Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


Download 198.72 Kb.
bet30/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti "Ta’lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o‘yin hisoblanadi.
Har bir yosh guruhidagi mashgulotlar, o‘yinlarning har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilab beriladi.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u erdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bolalar qisqa muddat (kuniga soat) bo‘ladigan guruh;
qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);
to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruh.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bo‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagim o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan keyingi yilning 31 mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash "Davlat tili to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog‘ligi holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish
Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda - kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda - ko‘pi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda - kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar
bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda - ko‘pi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘ligini asrash
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga moddiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog‘liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog‘ligi va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonun hujjatlariga muvofiq beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha byudjet mablaglarini jal b qilish byudjet dan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida saqlash uchun ota-onalar to‘lovi
Tarbiyalanuvchilarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar to‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun ota-onalar to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlarida, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga mudir joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi
Pedagogika kengashi;
Kuzatuv kengashi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.



Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling