Mavzu: Dengiz va okean faunasini tashkil etish


Download 0.86 Mb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1593978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Munisa Jalolova.

Dengiz iqlimiga quruqlikning taʼsiri katta. Tropiklardagi Dengizlar ustida temperaturaning oʻrtacha yillik amplitudasi 15° (Fors qoʻltigʻi), oʻrtacha kengliklarda esa 30° va undan ortiq (Yapon dengizi). Dengiz yuzasidagi suv temperaturasining amplitudasi oʻrtacha va subtropik kengliklardagi Dengizlarda eng katta (mas, Oʻrta dengizda 17° gacha), ekvator atroflaridagi Dengizlarda esa eng kichik (mas, Sula-vesi dengizida 2° dan kam) boʻladi. Geografik oʻrniga qarab baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi qoʻshni okean yuzasinikiga qaraganda yuqoriroq boʻladi (mas, Qizil dengiz), baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi esa okean yuzasinikidan pastroq boʻladi (mas, Oxota dengizi).

  • Dengiz suvining shoʻrligi Dunyo okeanidan anchagina farq qiladi. Bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan kam boʻlsa, shoʻrlik darajasi past boʻladi (mas, Boltiq dengizida 6—8%o). Bunda bugʻlanmay qolgan ortiqcha suv Dengiz yuzasidan oqeanga chiqib ketadi. Agar bugʻlanish quyiladigan chuchuk suvdan ortiq boʻlsa, Dengizlarning shoʻrlik darajasi yuqori boʻladi (mas, Qizil dengizda 41,5%o). Bunda ortiqcha bugʻlanish natijasida Dengiz sathi pasayadi. Natijada oke-andan suv oqib keladi.

Dengizlarda shoʻrlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.

Dengizlarda shoʻrlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.

Dengizlarda zichlikning mavsumiy oʻzgarib turishi natijasida, mavsumiy vertikal sirkulyasiya kuchli boʻladi. Suv yuzasidagi zichlik katta boʻlgan dengizlarda vertikal sirkulyasiya dengiz tubigacha yetib boradi.

Oqimlar Dengizlarda kam. Quruklikdan quyilgan suvlar, atmosferadagi siklonlar, Yerning aylanishidan vujudga kelgan buruvchi kuch taʼsirida oqimlar aylanma harakat qiladi. Ularning yoʻnalishi Shimoliy yarim sharda soat mili yoʻnalishiga qarshi, Jan. Yarim sharda esa soat mili yoʻnalishi boʻylab boʻladi.

  • Dengizlar hayvonot va oʻsimlik dunyosining endemik turlari koʻpligi va organik dunyosining xilma-xil boʻlishi bilan okeanlardan farq. Qiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling