Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Download 174,53 Kb.
|
Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Makroiqtisodiy tahlil va uning vositalari.
- Makroiqtisodiy tahlil
Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja Mavzu 1.Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja: 1.Makroiqtisodiy tahlil va uning vositalari. 2.Turli davrlar uchun maʼlumotlarning solishtirma tahlili. 3.Mamlakatlararo yoki oʼzaro tahlil. 4.Mamlakatlararo tahlilni amalga oshirish negizida mamlakatlardagi iqtisodiy holatni taqqoslash. 1.Makroiqtisodiy tahlil va uning vositalari. Makroiqtisodiy tahlil iqtisodiyotda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga makroiqtisodiy ko’rsatgichlar orqali xolisona baho berib, iqtisodiyotda kutilmagan hodisalarning oldini olish va tegisho’li chora-tadbirlarni ko’rish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni ishlab chiqishni maqsad qilib qo’ygan. Iqtisodiy jarayonlar tahlili ham har bir iqtisodiy hodisani u mikro darajada bo’ladimi, mezo yoki makro darajadami o’rganishni taqozo qiladi. Shu tufayli mazkur fan bugungi kunda ham o’ta dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Makroiqtisodiy tahlil fanining predmetini o’rganishning zarurligi, bu bo’yicha turli qarashlar mavjudligi, iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish hamda innovasion jarayonlarga mos raqamli iqtisodiyotga xos bo’lgan ta’rifini ishlab chiqish, korxonalardan tortib, butun iqtisodiyotni boshqarishdagi o’rni va vazifalarini ko’rsatib berish, obyektiga aniqlik kiritish, ularning metodi va metodologik jihatlarini asoslash kabi bir qancha masalalarni nazariy jihatdan o’rganishini mazkur fanning obyektiv zarurligini taqozo qiladi. Makroiqtisodiy tahlil fanining predmeti tom ma’noda obyektni o’rganishga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar bilan bog’liq xo’jalik faoliyatidir. Ammo buxgalteriya hisobi, statistika, moliya va kredit, audit, marketing, menejment kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo’jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning u yoki bu jihatini o’rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan makroiqtisodiy tahlil fanining o’ziga xos va mos jihatini unga tegishli predmetni aniqlab olish lozim. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’z ichiga oladigan fan iqtisodiyotga oid fanlardir. Ammo makroiqtisodiy tahlil fani bu jarayonlarning sodir bo’lish paytini emas, balki uning natijasi va kelajagini o’rganadi. Obyektda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar, uning rejasida ko’zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo’lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya hisobi, statistika kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli xisobotlarda o’z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan xisobotlarga, jamlangan hujjatlarda ifoda etilgan boshqa ma’lumotlarga asoslanadi. Hisobdagi ma’lumotlar statistikada jamlanadi va ushbu ma’lumotlar makroiqtisodiy tahlil faniga axorot uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Erkin iqtisodiyot sharoitiga mos makroiqtisodiy tahlil fanining predmeti yaratilmog’i lozim. Bizning fikrimizcha, u quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, u erkin iqtisodiyot sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning xo’jalik faoliyatini o’zida ifodalashi kerak. Ikkinchidan, asosan makroiqtisodiy tahlilda o’z yechimini topadigan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini aniqlash zarurligi ko’rinib turishi lozim. Uchinchidan esa, makroiqtisodiy tahlil o’z chegarasiga, faoliyat doirasiga ega bo’lish uchun butun xo’jalik faoliyatidan o’ziga tegishli sohani ajratib ko’rsatishi maqsadga muvofiq. Bunga, bizning fikrimizcha, korxonalar xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va xodisalar natijasining ma’lumotlar manbaida ifodalangan axborotlarni olishni kiritish mumkin. Bu borada o’zimizning chop qilgan adabiyotlarimizda 1 ham aytgan edik. Uni takomillashtirib yuqorida keltirilgan xulosalardan kelib chiqib makroiqtisodiy tahlil fani predmetiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Makroiqtisodiy tahlil Download 174,53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling