Mavzu: Diniy madaniyat an’anaviy jamiyat taraqqiyotiga ta’siri. Reja


Antroposentrizm, ratsionalizm, sientizm


Download 29.05 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi29.05 Kb.
#225147
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil-ish

Antroposentrizm, ratsionalizm, sientizm- Uyg’onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. Uning keng rivojlanishi natijasida XVII asrda «ilmiy inqilob», XVIII asrda Ma`rifatparvarlik g’oyalarining tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nihoyat, XIX-XX asrlar davomida madaniyatning klassik texnikaviy shaklidagi yutuqlarga olib keldi.

XVII asrda fan Yevropaliklar hayotiga, jamiyat ishlab chiqarishining barcha tizimlarini rivojlantirish va me`yorida faoliyat ko’rsatishning tabiiy va zaruriy sharti bo’lib maxsus ijtimoiy institut sifatida jadal kirib keldi. Davlat bu turdagi faoliyatning barcha qiyinchiliklarini o’zining zimmasiga oldi. XVII asrda ilmiy inqilob matematika va mexanikada sodir bo’lib, aniq fanning ikki yo’nalishi, ya`ni, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar birlashdi. Zamonaviy fanda eksperiment (tajriba) bilishning usuli va quroli sifatida nazariy fanning antik va o’rta asrlar shaklida tubdan farq qiladi. Eksperimentga tayanuvchi olim antik davr donishmand-faylasufi yoki o’rta asrlardagi ilohiyotshunosdan farqli olamga mutlaqo boshqacha munosabatni o’ziga tanladi. U sodir bo’layotgan hodisalarni kuzatish va mushohada qilishdan tabiatni ehtiyojiga mos tarzda o’zgartiruvchiga aylandi va o’zining sirlarini namoyon qildi.

Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asrning o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi.


Download 29.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling