga va ishonchli moliyaviy nazoratini tashkil etishga erishish mumkin bo’ladi.

4.Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish tizimini keng yo’lga qo’yish ham muhim rol o’ynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo maydonchalari o’rtasida o’zaro axborot almashish aloqalarini yanada mukammalashtirish byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.

5. Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishda jamoat nazorati va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish ham mablag’laridan maqsadli foydalanilishni nazorat qilish va uning samaradorligini oshirishga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, quyidagi tavsiyalarni aytish mumkin:

Bizningcha, mamlakatimizda byudjet tizimi va jarayonini tartibga soladigan me’yoriy bazalarini unifikatsiyalash, ixchamlashtirish va muqobillashtirish chora tadbirlari ham byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanilishni nazorat qilish va uning samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. Bunda esa byudjet tizimi va jarayonida moliyaviy munosabatlarni tartibga solish borasida foydalaniladigan barcha hujjatlarni yagona me’yoriy hujjat qilib jamlash va muqobillashtirish lozim.

O’zbekiston Respublikasida nazorat-texnik ishlari samaradorligini oshirishga, sifatini rivojlangan xorij davlatlari tajribalariga murojaat qilish foydalidir. Shunga ko’ra va respublikamizning Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish hamda moliyaviy nazorat qilishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlari qatorida quyidagilarning amalga oshirilishi shart:

-davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilish maqsadlarini shakllantirish, qo’yilgan maqsadlarga ershish uchun moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifalarni aniqlash;

-huquqni himoya qilish organlari bilan o’zaro ta’sir etish mexanizmini takomillashtirish, ichki va muassasalar moliyaviy nazorat faoliyatlarini faollashtirish;



-xorij davlatlarining nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va tajribalarini o’rganish, so’ngra ularning ijobiy yutuqlari va mamalakatimiz iqtisodiyotiga mos keladigan natijalarini amaliyotga tadbiq qilishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


  1. O‘zbekiston Resrublikasi Konstitutsiuasi. O‘zbekiston Resrublikasi qonun hujjatlari to‘rlami, 2014-u.,16-son 176-modda

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26 iyun 2018 yildagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3802-sonli Qarori

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28-dekabr 2018-yil//https://president.uz/uz/lists/view/ 1371

  4. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”. T.: “O’zbekiston”2018 yil 26 dekabr.\\ 170- modda

  5. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-№3454-sonli Qarori 2017 yil 29 dekabr.

  7. Nuriddinova V.Sh, Sharapova M.A. ”Moliyaviy nazorat” o’quv qo’llanma,-T:, 2014 y.

  8. Malikov T.S., Jalilov P.T., Byudjet-soliq siyosati: monografiya, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti.-T.Akademnashr, 2011. – 472 b.

  9. Malikov T.S., Haydarov N.H. Byudjet daromadlari va xarajatlari. /O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2007.




1O’zbekistonPrezidenti ShavkatMirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

2O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28-dekabr 2018-yil//https://president.uz/uz/lists/view/ 1371

3 Финансы, налоги и кредит. Учебник. Изд. 2-e, под ред., проф. И.Д. Матскуляка. – M.: Издательство РАГС, 2007г.стр 23.

4 Malikov T., D.Vahobov. Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. “Iqtisod-moliya”. Toshkent. 2010 yil. 112-bet.

5 Malikov T., Vahobov D. Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. “Iqtisod-moliya”. Toshkent. 2010 yil. 115-bet.

6 O’zbekiston Respublikasining “Byudjet Kodeksi”ning 170-moddasi

77Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi malumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi

8 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.

9 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.

10 Toshkent shahar Olmazor tumani soliq inspektsiyasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan shakllantirildi.

Download 88.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling