Mavzu: Dialektika falsafiy metod sifatida Reja: Dialektika tushunchasi
Download 14.4 Kb.
|
Mavzu Dialektika falsafiy metod sifatida-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialektik g‘oyalar o‘rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi
- Dekart, Spinoza, Leybnits va boshqalarda dialektik g‘oyalarni uchratish mumkin.
Dialektik g‘oyalar o‘rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, falsafa teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G‘arbiy yevropaga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqda ko‘proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo‘lsada, Dekart, Spinoza, Leybnits va boshqalarda dialektik g‘oyalarni uchratish mumkin.Dialektik g‘oyalar o‘rta asrlar falsafasi doirasida ham rivojlanib bordi, ayniqsa, falsafa teologiya xizmatkoriga aylantirilgan G‘arbiy yevropaga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqda ko‘proq rivojlandi. Yangi zamonda umuman XVII-XVIII asrlar falsafasida tafakkur usulini metafizik usul deb tavsiflash mumkin bo‘lsada, Dekart, Spinoza, Leybnits va boshqalarda dialektik g‘oyalarni uchratish mumkin. Dialektika nemis klassik falsafasi doirasida va eng avvalo Xegel falsafasida kuchli rivojlandi. Agar antik dialektika aqliy farazlarga (masalan, dunyoning o‘zgaruvchanligi, ziddiyatliligi to‘g‘risidagi g‘oyalarga) asoslangan bo‘lsa, Xegel dialektikasi asosan o‘z zamonasining ilmiy yutuqlariga tayandi va nazariy g‘oyalarning mukammal tizimi sifatida gavdalandi. Xegel eng avval dialektikaning asosiy tushunchalarini – uning kategorial apparatini ta'riflab berdi, bu apparat bugungi kunda ham muvaffaqiyatli amal qilib turibdi. Xegel dialektikasining asosiy tushunchalari va qonunlari tizimi aloqalar, o‘tishlar, o‘zgarishlarning turli-tumanligini va umuman rivojlanishni jarayon sifatida aks ettira olar edi. Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta'riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta'riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo‘shib, dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta'riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta'riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo‘shib, dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar. Download 14.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling