Mavzu: didaktik o‘yin turlari. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati mavzu rejasi


Download 198.72 Kb.
bet28/33
Sana29.12.2022
Hajmi198.72 Kb.
#1072221
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
S.MTM-EU-20 Maktabgacha pedagogika

TASHKIL ETISH
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini - ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.
Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim yuklamasi bir haftalik ta’lim yuklamasining eng ko‘p ruxsat etilgan hajmidan va mashg‘ulotlarning eng ko‘p ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
Uzluksiz ta’lim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
QISQA MUDDATLI GURUHLARNI MOLIYALASHTIRISH
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ta’lim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida 2019 yil 13 mayda Vazirlar Mahkamasining «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 391-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorda:
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom (1-ilovaga muvofiq);
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida NIZOM
Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Rsspublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga ega.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muxr va shtampga ega bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:
bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash;
bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash,
Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:
bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash;
bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash;
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o‘z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxslar - xususiy mulk huquqi sub’ektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo‘lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari va inshootlarini O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, o‘zgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.

Download 198.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling