Mavzu; Don va donni qayta ishlash ilmiy asoslari

Bug'doy donining tuzilishi va kimyoviy tarkibi

Download 9.79 Kb.
bet2/4
Sana27.02.2023
Hajmi9.79 Kb.
#1234850
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu; Don va donni qayta ishlash ilmiy asoslari-fayllar.org

Bug'doy donining tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Bug'doy donining tuzilishi va kim-
yoviy tarkibi. Bug'doy eng muhim oziq-
ovqat ekini hisoblanadi. U dunyo bo'yicha,
shu jumladan, MDH mamlakatlarida, don
ishlab chiqarishda birinchi o'rinni egallaydi.
Bug'doyning asosiy xossalari bo'lib, donning tuzilishi va kimyoviy tarkibi, tashkil qiluvchi to'qimalarning tuzilishi va tarkibi hisoblanadi. Bug'doy doni qobiq, aleyron qatlami, unsimon endosperm (o'zak, yadro) va murtakdan tashkil topgan.

Tashqi tomonidan bug'doy doni meva va urug' qobiqlari (1) bilan qoplangan (1.1- rasm). Meva qobig'i bir necha hujayralar qavatidan iborat bo'lib, don umumiy massasining 4-6 % ini tashkil qiladi. Meva qobig'i ostida urug' qobig'i joylashgan. U yupqa va mo'rt bo'lib, don massasining 2-2,5 % ini tashkil qiladi. Meva va urug' qobiqlarining tarkibida oz miqdorda oqsil, qandlar va yog'lar mavjud, asosiy qismini mineral moddalar va inson organizmida kam hazm bo'ladigan selluloza, gemiselluloza kabi moddalar tashkil etadi. Bundan tashqari meva va urug‘ qobiqlari unning rangini qoraytiradi, ya'ni sifatini pasaytiradi. Shuning uchun meva va urug' qobiqlari un ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadi. Aleyron qatlami (2) endospermning tashqi qatlami bo'lib, bir qator qalin devorli hujayralardan iborat. Aleyron qatlami tarkibini oqsillar, yog'lar, qandlar, selluloza va mineral moddalar tashkil etadi. Aleyron qatlami don massasining 4 dan 9 % gacha miqdorini tashkil qiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling