Mavzu: Dilshod Rajab reja Hayoti va ijodi Sherlaridan namunalar
Download 11.3 Kb.
|
Dilshod Rajab
Mavzu: Dilshod Rajab reja 1.Hayoti va ijodi 2.Sherlaridan namunalar DILSHOD RAJAB O ‘zbek bolalar she’riyatining iste’dodli yoshlaridan biri Dilshod Rajab (Rajabov) 1964-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ildi. 1982 yil A.Navoiy nomli 4-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirda universitet) o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi. 1983 – 1985 yillar harbiy xizmatda bo‘lib qaytgach tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargohdagi tahsilni tugatib, o‘zi o‘qigan 4-maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1990 – 1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida o‘qib. Filologiya fanlari doktori, professor P.Shermuhamedov ilmiy raxbarligida “80-yillar o‘zbek bolalar she’riyatida poetik mahoratning ayrim masalalari” mavzusida nomzodlik ishini yozib, himoya qildi. U 1994 – 2004 yillarda O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasida, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg‘armasi” nashriyotida, Respublika “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg‘armasida turli lavozimlarda ishladi. 2005 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Muhofaza+” jurnali, “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritmoqda. Yuzdan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop va publisistik maqolalari chop etilgan. Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sovrindori (2011 yil). Shoir, filologiya fanlari nomzodi Dilshod Rajab o‘zining bolalarga atalgan qator kitoblari, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari bilan o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. U ayni paytda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bolalar va o‘smirlar adabiyoti kengashi a’zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatmoqda. OSHQOVOQNING SHIKOYATI O‘ylamasdan bir gapni Aytaverar Mirsaid, Men bekorga pushtada Yotmayman-ku ishshayib, Xo‘p mazali qilaman Odamlaming oshini, Nega menga o‘xshatar Norbo‘taning boshini. QISHKI YURISH Nima bizga qish-chilla,
QARASH
Kungaboqar chindanam Menga juda yoqadi. U doim yomgiikka, Yuksaklikka boqadi. Lekin hamma ham unga Shu ko‘z bilan qaramas. Ba’zilar bor hayotda Fikri-zikri qorin, nafs. Farqi yo‘qdir ularga Qay tomonga boqishi. Ular uchun muhimi Pistasini chaqishi. TANDIRGA HAZIL Sen borki, non — hayot bor,
QO‘YNING SHIKOYATI Echkivoy bilan yashash—
PIYOLANING HAZILI Choynak, do‘stim, ne uchun Burning doim osmonda? Haa, bilaman, og‘zingga Quyib turar Qumg‘onlar. Lekin menga kerilma, Jilmasdan shu o‘rnimdan Ichganingni barini Tortvolaman bumingdan. Download 11.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling