Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |