Mavzu: dnk tuzilishi, funksiyasi, replikatsiyasi va rekombinatsiyasi Reja


Download 24.55 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi24.55 Kb.
#1710992
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu DNK tuzilishi

Replikatsiya DNK — nuklein kislotalarning oʻz-oʻzidan hosil boʻlish jarayoni, R. tufayli genetik axborotning aniq koʻchirilishi va naslga utishi taʼminlanadi. R. mexanizmining asosida DNK molekulasining DNK matritsasi (qolipi)da yoki RNK molekulasining RNK matritsasida fermentativ reaksiyalar yordamida sintezlanishi yotadi. Bu reaksiyalarni amalga oshiradigan fermentlar orasida 1 sek.da 1000 tagacha nukleotidni sintezlaydigan (bakteriyalarda) DNK polimeraza fermenti muhim oʻrinni egallaydi. DNK molekulasi yarim konservativ xususiyatga ega, yangi hosil boʻlayotgan 2 ta DNK molekulasidagi zanjirlarning biri "eski", boshqasi "yangi" boʻladi. R. birligi replik o n hisoblanadi. Termin F. Jakov va S. Brenner tomonidan taklif qilingan. Prokariotlar genomi, odatda, bitta, eukariotlar genomi juda koʻp replikonlardan tashkil topgan. Tirik organizmlarda in vivo sharoitida boradigan R. oʻta aniq jarayon hisoblanadi. Nuqgali mutatsiyalarni vujudga keltiradigan xatoliklar juda kam boʻlib, avlodga nisbatan har bir nukleotid uchun 10’ dan yuqori boʻlmaydi. Eukariotlarda R. birmuncha sekin (sekundiga 100 nukleotid), ammo bir vaqgning oʻzida bir DNK molekulasining bir necha nuktasida amalga oshadi. R.ni xromosomalar sonining 2 baravar ortishi ham deyiladi. Bu jarayon asosida DNK R.si yotadi.2ta bir hil qosh spiralli malekulani hosil bolishiga olib keladigan DNK malekulasidan aniq nusxa kochirish jarayoni replikatsiya deb ataladi
DNK molekulasining replikatsiyasi toʻgʻrisida uch xil faza ilgari surilgan. Bular konservativ — turgʻun, polikonservativ — yarim turgʻun va dispersion fazalardir. Konservativ fazaga koʻra replikatsiya davrida DNK molekulasidagi qoʻsh spiral oʻzgarmaydi, shu holatda u o`ziga aynan o'xshash molekulani sintezlaydi. Binobarin ikki DNK molekulasining biri eski, ikkinchisi toʻligʻicha yangi boʻladi.
Yarim konservativ faza boʻyicha replikatsiya davrida DNK molekulasining qoʻsh zanjiri bir-biridan ajralib ikkiga boʻlinadi va har bir zanjir komplementar zanjirning hosil boʻlishi uchun matritsa vazifasini o ʻtaydi. Natijada hosil boʻlgan ikkita DNK qoʻsh zanjirining biri eski, ikkinchisi yangi boʻladi. Replikatsiyaning dispersion usulda DNK molekulasining ikkilanish jarayonida hosil qiluvchi zanjirlar uzilib parchalanadi. Shundan soʻng har bir DNK fragmenti oʻziga o ʻxshash fragmentni hosil qiladi va ular oʻzaro birlashib yangi DNK molekulasining tiklanishiga sababchi boʻladilar.
DNK ning yarim konservativ ikkilanishi DJ.Uotson va F.Krik tomonidan ishlab chiqilgan modelga toʻgʻri keladi. Bu sxemaga коʻга, DNK replikatsiyasida purin va pirimidin asoslari oʻrtasidagi vodorod bogʻlar uziladi. Polinukleotid zanjir bir-biridan ajraladi. Hosil boʻlgan har bir zanjir polimerizatsiya yoʻli bilan o ʻziga komplementar zanjirni karioplazmadagi mononukleotidlardan hosil etadi.
Genetik rekombinatsiya -bu genlarning yangi kombinatsiyasini yuzaga keltiruvchi DNK ,yani genetik materialning qayta taqsimlanishidir. Rekombinatsiya yo`llari:
-hujayra yadrolarining almashinuvi;
-DNKning butun hujayralari almashinuvi;
-DNK hujayralarining bo`laklari almashinuvi.
“Rekombinatsiya” tushunchasi o`z ichiga tabiatan har xil bo`lgan ko`plab hodisalarni qamrab oladi.
Barcha raekombinatsion jarayonlar uchun umumiy bo`lgan bosqich bo`lib, bunda DNK molekulalari polinukleotid zanjir almashuvi ro`y beradigan xududda aloqaga kirishadilar.
Bu bosqich “sinapsis” deb nomlangan.
Ammo sinapsis mexanizmi turli rekombinatsiya tiplarida turlichadir. Bundan tashqari sinapsis rekombinatsiyani klassifikatsiyalash tamoillaridan biri hisoblanadi.

Download 24.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling