Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir. - Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik asoslarini o’rganishda psixologiya fanining ko’p sonli yutuqlariga suyanish muhimdir.
- Muayayn jamiyatda diniy ta’limotning tarqalishi, uning kishilar ongiga ta’sir darajasi (diniy ong darajasi), ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotga ta’siri va rolini aniqlash maqsadida sostiologik tadqiqotlar xulosalariga murojaat qilinadi. Keyingi 2 asr davomida dinni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi din sostioliyasi tez rivojlandi. Bulardan tashqari dinshunoslikning in antropologiyasi, din fenomenologiyasi, din tarixi, din aksiologiyasi kabi tarmoqlari mavjudki, ularning yutuqlaridan ham dinshunoslik fanini o’qitish va o’rganishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |