Mavzu: Davlatga qarashli bólmagan mtt larni tashkil qilish Reja
Download 400.39 Kb.
|
Davlatga qarashli bólmagan MTT larni tashkil qilish
Mavzu: Davlatga qarashli bólmagan MTT larni tashkil qilish Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha muassasalarni tashkil etish. MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlari byicha pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar.. 3.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida 1. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha muassasalarni tashkil etish. . Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimida raqobat muhitini yaratish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining davlat maktabgacha bolalar muassasalari bilan bir qatorda tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalari tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Oldingi tahrirga qarang. 2. Tugatilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bo‘shayotgan binolari va inshootlari mavjud jihozlari va asbob-uskunalari bilan birgalikda, keyinchalik sotib olish huquqi bilan 3 yilgacha muddatga ijara haqi undirmasdan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijaraga berilishi mumkinligi belgilansin. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalarining ishlab turgan davlat maktabgacha bolalar muassasalari tarkibi va hududida, shuningdek boshqa davlat maktabgacha bolalar muassasalariga ega bo‘lmagan aholi yashash joylaridagi ishlab turgan davlat maktabgacha muassasalari o‘rniga tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasasi (tashkiloti) to‘g‘risida Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda ularni tashkil etish tartibini, ularning tashkiliy-huquqiy maqomini, tegishli davlat standartlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy talablarni, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun haq to‘lash tartibini, mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini va boshqalarni nazarda tutsin. Oldingi tahrirga qarang. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda) Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda) Oldingi tahrirga qarang. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) Oldingi tahrirga qarang. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) Oldingi tahrirga qarang. 9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga amaldagi qonun hujjatlari doirasida har tomonlama ko‘maklashsinlar; O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab turgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining joylashuvini va bolalar bilan to‘ldirilganligini, ularning bir qismini keyinchalik sotish yoki yangidan tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ijaraga berish uchun aniqlab olish maqsadida budjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini puxta o‘rganib chiqsinlar; davlat ta’minoti tashkilotlari uchun xaridlarning umumiy hajmini aniqlashda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olsinlar va nodavlat maktabgacha bolalar tashkilotlari tomonidan davlat ta’minoti tizimining savdo korxonalari tarmoqlari, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari orqali naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha mayda ulgurji tartibda oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish imkoniyatini ta’minlasinlar. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) 11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsin. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin. Download 400.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling