Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori
Download 174.53 Kb.
|
Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja-fayllar.org
2.Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori
Ochik iktisodiyotda fiskal siyosat. Agarda mamlakat jaxon iktisodiyotining bir kismini tashkil kilsa, ya’ni, ochik iktisodiyot sharoitida faoliyat kursatayotgan bulsa kushimcha kiyinchiliklar kelib chikadi. Oldingi muloxazalarimizdan ma’lumki, chet mamlakatlarda ruy berayotgan xodisalar va ular tomonidan kabul kilinayotgan siyosiy tadbirlar mamlakat eksportiga va iktisodiyotiga ta’sir kiladi. Buni biz bugungi taxlilimizda ifoda kilar ekanmiz, ya’ni yalpi talabning xalkaro zarbasiga duchor bulishimiz mumkin, chunki u bizning (SMM) ni kiskartirish va fiskal siyosatimiz tadbirlarini kadrsizlantirishi mumkin. Masalan, taxmin kilaylik bizni respublikamizda ishlab chikarishni pasayishini kutayapmiz va davlat xarajatlari va soliklarini mikdorini shu darajagacha kiskartirdikki, ya’ni yalpi talabni usishini ta’minlashga yetarlidir. Endi faraz kilaylik, bizni asosiy savdo xamkorimiz bulgan davlatlar iktisodiyoti kutilmaganda va tezlik bilan usib boshlaydi. Ta’minlanganlik darajasining oshishi va daromadlarining usishi bu mamlakatlarda bizni respublikamizdan tovarlarni sotib olishning usishiga olib keladi. Bizning sof eksportimiz usadi. Yalpi talab nixoyatda tez usadi va biz talab infliyasiyasi muammosi oldida turibmiz. Agar biz oldindan bilgan bulsak, ya’ni bizni sof eksportimiz shunchalik usishini biz ragbatlantiradigan kulay fiskal siyosat yuritgan bular edik. Sof eksport samarasi, fiskal siyosat samaradorligini xalkaro savdo orkali barbod kilishga xarakat kiladi. Biz urin almashish samarasini karashni tugatdik va ragbatlantiruvchi fiskal siyosat orkali foiz stavkalarini oshishi mumkinligi xakida xulosaga keldik, ya’ni investisiyani kiskarishiga olib keladi shunday ekan fiskal siyosatni bekorga chikaradi. Endi biz ishonishimiz kerakki, foiz stavkalarini usishi bizni sof eksportga kanday ta’sir kiladi. Keyin faraz kilaylik, biz ragbatlantiruvchi fiskal siyosat olib borayapmiz, ya’ni iktisodiyotga yukori stavkali foiz olib keladi. Bunday foiz stavkalari chetdan moliyaviy kapitallarni jalb kiladi. Chetdan kelgan moliyaviy investorlar chetdan kimmatbaxo kogozlarni sotib olishdan oldin, uzining xisobida usha mamlakatning valyutasiga (mos, respublikamizning sumi) ega bulishi kerak. Biz bilamizki, tovarga talabni oshishi xozirgi sharoitda sum baxosining oshishiga olib keladi. Shunday kilib, sumni narxi boshka valyutaga tenglashtirilgan narxda oshadi, boshkacha aytganda sum kimmatlashayapti. Sof eksportni fiskal siyosatga ta’siri oldingi savollarda kurib utganimizdek vakt omili, iktisodiy muammo, infliyasiya va urin almashishlar bilan mos ravishda amalga oshadi va yalpi talabni nixoyatda kiyinlashtiradi. Keyingi jadvalda fiskal siyosatga sof eksportning ta’siri ikki yunalish buyicha berilgan. Ushbu jadvalda sof eksportga ta’sir ikki yunalishda xam ruy beradi. Ya’ni, ichki foiz stavkasini kamaytirish, bosik fiskal siyosat, sof eksport mikdorini usishiga imkoniyat yaratadi. 2-Jadval. Fiskal siyosat va uni sof eksportga ta’siri 1) Ragbatlantiruvchi fiskal siyosat. 2) Bosik fiskal siyosat. Muammo: inkiroz, sekin usish. Ragbatlantiruvchi fiskal siyosat. Eng katta ichki foiz stavkasi. Sumga tashki talabni oshishi. Sumni kimmatlashuvi. Sof eksportni kamayishi, (ragbat- lantiruvchi fiskal siyosatni kisman karama-karshiligidan yalpi talab kamayadi). Muammo: inflyasiya. Bosik fiskal siyosat. Eng kichik ichki foiz stavkasi. Sumga tashki talabni kamayishi. Sumni arzonlashuvi. Sof eksportni kupayishi (bosik fiskal siyosatni karama-karshi-ligidan kisman yalpi talab usadi). Davlat o‘z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat budjetiga tayanadi. Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo‘lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo‘lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, baholar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy mazmunini aks ettiradi. O‘zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko‘rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko‘rsatkichlarida) ortib borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda . Download 174.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling