Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: - Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
- 1)Urug’-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan.
- 2) Millat dinlari – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar ularga yahudiylik, hunduiylik, konfustiychilik va daostizm (xitoy), sintoizm (yapon) kiradi.
- 3) Jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dinlari kiradi.
- Dinlar o’z ta’limotlariga ko’ra monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik va islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduiylik, konfustiychilik, xristianlik) dinlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |