Mavzu: Detallarning chizmasi. Detallarning o’qish qoidalari. Reja
Download 0.86 Mb.
|
Detallarning chizmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ri tishli konusaviy g’ildiraklar.
- Tasmali uzatma
Mavzu: Detallarning chizmasi. Detallarning o’qish qoidalari. Reja: Uzatmalar va uning tarkibiy Qismlarini tasvirlash va belgilash. Tishli g’ildiraklarning konstruksiyasi va elementlari. Tishli g’ildirak o’lchamlarining asosiy nisbatlari. To’g’ri tishli konusaviy g’ildiraklar. Detallarning ish chizmalari buyumning asliga qarab olingan eskiz bo’yicha yoki buyumning konstruktor tuzgan ish chizmasi bo’yicha ishlanadi. Odatda, ish chizmalari buyum tarkibiga kiruvchi har bir detal uchun tuziladi. Detalning ish chizmasi eskizdan farh hilib, chizma asboblari bilan aniq masshtabda chiziladi. Asl imzolar bilan rasmiylashtirilgan bunday chizmalar asl nusxalar deb ataladi. Asl nusxalardan turli usullarda nusxalar ko’chiriladi, bunday nusxalar dublikatlar deb ataladi. Dublikatlar yorug’lik vositasida nusxalar ko’chirib ko’paytiriladi, bu nusxalardan foydalanib, detallar ko’plab tayyorlanadi. Detal chizmasidagi tasvirlar soni, ya’ni ko’rinishlar, qirqimlar, kesimlar va chiqarish elementlari soni eng kam, lekin detal shaklini to’g’ri tasvirlash uchun yetarli bo’lishi lozim. Detalning ish chizmasida o’lchamlar, sirtlarning g’adir-budurligi, sirtlar shakli chetga chiqishlari, materialga qo’yiladigan talablar, sirtlarning qoplanishi to’g’risidagi ko’rsatmalar va boshqalar ko’rsatiladi. O’lcham sonlari va yozuvlari kamida 3,5 o’lchamdagi shriftlar bilan yoziladi. O’kuv jarayonida detalning qaysi buyum yoki yig’ma birlik tarkibiga kirishi noma’lum bo’lganligidan detal shartli ravishda belgilanadi, masalan, MCh 00 00 07, bu yerdaa indeks MCh 00 mashinasozlik chizmachiligini, 07 son – chizmachilik kabinetidan olingan, eskizi tuziladigan detalning nomeri. uzatmalar va uning tarkibiy Qismlarini tasvirlash va belgilash Uzatmalar turlari Aylanma harakatlar bir valdan boshqasiga turli detallar yordamida uzatiladi, bu detallar yig’indisi uzatma deyiladi. Mashinasozlikda uzatmalarning tasmali, zanjirli, friksion, tishli, chervyakli, reykali va xrapovik mexanizmli turlari qo’llaniladi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling