Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi
Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Download 198.72 Kb.
|
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika
Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadi -ta’lim olish uchun teng imkoniyatni ta’minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta’lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir: a) inklyuziv ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlarini joriy etish, inklyuziv ta’lim metodikasiga oid o‘quv materiallarini takomillashtirish; inklyuziv ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirish, inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarini tashkil etish hamda ta’lim berishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish; o‘qituvchi, o‘quvchi, ota-ona, jamoat tashkilotlari mutaxassislari, keng jamoatchilik uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar va ommabop nashrlar yaratish; inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning sifat tarkibini, xususan magistrlik darajasiga ega bo‘lgan pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish; inklyuziv ta’limni joriy etishda avvalo chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan umumta’lim maktablaridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitishga e’tibor qaratish; inklyuziv ta’lim sifatini mustaqil baholash tizimini shakllantirish va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha pedagogik ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish; xalq ta’limi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish, ularga inklyuziv ta’limini amalga oshirish mexanizmlarini ko‘zda tutuvchi o‘quv kurslarini kiritish; masofaviy kurslarni yo‘lga qo‘ygan holda, inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalarida faoliyat olib boruvchi pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini kuchaytirish va qamrovini kengaytirish; pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining "Maxsus pedagogika" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul parametrlarini oshirish, Xalq ta’limi vazirligi tavsiyasi asosida pedagog xodimlarga ehtiyoji katta bo‘lgan chekka hududlardagi abiturientlar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarini belgilash mexanizmini joriy etish; inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan umumta’lim muassasalarida yosh o‘qituvchilarni, ularning xizmat mavqei o‘sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim-tarbiya berishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan pedagog xodimlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv dasturlari va mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish; b) inklyuziv ta’limda o‘qitish usullarini takomillashtirish, mazkur jarayonga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga nisbatan shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish; bolalarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini hamda qulaylikni ta’minlash bo‘yicha davlat kafolatlarining amalga oshirilishini ta’minlovchi tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini yaratish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalariga yuborish uchun asos bo‘luvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash; hududlar imkoniyatlarini inobatga olgan holda inklyuziv ta’limni rivojlantirish holati va tendensiyalari monitoringini olib borish; har bir bolaga o‘zining shaxsiy tempiga mos ravishda rivojlanish huquqini ta’minlash; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ulardagi aqliy yoki jismoniy nuqsonlarning ifodalanganlik darajasidan kelib chiqqan holda umumta’lim maktabida tegishli bilimlarni olishiga sharoit yaratish; inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish; inklyuziv ta’lim dasturlari asosida zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ushbu yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslarni tashkil etish; inklyuziv ta’limning rivojlanishini monitoring qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yoritib borish; v) inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, bolaning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga erishish: inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun sport to‘garaklarini tashkil qilish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ota-onalar o‘rtasida inklyuziv ta’lim tizimi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish; rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (bulling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish; g) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; d) inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish: barcha inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan ta’lim muassasalarini ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha yagona tarmoqqa birlashtirish; ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’limga jalb qilingan o‘quvchilar uchun maxsus jihozlangan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, eshitish moslamalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlash; davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun darslik va metodik materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish; inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalar uchun mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish; inklyuziv ta’lim jarayoni uchun multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish; e) inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni byudjetdan moliyalashtirish samaradorligini oshirish: ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalardagi qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarida ilg‘or texnologiyalar va muhandislik echimlariga tayanish; xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, "Zamonaviy maktab" davlat dasturi doirasida umumta’lim maktablari uchun inklyuziv ta’lim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish; inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan umumta’lim muassasalarining o‘quv xonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash; davlat-xususiy sheriklik asosida inklyuziv ta’lim tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga inklyuziv ta’lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish; nodavlat umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish amaliyotini kengaytirish; j) inklyuziv ta’limga jalb qilingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish: "Barkamol avlod" bolalar maktablari to‘garaklarida inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining qamrovini oshirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2020-2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi; davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi; inklyuziv ta’lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi; inklyuziv ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi; o‘quvchilar ta’limiy ehtiyojlarning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta’lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi; inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida umumta’lim muassasalarida bilim olishi ta’minlanadi; pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi; inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi; inklyuziv ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga to‘liq ulanishi ta’minlanadi; inklyuziv ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni qabul qilish va boshqa ta’lim muassasalariga o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi. NAZORAT SAVOLLARI: O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy holati va mavjud muammolari qaysi me’yoriy hujjatda tahlil etilgan? Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari mazmunini izohlang. Inklyuziv guruhlarga ega MTTda bolalar hayoti va faoliyatini qanday tashkil etiladi? Bolalar bilan individual ishlash dasturini tuzishga qanday talablar qo‘yiladi? 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: «Маънавият», 2008, - 156-б. 22 Ал-Бухорий , Абу Абдуллощ Мущаммад ибн Исмоил. Ал-адаб ал-муфрад (Араб дурдонлари). Таржимон, муқаддима ва изоҳлар муаллифи Ш.Бурхонов. – Тошкент, Ўзбекистон, 1990, 16-бет 11 Кайковус. +обуснома. 30-бет. 22 Кайковус. +обуснома. 86-бет. 33 Ыша китоб Download 198.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling