Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi
Download 198.72 Kb.
|
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika
Jismoniy tayyorgarlik – bola sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish-mator muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.
«Rivojlanmaganlik»ning asosiy belgilari o‘ziga xos jismoniy rivojlanishning alohida jihatlarida ko‘rinadi. Masalan: suyak tuzilishida, past bo‘yli bolalarda; o‘z yoshiga ko‘ra tana bo‘yi va birligidagi nomutanosiblik; tanadagi muvozanat buzilishlari; yurak-qon tizimidagi fiziologik etishmovchiliklar; tez toliqishlar; jismoniy yuklamalarni bajarishdagi imkoniyatlari pastligi shular jumlasiga kiradi. Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga, kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddulashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish. 2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish. 3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish. 4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish. 5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash. 6. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish. 7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish. 8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish. 9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi – keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Bunday vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quv faoliyati muammosi - yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridandir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni o‘qitish bizning mamlakatimizda boshlang‘ich maktab ta’limiga tayyorlov pog‘onasi sifatida qaraladi. L.S.Vigotskiyning fikri buyicha maktabgacha yosh davri ta’lim dasturi: 1) bolani maktab dasturiga yaqinlashtirishi, uning bilim doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayyorlashi; 2) bolani o‘zining dasturi bo‘lishi, uning qiziqish va ehtiyojlariga javob berishi lozim. Shuningdek L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning etakchi roli haqidagi qonunini ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta’lim rivojlanish oldida boradi va o‘zining orqasidan etaklaydi. O‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqqanlik xissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash katta axamiyatga ega. Chunki ulargina inson faoliyatining ahamiyatli motivlari bo‘lib, shaxs yo‘nalganligining anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jarayon va funksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, qobiliyatini faollashtiradi, qiziqish mavjud holatida barcha insoniy kuchlar ko‘tariladi. Shuni ayniqsa, MTTda bolaning o‘quv faoliyatini tashkil etishda inobatga olish kerak. . Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishning asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi: 1. O‘quv faoliyati shunday tashkil etilish kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va topishiga undalsin, muammoli xarakterga ega bo‘lgan savollarni echsin. 2. O‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo‘yadi. 3. Berilayotgan materiallarning kerakliligi ahamiyatliligini tushunish kerak. 4. Yangi berilayotgan material bilan yaxshi bog‘langan bo‘lishi kerak. 5. Engil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqishni uyg‘otmaydi. O‘qyv topshiriqlar maktabgacha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati etadigan darajada bo‘lishi kerak. 6. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni stimullashtiradi. 7. O‘quv materiallari yorqin va emotsional bulishi kerak. Ayni vaktda ko‘pincha ta’lim olishga tayyorlikning quyidari tarkibiy qismlari ajratiladi: 1) tafakkur qila olish kabi faoliyatning umumlashganligi; 2) amaliy va so‘z-mantiqiy tomonlarining o‘zaro muvofiqligini belgilovchi tafakkurning anglanilganligi; Z) tafakkur qilish faoliyatining elastikligi; 4) tafakkur qilish faoliyatining barqarorligi; 5) tafakkurning mustaqilligi hamda uning yordamga moyilligi. A.P.Usova maktabgacha yoshi davridagi bolalarning o’quv faoliyatini o‘zlashtirganligining aniq belgilarini ko‘psatadi. U tomonidan o‘zlashtirilganlikning 3 saviyasi ajratilib, ular o’quvfaoliyati rivojlanganligining turli darajalarini xarakterlaydi. I-darajasi. Bilish faoliyatining barcha protsesslarining mahsuldorligi va maqsadra qaratilganligi bilan o‘qishga nisbatan faol va qiziquvchanlik kabi munosabatning, o‘zining xarakatlarini nazorat qilish va natijalarini baholash qobiliyatiga egaligi bilan farqlanadi. O‘zlashtirilganlar asosida bolalar amaliy va aqliy faoliyatda qurbi etadigan vazifalarni echa oladi. II-darajasi - kuchsizroq, qo‘rquv faoliyatini egallashning barcha ko‘rsatkichlari etarli rivojlanmagan. Lekin shu bilan birga bolalar ta’lim olishi mumkin. Ba’zi bir og‘ishishlar xam bundan mustasno emas. III-darajasi. Mashg‘ulotlarda tashqi intizomni xarakterlovchi o’quvfaoliyati shakllanishining boshlanish davri. Download 198.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling