Mavzu: Detallarni yelim yordamida yig’ish. Yelimlangan choklarni tozalash va sifatni tekshirib ko’rish
Fig. 3.CorrectJointing.Fig.4.Faulty Jointing.Fig.8.Grainalternating
Download 0.73 Mb.
|
Mavzu detallarni yelim (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fig. 199.—Dowelled Joint ready for Glueing.
Fig. 3.CorrectJointing.Fig.4.Faulty Jointing.Fig.8.Grainalternating.
Yog' och detallarni yelimlashning mustahkamligi faqat taysrlangan yelim eritmasining sifatiga emas, balki biriktirilgan detallar orasida hosil qilingan yelim qatlamining qalinligiga ham bogliqdir. Mazkur detallar orasida 0,1-0,15 mmli qatlam hosil qilib, ularni mustahkam biriktirish mumkin. Detallarni mustahkam biriktirish uchun ularni orasida tirqish qoldirmay moslashtirish lozim. Detallarning o'zaro birikadigan sirtlarini chang va hokazolardan yaxshilab tozalash, keyin ularga qo'lbilan tegmaslik kerak, chunki yog' dog'lari yelimlashning mustahkamligiga halal beradi. Elimni biriktiriladigan sirtga cho'tka bilan bir tekis qatlam qilib surtiladi (26-rasm), shundan keyin yog'och yelimni shimib olishi uchun biroz kutib turiladi, shunda yelimar alashmasidagi namlik ham bug'lanadi.Lekin yelim qurib qolmasidan oldin detallarni biriktirish kerak. Fig. 199.—Dowelled Joint ready for Glueing. 198-rasm Mixchop yordamida elimlab biriktirishga yayyorlash jarayoni 199-rasm Mixchop yordamida elimlab biriktirish 14-AMALIYMASHG‘ULOT: TIRNOQLI BIRIKMALAR TASNIFI VA TEXNOLOGIYASI Yog‘och buyumlarni yasashda asosan tirnoqli biriktirishdan foydalaniladi. U ikki elsment: tirnoq va gо‘sha (quloqlar)dan iborat bо‘ladi. Tirnoqlar yaxlit va turumli xillarga bо‘linadi. Odatda yaxlit tirnoqlar yassi, turumli tirnoqlar esa yassi va dumaloq bо‘ladi. Mustahkamligi jihatidan yaxlit va turumli tirnoqli birikmalar bir xildir. Tirnoqlarning ochiq va yopiq xillari mavjud bо‘lib, ochiq tirnoq quloqlar yoki gо‘sha bilan birikkanida birikuvchi detalning narigi tomoniga о‘tadi. Yopiq tirnoqlar tubi bsrk gо‘sha, ya’ni uyalar bilan birikadi.Bu uyalarning chuqurligi tirnoqning uzunligidan eng kamida 2 mm ortiq bо‘ladi. 17-rasm.Tо‘g‘ri tirnoqning elementlari Tirnoqlarning soni, shakli vaо‘lchamlari birikmaning mustahkamligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Tirnoqlarning soni kо‘paysa, yelim surtiladigan yuza kattalashadi va birikmaning mustahkamligi ortadi, lekin ularni taysrlashga kо‘proq vaqt ketadi. Duradgorlik birikmalarining mustahkamligi yog‘ochning sifatiga, biriktirilgan elementlarning aniq tayyorlanishiga, yelimning sifatiga va yelimlashning tо‘g‘ri bajarilishiga ham bog‘liqdir.Birikmaning elementlari yog‘ochning nuqsonlari, birikmaning о‘zida tirqish va yoriqlar bо‘lmasligi kerak. Tо‘g‘ri burchakli tirnoqlar deraza romlarini, eshiklar, yashiklar va boshqa buyumlarni yasashda qо‘llanadi. Ochiq va yopiq gо‘shali (uyali) tо‘g‘ri tirnoqlardan shvabralar, stullar, stollar va boshqa mebellar yasashda foydalaniladi. Yarim о‘yiqli tirnoqlar imoratlar qurishda, turli ramkalar yasash va hokazolarda qо‘llanadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling