Mavzu: Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish


Download 6.1 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi6.1 Kb.
#1502896
Bog'liq
33-mavzu mtte

Mavzu:Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish

Reja:

  • 1.Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilish
  • 2.Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilish.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o`z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Davlat boshqaruvi organlari,mahalliy davlat hokimiyati organlari va bosqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo`lishi mumkin.
Yuridik shaxslar-xususiy mulk huquqi sub’ektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo`lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish,o`zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi,qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro`yxatidan o`tgandan keyin beriladi.

  • Maktabgacha ta’lim sohasidagi nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat ro`yxatidan o`tgandan keyin beriladi.
  • Maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini amalga oshorish huquqi uchun litsenziya berish,litsenziyaga amal qilish muddatini uzaytirish,litsenziyaning amal qilishini to`xtatib turish yoki to`xtatish,shuningdek,uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini naorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilab berilgan tartibda amalga oshiriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 6.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling