Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalish-larni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z ta'limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma'lum yo‘nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor etishdir.
T.Adornoning «negativ dialektikasi»ga ko‘ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning parchalanishiga, o‘lishiga yo‘nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning yo‘qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor har qanday tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |