Мавзу: Диққат режа


Temperamentni aniqlash metodikasi


Download 0.87 Mb.
bet59/72
Sana27.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1300128
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72
Bog'liq
1-ma\'ruza. Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan

Temperamentni aniqlash metodikasi
Quyidagi multfilm qahramonliridan birini tanlang?

Karlsonni tanlagan bo‘lsangiz...
Siz xushchaqchaq, serg‘ayrat va qiziquvchansiz. Sizning yuzingizdan kayfiyatingizni, biror narsaga munosabatingizni oson bilib olish mumkin. Kayfiyatingiz ko‘pincha a’lo darajada. Istasangiz, o‘z xissiyotlarinigiz va tuyg‘ularingizni jilovlay olasiz. Tadbirkor va tartib-intizomlisiz. Diqqatingizni jalb qilgan har qanday narsaga oson xayrihoxlik bildirasiz.Siz muloqotga oson kirishasiz va ko‘ngilchansiz. Yangi odamlar bilan tez chiqishib ketasiz. Har doim yordamga kelishga tayyorsiz.
Yangi muhit va talablarga tez ko‘nikasiz, kerak bo‘lganda yangiliklarni oson o‘rganasiz. Yangi narsalarni tez qabul qilasiz. Muvaffaqiyatsizliklar va tanqidni xotirjamlik bilan qabul qilasiz. Yangi vaziyatlarga oson moslasha olasiz. Notanish, murakkab vaziyatlarda esankirab qolmaysiz. Boshlagan ishingiz sizni qiziqtirmay qolgudek bo‘lsa – tez soviysiz, oxirigacha yetkazmaslgingiz mumkin. O‘zingizga yuqori baho berish Sizga juda xos. Ba’zida tarqoqsiz, yig‘ilib olishga qiynalasiz, qaror qabul qilishda shoshilasiz.
Timsoh Genani tanladingiz
Siz atrofingizda hamma xursandchilik qilaytganda ham vazmin va xotirjamsiz, sovuqqonsiz va rejalisiz. Sizni kuldirish va xafa qilish juda qiyin. Kayfiyatingiz barqaror, osoyishta. Ishlab chiqilgan kun tartibiga qat’iy rioya qilasiz. Sizni o‘zingizdan chiqarish, hayajonga solish qiyin. Yangi insonlar bilan qiyin chiqishasiz, faqatgina uzoq vaqt bilgan odamlaringizgagina ishonasiz. Siz yaxshigina pismiq va ehtiyotkorsiz.
G‘ayratlisiz, ishchansiz, chidamlisiz. Sizning matonatingiz, o‘zingizni tuta bilishingiz juda yaxshi rivojlangan, mustahkam, bama’ni va doim bir xilsiz, o‘zgaruvchan emassiz. Kuchingizni bo‘lar-bo‘lmasga sarf qilavermaysiz. Sizga beozorlik va muloyimlik xos, o‘z shaxsingizga nisbatan piching va kesatiqlarga xotirjam munosabat bildirasiz. Hamma narsada saranjomlik va tartiblilik Sizga xos. Diqqatingizni boshqa narsaga ko‘chirishingiz qiyin va yangi muhitga qiyinlik bilan moslashasiz. Ko‘nikma va odatlaringizni juda sekinlik bilan o‘zgartirasiz. Siz yangi faoliyatga diqqatingizni jalb qilishingiz qiyin, lekin moslashib olgach, umuman chalg‘imaysiz. Boshlagan ishingizni oxiriga yetkazasiz. Siz charchoq bilmaydigan mehnatkashsiz.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling