Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari
Download 1.63 Mb.
|
Kurs Ishi (1)
Elektron spektrlar. Atomlardagi singari molekulalarda ham tashqi elektronlar yuqoriroq energetik pog‘onalarga o‘tishi mumkin. Molekulalarning spektrlari atomlarnikidan ikkita muhim jihatdan farqlanadi. Birinchidan, molekulalarda elektronlar atomlardagiga qaraganda boshqacha holatda bo‘ladi, chunki ayni shu elekt ronlar kimyoviy bog‘lanishni hosil qilishda ishtirok etadi. Ik kinchidan, har bir elektron pog‘ona ko‘p sonli oddiy pog‘ona chalarga parchalanadi. Oddiy pog‘onachalar guruhiga bir xil elektron holati, ammo molekula tebranma va aylanma harakatining turlicha energiya si mos keladi. Elektronning o‘tishi ikkita oddiy pog‘onachalar orasida sodir bo‘ladi. Bu esa tebranish spektrlaridagi kabi chiziqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Elektron spektrlardagi chiziqlar murakkabroq, tebranma va aylanma tuzilishga ega bo‘ladi, xolos.
Tebranish spektrlari singari elektron spektrlarni ham har qanday agregat holatdagi moddalar uchun olish mumkin. Gazsimon moddalar bilan ishlanganda, odatda, tebranma va aylanma tuzilishdagi chiziqlar yaqqol ko‘rinadi. Suyuq va qattiq moddalar bilan ishlanganda elektron chiziqlarning aylanma tuzilishi yo‘qoladi, tebranma tuzilishi esa qisman saqlanib qoladi. Elektronlar o‘tishida molekula saqlanib qolgan hollarda aniq ifodalangan tuzilishli yutish chiziqlari hosil bo‘ladi. Molekuladagi tashqi elektronlar faqat ikkita atom bilan bog‘langan bo‘lib, ularning orasida kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi. Bunday elektronlar bilan bog‘langan atomlarning har bir juftimuayyan yutish spektriga ega bo‘ladi. Bu spektr tarkibi ushbu atomlar jufti kiradigan va ularning bog‘lanish xususiyati hamda kuchi o‘zgarmaydigan barcha birikmalarda saqlanib qoladi. Ikkita bir xil yoki turlicha atom guruhlari o‘zaro kuchli ta’sirlashganida har bir guruhning darajalari o‘zgaradi va ularga o‘z darajalariga ega bo‘lgan yangi murakkab guruh tarzida qarash kerak. Alohida atom guruhlarining o‘zaro ta’siri ularning kimyo viy xossalarining o‘zgarishiga olib keladi. Ayni moddadagi alohida atom guruhlarining kimyoviy xossalari qancha kuchli o‘zgargan bo‘lsa, ular ning odatdagi spektrlari ham shuncha kuchli o‘zgargan bo‘ladi. O‘zgarmas spektrli oddiy va murakkab atom guruhlari, ayniqsa, ularning yutish chiziqlari ko‘rinuvchi sohada bo‘lib, modda turli rangga kirigadigan bo‘lsa, bunday atomlar guruhlari xromoforlardeb ataladi. Xromoforlar spektrlaridagi chiziqlarning holati va intensivligi o‘zaro ta’sir bo‘lmaganidagina do`lmiyligicha qoladi. Bu jihatdan elektron spektrlar ma’lum atom guruhlarini aniqlash uchun tebranma spektrlarga nisbatan noqulayroqdir. Elektron yutish chiziqlarining intensivligi, odatda, tebranmalarnikiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling