Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari


Download 1.63 Mb.
bet1/25
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1469492
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Kurs Ishi (1)


Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz.
Reja:
KIRISH
I– ASOSIY QISM
1.1 - Optik analiz usullari
1.2 - Optik zichlik. Buger – Lambert - Beer qonuni
1.3 - Spektrofotometrik (fotometrik) analiz
1.4 - Spektrofotometrik usulning metrologik xarakteristikalari
1.5 - Differensial spektrofotometrik analiz
II – TAJRIBAVIY QISM
2.1 - Ishning maqsadi va vazifalari. Kerakli asboblar va reaktivlar.
2.2 - KFK-2 fotoelektrik kolorimetrining tuzilishi va ishlashi
2.3 – EMC-3 Spektrofotometrning tuzilishi va vazifalari
2.4 - Eritmadagi temir (III) ionining konsentratsiyasini aniqlash
III – TAJRIBA NATIJALARI MUHOKAMASI
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH

Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilimlar va kasb – hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi.


Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug` ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, Xudo xohlasa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev

“2017 – 2021 – yillarda oily ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o`quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko`rsatish va moliyalashtirishning qo`shimcha manbaalarini izlashda oily o`quv yurtlarining vakolatlarining kengaytirish yo`li bilan ularning mustaqilligiga bosqichma – bosqich rivojlantirilib boriladi”.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev . “Ta`lim sohasida olib borilayotgan ishlar” yuzasidan yig`ilishi 8.10.2017

Mavzuning dolzarbligi : Analitik kimyo fanining asosiy maqsadi talabalarga kimyoviy analizning nazariy asoslarini va metodlarini atrof – muhitdagi har xil ob`ektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlanishini ta`minlaydigan, undan tashqari analizning fizik kimyoviy usularidan bo`lmish analizning optik usullari, spektrofotometriya kabi metodlarning ma`lumotlaridan foydalanib chuqur bilim berish va ulardan mantiqiy ko`nikmalar hosil qilishdan iborat.


Kurs ishining maqsadi: Differensial spektrofotometrik analiz natijalarini hisoblashni o`rganish.
Kurs ishining vazifasi: Belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar tanlandi:

  1. Spektrofotometrik analiz natijalarini hisoblash.

  2. Spektrofotometrik usulning metrologik xarakteristikalarini o`rganish.

  3. Differensial spektrofotometrik analiz natijalarini hisoblash.

  4. Olingan ma`lumotlarni umumlashtirib va uni xulosalash.

Tadqiqot ob`ekti o`rganilayotgan modda: Eritmadagi temir (III) ionining konsentratsiyasini aniqlash usullarini o`rganish va ularni tahlil qilib xulosalash. Fotoelektrik kolorimetr –,, KFK - 2” ,texnik va analitik tarozi, toshlari bilan, EMC-3 Spektrofotometr, kyuvetalar, turli xil stakanlar, 200 ml hajmli o`lchov kolbasi, distillangan suv, ammiakning 10 % li eritmasi, sulfosalitsil kislota, shisha tayoqchasi, ammoniy rodanid – NH4SCN, ammoniy temir (III) sulfat achchiqtoshi [FeNH4(S04)2-12H2O], suyultirilgan HNO3 eritmasi, konsentrlangan H2SO4 – eritmasi.
Tadqiqot usullari: Analizning fizik-kimyoviy usuli ya`ni spektrofotometrik usuli yordamida analiz qilish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 36 betdan iborat, kompyuter matnidan iborat bo`lib, kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi 2 ta jadval, 1 ta diagramma va 11 ta rasm asosida yaratilgan.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling