Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi bo‘yicha tahlili
Download 0.94 Mb.
|
Xurramov Firdavs
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi bo‘yicha tahlili
Korxonada hisobot davri oxiriga qarz balansi 651 211 265 ming so‘mga teng bo‘lgan. Shundan: 468 253 903 ming so‘mi debitorlik majburiyatlari, 651 211 265 ming so‘mi kreditorlik majburiyatlaridir. Kreditorlik majburiyatlarining debitorlik majburiyatlarining ortgan qismi 182 957 362 ming so‘mni tashkil qilgan. Hisobot davri boshiga debitorlik va kreditorlik majburiyatlari orasidagi farq 163 680 100 ming so‘mni tashkil qilgan. Debitorlik kreditorlik balansi 623 266 697 ming so‘mga teng bo‘lgan. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi davr boshiga nisbatan 27 944 568 ming so‘mga ortgan. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibida muddati o‘tgan, to‘lov muddati kelgan va to‘lov muddati o‘tmagan majburiyatlarni alohida tarkiblash lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgan sifatida tan olish tartiblari qonunchilik normalari asosida belgilanadi. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun iste’molchilarning o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida qabul qilingan “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risidaˮgi PF-1154 sonli 1995-yil 12-maydagi Prezident farmonida belgilanishicha, barcha mulkchilik shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iste’molchilar va buyurtmachilarga, agar ular yetkazib beriladigan (bajariladigan ishlar, xizmatlar) qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘lamasalar, mahsulot jo‘natishi, ishlarni bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi ta’qiqlanishi belgilangan. Mazkur farmonga ko‘ra, tovarlar amalda jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab to‘qson kun o‘tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablag‘lar kelib tushmaganligi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblanadi. Muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek‚ mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga intizomiy choralar, hatto jinoiy javobgarlikka tortish choralari qo‘llanishi lozimligi qayd etiladi. Hukumat qarori bilan muddati uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga, respublika tashqarisidagi hamda korxona faoliyatiga aloqador bo‘lmagan sabablar tufayli vujudga kelgan qarzlar summasi albatta bundan mustasno hisoblanadi.Korxonada debitorlik majburiyatlarining joriy qismi 468 253 903 ming so‘mni tashkil qilgan. Ushbu majburiyat hisobot davri boshiga 459 586 597 ming so‘mga teng bo‘lgan. Davr boshiga nisbatan o‘zgarish 8 667 306 ming so‘mga ortgan. Debitorlik majburiyatlari tarkibida muddati o‘tgan majburiyatlar hajmi hisobot davri boshiga 61 242 836 ming so‘mni, hisobot davri oxiriga 24 341 057 ming so‘mga teng bo‘lgan. Mutlaq o‘zgarish 8 667 306 ming so‘mga teng bo‘lgan. Ya’ni hisobot davri boshiga nisbatan muddati o‘tgan majburiyatlar summasi shunchaga ortgan. Joriy majburiyatlarning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 20 140 515 ming so‘mga ortganligini ko‘rish mumkin. Shundan kreditorlik majburiyatlari hajmi hisobot davri boshiga nisbatan 27 276 076 ming so‘mga ortgan. Joriy majburiyatlar tarkibida muddati o‘tgan majburiyatlar hajmi hisobot davri boshiga 61 242 836 ming so‘mni, hisobot davri oxiriga 24 341 057 ming so‘mni tashkil etgan. Muddati o‘tgan majburiyatlar hajmi hisobot davri boshiga nisbatan 36 901 779 ming so‘mga kamayganligini ijobiy baholash mumkin.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining muddat bo‘yicha tahlili Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling