Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Download 174.53 Kb.
bet14/40
Sana09.10.2023
Hajmi174.53 Kb.
#1696230
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja-fayllar.org

yalpi 
talab 
egri 
chizig‘i 
doimo 
pastga 
va
o‘ngga suriladi. 
1-rasm. Yalpi talab egri chizig’i
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar
bozorida talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va
o‘rinbosar tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda,
iste’molchilarning pul daromadlari ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini
beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu
tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan
arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar).
2
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):



Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga


egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida
izohlash mumkin:
M V=Y P
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real
ishlab chiqarish hajmi. Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P 
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi
qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi,
ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar
darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi
3
.
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va
taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi.
Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida
qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha
mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar
mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun
ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri
aloqa mavjud.
60
Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib
borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri
chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan,
gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda
vertikal yoki klassik kesmadan iborat (.2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni
tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib
yuboriladi.
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy
hajmi uning potensial hajmidan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida erishishi
mumkin bo‘lgan hajmidan kamdir.
3
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):



Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‘lgan va katta


miqdordagi
resurslardan
foydalanilmagan
sharoitni
ko‘rsatadi.
Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir
ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish
hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y
beradi.
Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan
qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil
qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
-iqtisodiyot
ishlab
chiqarish
omillari
to‘liq
band
bo‘lmagan
sharoitda amal qiladi;

baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda
kam ta’sirlanadi;

real
miqdorlar
(ishlab
chiqarish,
bandlilik,
real
ish
haqi)
harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.

Download 174.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling