Mavzu; Don va donni qayta ishlash ilmiy asoslari
Javdar, arpa, makkajo'xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning qisqacha tavsifi
Download 9.79 Kb.
|
Mavzu; Don va donni qayta ishlash ilmiy asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javdar
Javdar, arpa, makkajo'xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning qisqacha tavsifi.Javdar, arpa, makkajo'xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarningqisqacha tavsifi. Javdar bug'doydan so'ng ahamiyati jihatidan ikkinchio'rinda turuvchi, non mahsulotlari tayyorlanadigan boshoqli ekinlarjumlasiga kiradi. Javdar doni (1.3-rasm) tashqi belgilari bilan bug'doydan farq qiladi.Javdarda bug'doy doniga nisbatan aleyron qatlami va murtakning hissasi ko'proq, endospermining miqdori kamroq. Shuning bilan birga javdarKimyoviy tarkibi bilan ham farq qiladi. Uning tarkibida bug'doydagiga nisbatan oqsillar va kraxmal kamroq, qandlar va yelimli moddalar ko'proq bo'ladi. Asosiy farqoqsilning miqdorida emas, balki uning fizik- kimyoviy xossalaridadir.Javdar1.3-rasm. Javdar donining turli donining oqsillari cheksiz bookish va shakllari.oson parchalanish qobiliyatiga ega.Javdar oqsillarining eng asosiy farqli tomoni shundan iboratki, ular oddiy sharoitlarda yuvib olinadigan kleykovinani hosil qilmaydi. Javdar doni tarkibidagi kraxmal bug'doy donidagiga nisbatan kamroq bo'lib, quruq moddalarga nisbatan 56-64 % ni tashkil qiladi. Javdar donining kraxmali bug'doy donining kraxmaliga nisbatan kleysterlanish haroratining pastligi (54-60 QC) bilan ajralib turadi. Javdar kleysteriga yuqori qovushqoqlik va sekin eskirish xos. Javdar nonining sekin eskirishining sababi ham shu bilan bog'liq. Javdar donining farq qiluvchi xususiyati bo'lib, unda suvda eruvchi moddalar miqdorining ko'pligi (12-17%) hisoblanadi (bug'doyda ular 5-7% ni tashkil qiladi). Javdarning qobiq qatlami (aleyron qatlami bilan birga) bug'doy donidan tubdan farq qiladi. Ularning tarkibida mineral moddalar miqdori, erimaydigan uglevodlar (jumladan, selluloza) miqdori juda kam, qandlar, pektin va boshqa eruvchan moddalar juda ko'p. Javdar doni qobig'i tarkibi va tuzilishining o'ziga xos tomonlari, jaydari va sidirma javdar unlari va ulardan tayyorlanadigan nonning xossalarida yaqqo1 ko'rinadi. Download 9.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling