Mavzu: Dinning shaxs shakllanishidagi o’rni va mohiyati Reja
Download 25.98 Kb.
|
4 mavzu
Mavzu: Dinning shaxs shakllanishidagi o’rni va mohiyati Reja: 1. Dinning shaxs shakllanishidagi o’rni 2. Diniy e’tiqod shakllanishining o’rganilishi 3. Turli dinlarda ruh masalasi Dinning shaxs shakllanishidagi o’rni haqida aytib o’ting 1-topshiriq Turli dinlarda ruh masalasi haqida ma’lumot bering 2-topshiriq JAVOBLAR 1. Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir. Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi. Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi. Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo. Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi. Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlar. Yagona diniy mentalitet madaniyatning asosini tashkil qilib, odamlarning tafakkuri va odobini, munosabatini mehnati, turmush tarziga, ijtimoiy – siyosiy hayotga muayyan qilgan. Diiny ibodatxonalarning ramziy tasviri, xristian cherkovlarining simvolikasi, musulmonlarning madrasa, maqbara va masjidining mo’xtashamligi va rangli go’zalligi odamlarda ulug’vorlik hissiyotini paydo qiladi, ularda go’zallik, mukammallik, buyuklik va sehrlik haqida tafakkurini uyg’otadi, ruhiy-hissiy ta’sir yetkazadi. Butun madaniyatning din zaminida integrasiyasi xususan O’rta asrlarda kuchli ekanligi ma’lum. Shuningdek, G’arbda O’rta asrlarda maktablar cherkov qoshida bo’lgan, kutubxonalar monastirlarda joylashgan eng katta kitoblar xazinasi XII asrdayoq Praga monastirida edi, qo’lyozma kitoblarni monarxlar ko’chirilgan, birinchi slavyan alifbosini monarxlar Kirill va Mifodiylar tuzganlar (IX asr). Birinchi Universitet – Parijda badavlat ruhoniy Sorbonna tomonidan bunyod etilgan. Me’morchilik inshootlarining bezatishida diniy mavzular asosiy o’rin egallagan. Uyg’onish davrining Buyuk rassomlari – Rafael, Mikelanjello, Leonardo da Vinchi, Rembrant, Andriy Rublev va boshqalar diniy binolarning bunyodi va bezashida katta hissa qo’shganlar. Yevropada dastlabki sahna asarlari misteriya va pastorale nomlanib, madaniyati syujetlarni aks etgan. Diniy ibdoat va marosimlarning Yevropada musiqa va qo’shiq aytish bilan o’tkazilishi, ibodatxonalarning haykallar va ikonalar bilan jihozi, musulmonlarning Qur’on qiroati va ibodat qilishdagi chiroyli amallari dindor va g’ayri dindorlarga chuqur ma’naviy-hissiy ta’sir yetkazadi. 2. Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu uning boshqaruv, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, turmush tarzini tartibga solish va nazorat qilishdan iborat. Din axloqiy va normalarga rioya qilishni talab qiladi va dindorlarni yaxshi fazilatli bo’lishga, diyonatli bo’lishga da’vat etadi. Jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayayn sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq ma’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan va hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalarsiga anlantirgan. Odamning odamlar bilan hamkorlikda, muloqotda, do’st bo’lib yashashiga ko’maklashgan va hamon ko’maklashib kelmoqda. Shuning uchun dinda xususan, jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik va islom ta’limotlarida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Bejis emaski keyingi yillar dinshunosligida jahon dinlarini «ma’naviy dinlar» («duxovnыye religii») deb ataganlar. Shu sababdan din asrlar davomida odamlar ongida ma’naviy qadriyat sifatida singib, jamiyat uchun zarur bo’lgan. Shuning uchun dinni qattiq qilgan. B.Spinoza, dinga umuman ishonmagan buyuk Volter dinni jamiyat va insonlar uchun zarurligini e’tirof etganlar. Diniy ko’rsatmalar va muqaddas axloqiy qoida va talablar dindorlar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul qilindi va jamiyatda odamlar munosabatini tartibga solishga xizmat qilmoqda. IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan «Avesto» diniy mazmunda bo’lishiga qaramay, ma’naviy-axloqiy o’git va tartib qoidalarni bajo keltirishni insonning muqaddas burchi deb e’lon qiladi. Biroq zardushtiylikda axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan obrazlar shaklida bayon qilinadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra «iymonli kishi o’g’rilik va tolonchilikdan, o’zgaralarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovning haqqiga xiyonat qilishdan tikiladigan komil insondir. Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring, ya’ni avvalo ma’naviy dunyoning musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham yaxshilanib boraveradi, deydi Ahuramazda o’z o’gitlarida»1. 1 Oqmurodov T. Din va hurfikrlilik tarixi. T., «O’qituvchi», 1995, 54-bet. Zardusht o’z ta’limotida qabilalar o’rtasidagi nizolarning oldini olish, adolat o’rnanish, g’ayriinsoniy urf-odatlarga, qon to’kilishiga yo’l qo’ymaslik kabi illatlarni bartaraf qilish bilan ezgulik ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan. «Yaxshi niyat, yaxshi so’z, yaxshi amallar» shioridan ma’lumki zardushtiylik qadim zamondan oliy ma’naviy qadriyatlarni turli xalqlar ongiga singdirib kelmoqda. Zardushtiylik ta’limotiga binoan dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li – bu, pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbidan chiqarib tashlash, iymon – e’tiqodli bo’lish, yetim-yesir va miskinlarga yordam berish hamda yaxshi niyat va yaxshi so’z edi. Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish, eng og’ir gunoh deb belgilangan. Zardushtning xususan, «tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib 29 hisoblanishi lozim, - deb o’qtiradi. Bolalarni nafaqat jismonan barkamol, ayni paytda, ma’naviy jihatdan pok, xush axloqli bo’lishi masalasi ham alohida o’rin tutadi. Ma’naviy – axloqiy tarbiyada bolalarning mehnatsevar, kasb-hunar egasi bo’lishiga, mehnatga inson kamoloti va axloqiy sog’lomligining manbai deb qarashga katta urg’u berilgan. Bularsiz inson rohat-farog’at hayot kechira olmaydi., ezgulik va yaxshilik ishlarining sohibi bo’la olmaydi. Ana shu axloqiy tamoyillar bu dinning keng yoyilishiga yo’l ochib berdi. Zardusht yashagan zamon urug’-qabilachilik munosabatlari yemirilayotgan, uning o’rnida dastlabki davlatchilik asoslari qaror topayotgan davr edi. Biroq mahalliy-qabilaviy diniy e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotidagi bu yangi bosqichning to’la qaror topishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Bundan tashqari, zardusht yashagan murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish ham zaruratga aylangan edi. Bularning barchasi jamiyat uchun yangi mafkuraga muhtojlikni vujudga keltirgan. Bu muhtojlikni hammadan ko’proq donishmand Zardusht anglab yetgan edi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li yangi din bo’lishi zarurligini anglab yetdi. Zardushtiylik ta’limoti o’zining ezgulik va insonparvarlik g’oyalari tufayli nafaqat O’rta Osiyo va Eron, balki ko’pgina boshqa hududlarga ham yoyildi. Buni taniqli G’arb olimlari e’tirof qilganlar. Jumladan fransuz olimi Jan Dyushe yozadi: «Osiyoning barcha farzandlari ichidan G’arb birinchi o’rinda Zardushtni o’ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g’oyalari ISO Masih ta’limotidan ilgari Yunonistonni boyitgan ed. Zardushtni Platon ham bilar edi. Budda va Konfusiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ldi. Shu sababli Zardusht G’arbda Qadimgi Osiyoning yagona donishmandi bo’lib qoldi»1.S.F.Oldenburg esa zardushtiylik o’z davrining «eng oqilona dinidir», deb e’tirof etadi, Yu.A.Rapoportning fikricha «Zardushtiylik o’tmish dinlarining eng kuchlilaridandir. Uning buddaviylik, xristianlik va islomga ma’lum darajada ta’siri bor». (yuqoridagi asar, 32-bet) Darhaqiqat, zardushtiylik zamon talabini,odamlarning ma’naviy ehtiyojini to’la qondirgan dinlardan hisoblanadi. Uning ta’limoti kelajakka ishonch bilan qarashni targ’ib etadi va insoniyat tarixida muhim o’ringa ega bo’ldi.Dinning boshqaruv va jamiyat hayotini tartibga solish (regulyativ) funksiyasxususan konfusiychilik dinida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lib kelgan. Xalqni mavjud tartib-qoidalarni rioya va hurmat qilish ruhida tarbiyalash konfusiychilik dinining asosiy maqsadi edi. Aslida bu falsafiy ta’limot bo’lib, milodning boshlarida uning asosida Xitoyda konfusiychilik dini vujudga keldi1. Konfusiychilik ta’limoti markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o’rni, vazifasi kabi muammolari turadi. Chunki, jamiyatning qanday bo’lishi insonlar xatti-harakatiga ko’p bog’liqdir. Shu bois Konfusiy kamolotga yetish inson idealini (UZYuN-UZ) yaratgan va birga fuqarolar ana shu ideal insonday bo’lishga intilishi zarur deb hisoblagan. Konfusiy tasavvur etgan ideal inson eng muhimi ikki fazilat-insonparvarlik va o’z burchini his etishga ega bo’lishi lozim edi2. Insonparvarlik deyilganda – odamiylik, rahm-shafqatli bo’lish, o’zaro bir-biriga yordam berishga tayyor turish, kamtarlik, adolatli bo’lish, qadr-qimatni hurmatlash, beg’arazlik, insonlarga mehr-muhabbat kabilar tushunilgan. Download 25.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling