Mavzu: Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar
Download 26.61 Kb.
|
10 Doimiy va vaqtinchalik parazit hashoratlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patxoʻrlar va junxoʻrlar – Mallhophaga .
Burgalar – Aphaniptera. Burgalar tanasining uzunligi 0,5-1,5 mmgacha, rangi ochiq-sariqdan toʻq qizgʻishgacha boʻladi. Boshchasi dumaloq boʻlib, deyarli harakatlanmaydi. Koʻpgina turlarida boshining yon tomonida qora rangli koʻzi joylashgan. Boshi va tanasining boshqa joylarida tuklari, qilchalari yoki tishchalari boʻladi. Koʻkragida 3 juft sakrovchi tipdagi, kuchli tirnoqchalar bilan qurollangan oyoqlari birlashgan boʻlib, burgani hoʻjayini tanasiga mustahakam yopishish vazifasini bajaradi. Qorin qismi oʻnta boʻgʻindan iborat boʻlib, 9-boʻgʻinida sezuvchan tukchalar joylashgan.
Burgalar issiq qonli hayvonlarning va odamlarning ektoparazitlari boʻlib, ularning qoni bilan oziqlanadi. Burgalar ayrim jinsli, urgʻochilari, erkaklariga nisbatan yirikroq. Urgʻochilari yerga, devor yoriqlariga, mayda hayvonlar va parrandalarning inlariga 450 tadan 2500 tagacha tuxum qoʻyadi. Ulardan havo haroratiga qarab 5-60 kunda oyoqsiz lichinkalar chiqadi. (oq rangli, 3-5 mm lik) lichinkalar 3 marta tullab gʻumbak hosil qiladi, gʻumbakdan esa voyaga yetgan burga paydo boʻladi. Burgalar vabo (chuma) kasalligi qoʻzgʻatuvchisini yuqtiradi. Patxoʻrlar va junxoʻrlar – Mallhophaga. Qanotsiz, mayda yassi hashoratlar boʻlib, parrandalar va sut emizuvchi hayvonlarda parazitlik qilib hayot kechiradi xarakterli belgisi boshi yirik koʻkrak qismi juda keng, koʻzi reduksiyaga uchragan. Ogʻiz apparati kemiruvchi tipda. Teri epidermisi, jun, momiq va par bilan oziqlanadi. Natijada hayvonlarning jun va parlari toʻkilib ketadi, qattiq qichish paydo qiladi. Ba’zi turlari lentasimon chuvalchanglarning oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Bu turkum oʻz ichiga 2500 dan ortiq turlarni oladi shundan 300 tasi sut-emizuvchilarda parazitlik qilsa, qolgan turlari parrandalarni maxsus (spesifik) paraziti hisoblanadi. Patxoʻrlar va junxoʻrlar tomonidan chaqiriladigan kasalliklar mallofagozlar deb yuritiladi. Bukalar. Bukalar yashash joyiga qarab bir necha xil boʻladi. Jumladan oshqozon bukalari, teri osti bukalari va hakozo. Ikki qanotli hashoratlarning bunday lichinkalari parazitlik yoʻli bilan hayot kechiradi. Download 26.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling