Mavzu: Dielektriklarda elektr maydon


Qutblanish tufayli sodir bo‘ladigan quvvat isroflar


Download 266.5 Kb.
bet10/12
Sana30.04.2023
Hajmi266.5 Kb.
#1416542
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Dielektriklarda elektr maydon

Qutblanish tufayli sodir bo‘ladigan quvvat isroflar: bunday isroflar relaksion qutblanishga ega bo‘lgan dielektriklarda sodir bo‘ladi. Relaksion dielektrik isroflar elektr maydon ta’sirida zarralar issiqlik harakatining buzilishidan kelib chiqadi. Relaksion isroflar berilgan kuchlanishning chastotasi bilan oshib boradi, radio chastota va o‘ta yuqori chastotalarda bilinadi. Relaksion dielektriklarnng isrofidagi ning temperaturaga bog‘liqligi berilgan moddaning tavsifiga qarab ba’zi haroratlarda maksimum bo‘lishi kuzatiladi. Bu isroflarga yana yorug‘lik chastotalarida sodir bo‘ladigan rezonans isroflarini kiritish mumkin. Isrofning bu turi qat’iylik bilan topshirilgan chastotali gazlarda sinchkovlik bilan tekshiriladi. Qutblanish tufayli isroflar sodir bo‘lgan zaryad va kuchlanish orasidagi bog‘lanish ellips ko‘rinishida bo‘ladi.
O‘tkazuvchanlik tufayli sodir bo‘ladigan quvvat isroflari: bunday isroflar hajmiy yoki yuzaviy o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan dielektriklarda kuzatiladi. ning qiymati quyidagicha topiladi:
(27)
bu yerda chastota, Gs va p- solishtirma qarshilik, Om∙sm.
Bu turdagi isroflar maydon chastotasiga bog‘liq emas. Haroratga bog‘liqligi quyidagicha topiladi:
(28)
Bu yerda A - materialning o‘zgarmas kattaligi. o‘tkazuvchanlik tufayli isroflar sodir bo‘lganda zaryad va kuchlanish orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi, 9-rasm (a).
Ionlashish sharoitidagi isroflar: bunday isroflar havoda yoki tarkibida havo bo‘shliqlari bo‘lgan jismlarda, masalan: chinni, qog‘oz hamda zich dielekriklar orasi bo‘shliqlarida sodir bo‘ladi. Bunday isroflar quyidagicha topiladi:
(29)
Bu yerda A –o‘zgarmas koeffisiyent; maydon chastotasi; U berilgan kuchlanish; U0-ionizasiya boshlanish vaqtiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish. (25) formula U> U0 va ning Ye ga bog‘liklik qiymati o‘zgarmas bo‘lganda to‘g‘ri bo‘ladi. U0 kattaligi gaz bosimiga bog‘liq, gazning bosimi oshishi bilan ionizasiyaning boshlanishida uchlanish oshadi.

Download 266.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling