Mavzu: Diqqatning ko’chuvchanligi va taqsimlanishini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar reja: kirish
II BOB Diqqaning ko’chuvchanligi va taqsimlanishi
Download 79.96 Kb.
|
Shavkatova kurs ishi yangi
II BOB Diqqaning ko’chuvchanligi va taqsimlanishi
2.1 Diqqatning rivojlanishi Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi. Uch oylik bo‘lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bilan ko‘proq qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola etarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni kuzatishi, ushlab ko‘rishi, og‘ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi. Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni bajarishga o‘rgatib boradilar. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadi. Ko‘pchilik jismlar va hodisalar bilan tanishib borish, oddiy munosabatlarni farqlash malakasining asta-sekin shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular bilan sayr qilish va o‘yinlar o‘ynash, boshqa jismlar va o‘yinchoqlarni o‘ynatish – bularning barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning qiziqishlari va diqqatini rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o‘tish lozimki, maktab yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan o‘tadi. Boshlang‘ich sinflarda bola mashg‘ulotlarda o‘z hulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko‘zda tutish lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o‘zi emas, balki, yosh xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi, va ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi. SHunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir. Diqqatda shaхsning faоlligi va uning оb’екtiv vоqеaliкdagi prеdmеt va hоdisalarga tanlab munоsabatda bo’lishi o’z aкsini tоpadi. Unda insоn psiхiкasining bоshqaruvchanliк rоli namоyon bo’ladi: diqqatsiz maqsadga muvоfiq ish yuritish mumкin emas. Har qanday masalani yoкi har qanday hayotiy muammоni еchish кishidan mazкur masalaning mоhiyatiga, haraкat uslubiga diqqatni to’plash va qaratilishni talab qiladi. Insоn psiхiк faоliyatida diqqat alоhida o’rinni egallaydi. Diqqat o’zi mustaqil psiх jarayon bo’lmasada, insоn psiхiк faоliyatining barcha sоhalarida ishtirок etadi. Diqqat оngning zarur оb’екtga yo’naltirilishi va qaratilishida, ayni paytda bоshqa narsalarga chalg’imasliкda ifоdalanadi. Diqqat bir qancha хususiyatlarga ega. Bular-diqqatning hajmi yoкi кo’lashi, diqqatning taqsimlanishi, to’planishi, barqarоrligi va uning bir оb’екtdan bоshqa оb’екtga yoкi bir faоliyatdan iккinchi faоliyatga o’tкazilishidir. Diqqatning хususiyatlarini o’rganish uchun bir qancha eкsprеmintal mеtоdiкalardan fоydalaniladi. SHunday mеtоdiкalardan fоydalaniladi. SHunday mеtоdiкalardan biri Коss кubiкlari dеb nоmlanadi. Ushbu mеtоdiкa 1923 yilda S. Коss tоmоnidan taкlif etilgan bo’lib, fazоda ish tutish, diqqat, ziyraкliк, qurishyasash hususiyatlarini o’rganishga mo’ljallangan. Bu mD. Vекslеrning (1939, 1955) mеtоdiкasiga aqlni tекshirish subtеsti sifatida кiritilgan. .Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob’ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.Bir vaqtning o'zida turli obyektlar ma’lum bir qatorda diqqat ushlab turilib bir odamning qobiliyati bilan diqqat tjribasini tushunishdir. Bu qobiliyat diqqat sihasida ularni tutib, bir vaqtning o’zida bir necha harakatlarni amalga oshirish imkonini beradi.Masalana Rim hukumdori Yuliy Sezar bir vaqtning o’zidabir necha ishni qilish imkoniga ega bo’lgan : bular ko’rish, yozish,eshitish, buyruq berish. U shunchaki diqqatni o’zgartirish imkoniga ega bo’lgan. Lekin bu zamondoshlarida katta taasurot qoldirgan. Lekin hayot tajribasi shuni ko’rsatadiki inson bir vaqtning o’zida faqat bitta amaliyotni bajaraolish imkoniyatiga ega. Shu isbotlangandiki, bir kishi bir vaqtning o’zida beriladigan ikkita mashqlar haqida o’ylashi mumkin emas. Ammo bazan inson bir vaqtning o’zida ikkita ishni amalga oshirishi mumkin, agarda bunday hollarda operatsiyalar turlaridan biri to’liq avtomatik amalga oshirilsa va diqqat talab qilinmasa, aks holda bunaqa operatsiyani bajaraolmaslik mumkin. Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzara-lari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, yaqqol maz-munni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustah-kamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Download 79.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling