4. Konusaviy tishli g’ildiraklarning ish chizmasi 18-shaklda keltirilgan.
Konusaviy tishli g’ildirak tasvirida GOST 2.405-68 ga muvofiq quyidagilar ko’rsatilgan:
a) cho’qqilar konusi katta asosining diametri:
b) cho’qqilar konusi katta asosida gupchagining tayanch tekisligiga qadar bo’lgan masofa;
v) cho’qqilarning konus burchagi;
g) tashqi qo’shimcha konus burchagi;
d) tishli tojsimon qismining eni bo’luvchi konus yasovchisi bo’yicha;
ye) bo’luvchi konus yasovchisining uzunligi;
j) bo’luvchi konus uchidan gupchakning tayanch tekisligiga qadar bo’lgan masofa;
z) sirtlarning g’adir-budurligi;
i) tishlar chekkalarida faskalar o’lchamlari yoki yumaloqlash radiuslari.
Qolgan o’lchamlari va belgilar qildirak konstruksiyasiga muvofiq holda qo’yiladi.
17-shakl
18-shakl
9. Tishli uzatmalarning tasvirlanishi.
1. Tashqi ilashmali silindrik tishli g’ildirak juftini tasvirlash. Aylanma harakat shesternya bilan tishli g’ildirak orqali uzatiladi (19-shakl, b).
19-shakl
Ilashmani chizish uchun beriladigan ma’lumotlar:
G’ildirak – to’g’ri tishli;
Modul m;
Tishlarning soni z1; z2
Tish tojsimon qismining dB1q dB2q dB2qmm.
Avvalo 24-jadval formulalar bo’yicha ilashmaning geometrik parametrlari hisoblanadi.
2. Konus tishli g’ildirak juftlari ilashmasini tasvirlash. 20-shakl, a da konusaviy uzatma tasvirlangan. Ilashmani chizish uchun quyidagi ma’lumotlar bo’lishi zarur:
modul m;
tishlar soni z1 va z2;
boshlang’ich konuslar burchagi 1 va 2;
vallar diametrlari dB1 va dB2
Formulalardan foydalanib (1-jadval) hisoblab chiqamiz.
20-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |