Mavzu: dnk tuzilishi, funksiyasi, replikatsiyasi va rekombinatsiyasi Reja


Download 24.55 Kb.
bet3/3
Sana20.10.2023
Hajmi24.55 Kb.
#1710992
1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu DNK tuzilishi

Rekombinatsiya (re... va lot. combination — birikish) (genetika d a) — tirik organizmlarda genetik materialning nayedda qayta taqsimlanishi. R. natijasida evolyusion uzgarishlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kombinativ oʻzgaruvchanlik yuzaga chiqadi. R. barcha tirik organizmlar: viruslardan boshlab, yuksak usimliklar va hayvonlargacha xos boʻlgan universal biologik mexanizm hisoblanadi. R. eukariot organizmlarda jinsiy jarayon yordamida, prokariotlardakonʼyugatsiya, transformatsiya va traneduksiya, viruslarda qoʻshma infeksiya orqali sodir boʻladi. R. meyozt gomologik xromosomalarning ajralishi yoki DNK molekulalarining oʻzaro taʼsiri natijasida DNK bir qismining bir molekuladan ikkinchisiga oʻtishi orqali amalga oshiriladi. R. DNK molekulalari urtasida oʻzaro qismlar almashinuvidan (ritseprok R.) yoki molekula bir qismining boshqa molekulaga oʻtib qolishidan (ritseproq boʻlmagan R.) iborat. R. somatik va jinsiy hujayralarda kuzatiladi. Lekin mitozda R. tezligi meyozga nisbatan ancha past boʻladi. R.ning 3 tipi (umumiy, saytspetsifik, notoʻgʻri) uchraydi. Umumiy R., yaʼni krossingovervl DNKning gomologik ketmaketligi oʻrtasidagi almashinish butun genom boʻylab sodir buladi. Natijada komplementarlik asosida har xil rekombinativ DNK molekulalaridan ancha uzun (100 juftga yaqin nukleotidlardan iborat) gibrid molekula shakllanadi. Saytspetsifik R. genomning 10— 20 juft nukleotiddan iborat qatʼiy cheklangan qismlarida (Mas, profaglarning bakteriya genomiga koʻshilishida) sodir buladi. Noto'g'ri R. mexanizmi yaxshioʻrganilmagan. Notoʻgʻri R. nogomologik DNK molekulalarining uzaro taʼsiridan iborat bulib, translokatsiya, inversiya, deletsiya va boshqa jarayonlar bilan bogʻliq. R. orqali genlarning birikish guruhi aniqlanadi; genlarning joylashishini ifodalovchi genetik haritalar tuziladi; fenotipik koʻrinishining oʻxshashligi boʻyicha mutatsiyalarning allelligi koʻrsatiladi. Genetik injeneriya ham rekombinat (gibrid) DNK olishga asoslangan
DNK molekulalari orasida gomologiyasiz rekombinatsiya yuz beradigan jarayonlar yig`indisi bo`lib,sayt-maxsus rekombinatsiya mexanizmlari va trsndpozitsiyalar qatnashmaydi . Ular uchin umumiy bo`lib DNKning nogomologik molekulari uchining qo`shilishi hisoblanadi.

  • ba’zi hujayra genlarining xo`jayin hujayrasi xromosomasidan ekssiziyalanayotganda retrovirus tomonidan tutilishi

Mikroinyeksiyalar yordamida umirtqalilar hujayrasiga kiritilayotgan DNK qisimlarining hujayraga integratsiyasi.
Birinchi marta yapon tadqiqodchisi X.Ikedo tomonidan 1982 yilda ta’riflangan
Download 24.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling