Mavzu: "Davlat tili"da ish yuritish fanining maqsad va vazifalari


Download 66.27 Kb.
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi66.27 Kb.
#1795049
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Davlat tili da ish yuritish fanining maqsad va vazifalar-fayllar.org


MUSTAQIL ISH
MAVZU: “Davlat tili”da ish yuritish fanining maqsad va vazifalari
Fan nomi: Davlat tilida

ish yuritish


Topshirdi: 1-bosqich talabasi
Annamuratova Karomat
Reja:
1. Predmetning maqsadi va vazifalari.

2. Til va jamiyat.


3. Til va tafakkur birligi.
4. «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun
Respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho‘rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan, 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan, 1995-yil24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”, tasdiqlangan va, eng asosiysi, 2010-yildan e’tiboran davlat tilga va yangi alifboda ish yuritishga o‘tilgan bo‘lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qog‘ozlarini yangi davr talabida yuritishga o‘tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.

Ish qog‘ozlari yuritish bo‘yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o‘quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi hujjatni qo‘lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. Ana shu davrdan boshlab ular ish qog‘ozlari, hujjatlarga har qadamda duch kela boshlaydilar. Ishga kirish uchun, o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun, mehnat ta’tili olish yoki biror voqea tufayli o‘z hisobidan mehnat ta’tili olishi uchun ariza yozishi, mehnat ta’tilidan qaytganligi yoki betoblikdan so‘ng ishga tushganligi to‘g‘risida bildirishnoma yozishi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yoki nojo‘ya xatti-harakatlar uchun tushuntirish xati yozishi, bajarilgan ishlar yoki berilgan topshiriqlar yuzasidan, xizmat safari bo‘yicha hisobot yozishi, yetkazilgan moddiy, ma’naviy yoki jismoniy zarar uchun da’vo arizasi yoxud shikoyat xati yozishiga to‘g‘ri keladi. Ba’zan mana shunday hujjatlarni o‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassisgina emas, balki oliy ma’lumotli malakali mutaxassislar ham to‘g‘ri rasmiylashtirishga qiynaladilar. Shunga ko‘ra oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Davlat tilida ish yuritish” kursining kiritilishi hamda o‘qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir. Davlatimiz rahbari 2019-yil 21-oktyabr kuni imzolagan « 0 ‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida haqli ravishda alohida qayd etganidek, «bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada, aw alo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga jiddiy ahamiyat qaratishi tabiiydir». Davlatimiz rahbarining mazkur Farmonida o ‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi hayotimizning barcha jabhalarida to'la-to^is joriy qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar aniq belgilab berilgan, mazkur maqomning muntazamligi uchun davlat va boshqa tashkilotlar, fuqarolaming mas’ullik intizomi ko‘rsatilgan. Aytish joizki, shu tarzda bir necha o‘n yillar davomida tilimiz rivoji borasida harakatga kelolmagan mexanizmlar bugun faol va samarador harakatga kelmoqda. Ayni paytda shuni ham hech mubolag‘asiz aytish joizki, bugun davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish, unga teran muhabbat va ehtirom tarbiyasi borasida ham tamo4 Muqaddima mila yangi bosqich boshlandi, so‘z va ish birligi tamoyili rost o‘zanlarda namoyon bo4 la boshlamoqda. Davlatimiz rahbari tajribali tabibday tilimiz tomirlarini qo‘lida tutib, uning dard-u og‘riqlariga malham topmoqda, qaddini ozod ko‘tarishi va emin-erkin faoliyati uchun madad berish yoilarini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizning milliy yuksalishday ulug‘ va ezgu maqsadlarga erishuvida ona tili - davlat tili benazir tayanchdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz o‘z nutqlarida «davlat tili masalasi milliy gloyamizning asosiy tamoyillaridan bin boMishi zarun>ligini alohida uqtirdilar. 0 ‘zbek tilining ham ona tili, ham davlat tili sifatidagi taraqqiyotini ta’minlash, hech bir shubhasiz, milliy manfaatlarimiz himoyasining tamallarini tashkil etadigan muqaddas harakatlardan hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bugun ana shunday harakatlaming boshini qovushtirish, bu boradagi ishlarga yangicha ruh berish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlami qo‘llab-quwatlashi, o‘zbek tilining boy ifoda imkonlarini ko‘rsatadigan izohli va terminologik lug‘atlami nashr etish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalaming o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, pirivordida esa har bir fuqaro qalbida davlat tiliga ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Davlat tilining jadal joriy qilinishidagi o‘zak masalalardan biri mamlakatimizda ish yuritish tizimini to‘lasicha o‘zbek tiliga o‘tkazishdan iborat. Bunda ish yuritish bolyicha turli, hatto aniq sohalar bo‘yicha qo‘llanmalar yaratish va ko‘p nusxalarda nashr qilish ham alohida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda turli soha xodimlarining ish yuritish borasidagi bilim va malakalarini muntazam oshirib borish ham zaruriy ehtiyojlardandir. Shuning uchun ham hukumatning 2020- yil 3-martdagi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi 5 Muqaddima Toshkent davlat о‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida hududlardagi davlat universitetlari va pedagogika institutlari qoshida bo‘linmalarga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech boMmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to‘g ‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz tasaw ur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida»gi Qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo boMgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a ’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlami muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan aw algi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan aw algi 2112-2094-yillar)ning qonunlari1 va boshqa manbalaming mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlaming almashinishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlaming takomillashishi barobarida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli davrlarida o ‘rxun-enasoy, sug‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman, yozma manbalar ma’lum. 0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bugungi kunda hujjatchilikning shakllanishi uchun butun imkoniyatlar ochildi. Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish taraqqiyotiga muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasida hujjatlaming о ‘mi va ahamiyati beqiyosdir. Ayni paytda, hujjatlar matnini tuzish boshqamv apparati faoliyatidagi eng sermehnat va sermashaqqat jarayondir. Bu jarayonning oqilonaligi va samaradorligini oshirmasdan turib, umumiy boshqamv madaniyatini yuksaltirib bo‘lmaydi. Jamiyat hayoti barcha jabhalarining jadal rivoji esa boshqamv madaniyatining darajasiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham zamonaviy rahbar har qanday zamriy axborotni rasmiy-ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay olishi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan bo’lishi zarur. Hujjatshunos A.S. Golovach shunday ta’kidlaydi: «Boshqamv sohasidagi kamchiliklaming asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko‘pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir, ular muassasa, tashkilot va korxonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘riqlari, usullari va yo‘llari majmuini yetarli darajada bilmaydilar».2 B a’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu, albatta, nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi ekanligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. Barchaga ma’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur bu tildir. Ayni paytda, hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasinigina bajarib qolmasdan, boshqamv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham, aw alo, o ‘z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda, hujjatchiligimizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak. Hujjatlaming sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog‘liq atamalaming bir xilligiga erishish borasida ish olib borish bugungi kundagi dolzarb muammolardandir. Bugun o ‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirishga jadal kirishilgan bir davrda ana shunday qo ‘llanmaning takomillashtirilgan yangi nashrini tayyorlashga katta ehtiyoj tug‘ildi. Ana shu ehtiyojni inobatga olgan holda qo‘lingizdagi yangi nashr tayyorlandi. «Davlat tilida ish yuritish» amaliy qo‘llanmasining ushbu nashrida aw alg i nashrida mavjud bo‘lgan xato va kam chiliklar tuzatildi va bartaraf etildi. U hozirgi kunda amaliyotda ko ‘p qo‘llanayotgan hujjat namunalari bilan to ‘ldirildi. Xizmat yozishm alari yanada takom illashtirildi. L ug‘at qismi ish yuritishga doir va ish yuritishda qo‘llanadigan yangi atamalar bilan to ‘ldirildi, shuningdek, ish yuritishga bevosita aloqador bo‘lmagan ayrim atamalar chiqarib tashlandi. Qo‘lingizdagi kitobning dastlabki boblarida ish yuritish hujjatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, turlari, umumiy uslubiy tomonlari hamda idoraviy ish yuritish tili, shuningdek, boshqamv hujjatlaridagi zamriy qismlar (rekvizitlar) va ulami rasmiylashtirish, blanka hujjatlari talablari xususida to‘xtab o‘tiladi. Ushbu takomillashtirilgan yangi nashmi tayyorlashda qo‘llanma mualliflari aw algi nashrlar yuzasidan mutaxassislar, amaliyotchilar bildirgan fikr-mulohazalar, takliflami e’tiborga olib, ularga jiddiy yondashdilar. Shu nuqtayi nazardan kitob mundarijasi jiddiy o‘zgartirildi, ko‘p hujjatlami yoritishda aniqliklar kiritildi. Mamlakatimizda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborilgan, ancha-muncha natijalar ham yo‘q emas. 0 ‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud tajribalardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda amaliyotda «qonun», «farmon», «qaror» so‘zlarini ulaming nomlaridan keyin ba’zan bosh harf bilan, ba’zan kichik harf bilan yozish holatlari uchramoqda. Aslida, 0 ‘zbekiston Respublikasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan e ’lon qilingan qonun, farmon va qarorlar oliy tashkilot va oliy mansab egasi nomidan e’lon qilingani sababli ulaming nomlaridan keyin keladigan «qonun», «farmon», «qaror» so‘zlari bosh harfda yozilishi kerak. Masalan: «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi «O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi «O'zbekiston tarixi» telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Qarori.
“Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘qitishdan maqsad talabalarni nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi davlat tilida ish yuritish asoslari bilan yaqindan tanishtirish, rasmiy hujjatlar haqida bilim berish uchun xizmat qiladi. 0 ‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng aw alo, o ‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini m a’lum darajada tasaw ur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman, faoliyati ish qog‘ozlarini tuzish bilan b ogiiq kishi o‘zbek tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy qoidalarini egallagan boiishi kerak. Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagi xizmatchilar o‘z ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekan. Mazkur xodimlar o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lmasa, ish vaqtlarining 100 foizini bu ishga sarflaganlarida ham ijobiy natijaga erishish qiyin. 0 ‘zbek hujjatchiligidagi jiddiy o‘rganilishi, amaliy va nazariy tadqiq etilishi lozim bo‘lgan o‘rinlardan biri ayrim hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Bir necha tur hujjatlar rus tilida qanday nomlansa, o‘zbek tilida ham shundayligicha nomlab kelingan. Sho‘rolar davrida idoraviy ish yuritish, asosan, rus tilida olib borilganligi uchun ham bunga ehtiyoj bo‘lmagan. Bunday hoi hujjatlarning nomlarida, matnida ham ko‘p kuzatilgan. 0 ‘zbek tilida uzoq vaqtlar qoilanishda bo‘lgan «справка», «рапорт», «инструкция», «акт», «характеристика» kabi ko‘plab hujjat nomlari uchun tegishli o‘zbekcha muqobil so‘zlar yo‘qmidi?! Izlansa, tariximizga, noyob kitoblarimizga, qo‘lyozmalarga murojaat qilinsa, topilardi. Yusuf 16 Ish yuritish tili va uslubi Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq, noma» m a’nosidagi «bildirguluk» so‘zi bor. Bu so‘z sof turkiy «bilmoq» fe’lidan yasalgan. Shulami hisobga olib, «рапорт» deyiladigan hujjatni o‘zbek tilida «bildirish» so‘zi bilan nomlash mumkin. «Справка» m a’nosini «ma’Iumotnoma» so‘zi bemalol ifoda etib kelmoqda. «Акт» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron-bir faktning to‘g‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi. Shunday ekan, bu hujjatni o‘zbek tilida «dalolatnoma» so‘zi bilan atayverish mumkin, bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g‘ri va toiiq aks ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi. «Инструкция» so‘zi o‘mida 0‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkinligini keyingi yillardagi amaliyot ko‘rsatib turibdi. Qisqasi, hujjat nomlarini o‘zbek tilining o‘z imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning o‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri - xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlami ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qolshimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ulaming ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo'ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak.
“Davlat tilida ish yuritish” fanining vazifalari:
– o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutqning uslubiy shakllari, matn turlari va tarkibi, hujjatlarning paydo bo‘lishi va tarixini o‘rganish bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash;
– ish hujjatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar hujjat turlari va ish yuritish asoslari ish yuritish tili va uslubi, xizmat yozishmalari bilan ishlash texnologiyalari haqida ma’lumot berish;
– farmoyish hujjatlari va ularning turlari,shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi. muassasalarda ish yuritishni tashkil etish texnologiyalari, ish yuritishni takomillashtirish asosiy yo‘nalishlari haqida bilim olish;
– filologik bilim asoslari, o‘zbek tilining har bir sathi haqida bilimga ega bo‘lishi;
– hujjatchilik tarixi, xususan, sharq hujjatchiligi, hujjat turlari va hujjat ish yuritish asoslari, hujjat tili va uslublari, o‘zbek tilida farmoyish hujjatlari ish yuritish qog‘ozlarini yoza olish uni o‘z qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim;
– ish yuritishga oid atamalarni bilish va amalda qo‘llay olishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8,9,10-moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat sifatida puxta egallash, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olishi, nutqiy savodxonlikka erishishi uchun hujjat matnlarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiradi. Jumladan, “Davlat tilida ish yuritish” darslari joriy etildi.
Har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur – bu tildir. Ayni paytda hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasinigina bajarib qolmasdan, boshqaruv faoliyatini izchil tartibga soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham avvalo, o‘z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib va dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan holda, hujjatchiligimizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq kerak.
Hujjatlarning sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini yaratish, bular bilan bog‘liq atamalarning bir xilligiga erishish borasida ish olib borish lozim. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham zamonaviy xodim zaruriy axborotni rasmiy ish tilining tegishli shakllarida bemalol ifodalay olishi, idoraviy ish yuritish malakalarini puxta egallagan bo‘lishi zarur. Ish yuritishda, albatta, o ‘zbek tilining o‘z qonun-qoidalariga rioya qilish kerak. Kichkinagina bir misol: bizda o ‘zbek tilida bitilgan hujjatlarda uning sanasini ko‘rsatish, masalan, «12-oktyabr 1989-yil» tarzida yozish rus tilidan ko‘chirish oqibatida odat bo‘lib qolgan. Rus tilida «12 октября 1989 года» tarzida yoziladi va bu rus tilining tabiati va qonuniyatlariga to ‘la muvofiq keladi. Ayni iboraning o ‘zbek tilidagi m a’nosi ham aslida «1989-yilning 12-oktyabri» demakdir. Shunday ekan, o ‘zbek tilining o‘z tabiati va qonun-qoidalari asosida «1989-yilning 12-oktyabri» yoki juda bo‘lmaganda, «1989-yil 12-oktyabri» tarzida yozish kerak. Bu-ku - bir misol. Hujjatlarda so‘z va gap tartibi bilan aloqador, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar borki, ulami faqat ayni til tabiatidan kelib chiqib hal etmoq lozim. Aksincha yo‘l tutish, biron-bir darajada bo‘lsin, o ‘zini oqlay olmaydi. Rasmiy tadbirlardan tashqari, hozirga qadar o ‘zbek tilida idoraviy ish yuritish sohasida bir necha amaliy qo‘llanmalar yaratildi. Q o‘lingizdagi kitob muallifiari 1990-yilda «Oczbek tilida ish yuritish» nomli qo‘llanmani tayyorlab, nashr ettirgan edilar. Bu kitob tez tarqaldi. Ammo istiqlol sharofati bilan juda ko4plab yangi tushunchalar paydo bo‘ldi, ko‘plab tushunchalar yangi mohiyat kasb etdi, yana ko‘plab tushunchalar esa tamoman eskirdi. Tilimizning lug‘at boyligini tozalash jarayonlari tezlashdi, «eskirgan» degan tamg‘a bilan qo'llanishi cheklangan so‘zlar qaytadan «tiriltirildi», tilimiz tabiatiga muvofiq ravishda yangi so‘zlar yasaldi. Ana shu m a’noda mazkur kitobni tamoman yangidan tayyorlash ehtiyoji tug‘ildi. Ana shu ehtiyojni inobatga olgan holda tayyorlangan kitob «Ish yuritish (Amaliy qo‘llanma)» nomi ostida bir necha marta chop qilindi

Download 66.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling