Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari


Download 1.63 Mb.
bet21/25
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1469492
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Kurs Ishi (1)

Ishni bajarish tartibi. Temir tuzining eritmasini tayyorlash uchun tortib olingan 3,2 g ammoniy temir (III) sulfat achchiqtoshi [FeNH4(S04)2-12H2O] namunasi 200 ml hajmli o`lchov kolbasiga solinib, distillangan suvda eritiladi va 5 ml konsentrlangan sulfat kislota (zichligi 1,84 g/sm3) qo‘shiladi. Distillangan suv bilan eritmaning hajmi kolbaning belgisigacha yetkazilganda, tayyorlangan eritmaning konsentratsiyasi 0,1 N FeNH4(SO4)2 ga teng bo`ladi. Ammoniy rodanid eritmasini tayyorlash uchun o`lchab olingan 1,52 g NH4SCN 200 ml hajmli o`lchov kolbasida eritilib, undan so‘ng kolba belgisiga qadar distillangan suv bilan toidiriladi. Bunda tayyorlangan eritmadagi ammoniy rodanidning konsentratsiyasi 0,1 N bo`ladi.
Yorug`lik filtrini tanlash. Kolorimetrlarda zaruriy to`lqin uzunligiga ega bo`lgan nurni tanlash uchun turli yorug`lik filtrlari va har xil qalinlikka ega bo`lgan kyuvetalar mavjud. Ularni muvofiqlashtirib, to‘g‘ri tanlash orqali analizning optimal sharoiti tanlanadi. Shunda konsentratsiyani o`lchashdagi xato eng kichik bo`ladii. Yorug`lik filtrini tanlashda kyuvetaga tekshiriladigan eritmadan quyilib, uning optik zichligi hamma yorug`lik filtrlari ishlatilgan holda ketma-ket o`lchanadi. So‘ngra olingan ma`lumotlar asosida optik zichlikning (A) to`lqin uzunligiga bog`liqlik chizmasi tuziladi. Bunda koordinata sistemasining abssissa o ‘qiga yorug`likning to`lqin uzunligi (A.) ordinata o‘qiga esa ularga mos keluvchi optik zichliklar (A) qiymatlari qo‘yiladi.
Chizmaning optik zichligi eng katta bo`lgan to`lqin uzunligi qiymati topiladi. Shu to`lqin uzunligiga ega bo`lgan yorug`lik filtri tanlab olinadi. Agar yuqoridagi shartlar bir nechta yorug`lik filtrlari uchun bajarilsa, ularning orasidan sezgirligi eng kattasi tanlanadi.
Kyuveta tanlash. Kolorimetrning texnik ma’lumotlarida berilishi bo‘yicha o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashda yo‘l qo‘yiladigan absolyut xato 1% dan oshmasligi kerak. Kolorimetr shkalasining turli qismlarida ishlaganda eritmaning konsentratsiyasini aniqlashdagi nisbiy xato har xil bo‘ladi. Optik zichlikning qiymati 0,4 bo‘lganda, bu xato minimal bo‘ladi. Shuning uchun kolorimetrda ishlaganda, tegishli kyuvetani tanlash bilan optik zichlikning yuqorida aytilgan qismiga yaqin joylarida ishlash tavsiya qilinadi.
Dastlab kyuveta eritma rangining intensivligini hisobga olib, chamalash orqali tanlanadi. Agar eritmaning rangi intensiv (to‘q) bo‘lsa, yorug‘lik yo‘lining uzunligi kam bo‘lgan kyuvetalar, eritmaning rangi och bo`lgan hollarda esa qalin kyuvetalar qo`llash maqsadga muvofiqdir. Shunday yo‘l bilan tanlangan kyuvetaga eritma quyiladi va shu eritma uchun tanlangan yorug`lik filtri yordamida uning optik zichligi o`lchanadi. Bir nechta eritmaning optik zichligi o`lchanayotgan bo`lsa, konsentratsiyasi o ‘rtacha bo`lgan eritma kyuvetaga quyiladi. Agar o`lchangan optik zichlikning qiymati ~ 0,3—0,5 orasida bo`lsa, bu eritmalar bilan ishlashda aynan shu kyuveta tanlanadi. Bu shart bajarilmasa, boshqa kyuveta tanlashga to‘g‘ri keladi. Optik zichlikning qiymati 0,5—0,6 dan katta bo`lsa, yorug`lik yo`lining uzunligi kam bo`lgan kyuveta, optik zichlik 0,3—0,2 dan kam bo`lgan hollarda esa qalinligi katta bo`lgan kyuveta tanlanadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling