Mavzu: direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kirish i-bob. Mudira- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari
Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta’lim- tarbiya ishlariga rahbarlik qilish
Download 45.44 Kb.
|
Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir
2.2. Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta’lim- tarbiya ishlariga rahbarlik qilish
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'limning innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimining malaka tavsiflari Lavozim vazifalari: a) maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish; b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini tashkil qilish; v) tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy shakllaridan foydalanish; g) bolalarni boshlang'ich sinfda o'qitishga tayyorlash bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish; d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash; e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil qilish; j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash; z) bolalarning ovqatlanishini, yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini amalga oshirish; y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish va saqlashni ta'minlash; k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish; 1) byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish; m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish; n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish. Bilishi lozim: a) O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'’gi qonunlarini; b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini; v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini; d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini; Malaka talablari: a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik; b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji. Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta’minlaydi. Rahbarlik mavqeyi mudira o'z g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’lim oldida turgan vazifalarni bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik instruktiv, me'yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklar ini darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Maktabgacha ta'limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma'lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashining faollari ishtirokida ma'muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy darajasini muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib boriladi. Mudira - ma'naviy, siyosiy huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong ma'rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo'lish, mehnatsevarlik istiqbolni oldindan ko'ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo'lishi kerak. Download 45.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling