Reja: Kirish. 1. Davr xarajatlari auditining mazmun maqsad va meyoriy huquqiy asosolari. 2. Davr xarajatlari auditining tashkil etish ketma-ketligi. 3. Davr xarajatlari auditini natijalarini rasmiylashtirish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati. - Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarda davr xarajatlari auditining to‘g‘ri tashkil etilishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Davr xarajatlari auditini o‘tkazishdan maqsad ushbu turdagi xarajatlar hisobini yuritishning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida respublikamiz Prezidenti va xukumati tomondan xususiy sektorni rivojlantirishga, mulkdor sinfining shakllanishiga birlamchi e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qabul qilingan qator farmonlar, Vazirlar Maxkamasi qarorlari mazkur sohaning yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun keng imkoniyatlar ochadi.
- Xususiylashtirish jarayonida davlat mulkini aksiyadorlarga tarqatish xisobiga aksiyadorlik jamiyatlari vujudga keltiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirilishi, ular aksiyalarining muomulaga chikarilishi respublikamizda birlamchi bozorni shakllantirishiga xam o‘z xissasini qo‘shadi.
Davr xarajatlari auditining maqsadi va meyoriy huquqiy asoslari - Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida davr xarajatlari auditining iqtisodiy mazmunini to‘liq anglash va hisobda to‘g‘ri aks ettirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Davr xarajatlari tarkibi «… xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomda keltirilgan. So‘nggi paytlarda davr xarajatlari elementi ayrim iqtisodchi olimlar tomonidan doimiy xarajatlar sifatida e'tirof etilmoqda. Lekin, amalda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub'ektlarining davr xarajatlari tarkibiga nazar tashlansa, unda ishlab chiqarish hajmi bilan aloqador bo‘lgan xarajat moddalarining mavjudligini ko‘rish mumkin. Demak, davr xarajatlari tarkibida ishlab chiqarish bilan aloqador xarajatlarning mavjudli, mazkur xarajat elementini to‘liq «doimiy xarajatlar» sifatida qabul qilishni inkor qiladi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra,
- fikrimizcha hisob tizimida marjinal daromad ko‘rsatkichlarini aniq ifodalash imkoni mavjud emasligi aks etadi. Davr xarajatlari tushunchasining iqtisodiyotimizga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lmaganligi hamda xususiyatiga ko‘ra o‘zida doimiy xarajatlarni to‘liq aks ettirmaganligi sababli bugungi kunda ham iqtisodchi olimlar o‘rtasida mazkur xarajat elementini turli xil tarzda talqin qilish hollari kuzatilmoqda. Nizomda davr xarajatlarining moliyaviy natijalar hisobidan qoplanishi belgilangan. Iqtisodchi olim B.Hasanovning fikricha boshqaruv hisobida xarajatlarning tannarxga kiritish to‘liqligiga ko‘ra turkumlanishida-qisqartirilgan tannarx uslubini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |