Mavzu: Davr xarajatlari auditi
Download 55.47 Kb.
|
Davr xarajatlari auditi
4.Amaldagi Nizomning bosh maqsadlaridan biri-xo‘jaliklarning soliqqa tortish bazasini to‘g‘ri aniqlashdan iboratdir. Shu sabab, Nizomda davr xarajatlariga berilgan ta'rifda, uning moliyaviy jihatlariga asosiy urg‘u berilgan. Jumladan, aksariyat mutahassislik adabiyotlarida ham mazkur me'yoriy hujjatdagi tartibdan kelib chiqqan holda xarajat elementlariga ta'riflar keltirilgan.5. Davr xarajatlarini auditorlik tekshiruvini rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o‘rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o‘rganishdan ikkita maqsadni ko‘zlaydi: a) audit o‘tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iktisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko‘rsatish.6. Ichki nazorat tizimini ko‘rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma'muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya'ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o‘rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim. O‘rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan taxlikali vaziyatlarni baholashda to‘plagan ma'lumotlaridan foydalanadi. Lekin, u agar butun auditning taxlikali vaziyatlarini qulay deb baholagan bo‘lsa, shuningdek, korxonaning ichki nazorat tizimini ham ishonchli deb bilmasligi lozim. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor olingan ma'lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, unda quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va prinsiplari; rahbariyatning ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati.7. Davr xarajatlarini tekshirishda auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi va unda muhimlik darajasini belgilashning induktiv usulini qo‘llash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.Download 55.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling