Mavzu; Don va donni qayta ishlash ilmiy asoslari


Javdar, arpa, makkajo'xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning qisqacha tavsifi


Download 9.79 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi9.79 Kb.
#1394681
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu; Don va donni qayta ishlash ilmiy asoslari-azkurs.org

Javdar, arpa, makkajo'xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning qisqacha tavsifi.

Javdar, arpa, makkajo'xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning

qisqacha tavsifi. Javdar bug'doydan so'ng ahamiyati jihatidan ikkinchi

o'rinda turuvchi, non mahsulotlari tayyorlanadigan boshoqli ekinlar

jumlasiga kiradi. Javdar doni (1.3-rasm) tashqi belgilari bilan bug'doydan farq qiladi.

Javdarda bug'doy doniga nisbatan aleyron qatlami va murtakning hissasi ko'proq, endospermining miqdori kamroq. Shuning bilan birga javdar

Kimyoviy tarkibi bilan ham farq qiladi. Uning tarkibida bug'doydagiga nisbatan oqsillar va kraxmal kamroq, qandlar va yelimli moddalar ko'proq bo'ladi. Asosiy farqoqsilning miqdorida emas, balki uning fizik- kimyoviy xossalaridadir.

Javdar

1.3-rasm. Javdar donining turli donining oqsillari cheksiz bookish va shakllari.

oson parchalanish qobiliyatiga ega.

Javdar oqsillarining eng asosiy farqli tomoni shundan iboratki, ular oddiy sharoitlarda yuvib olinadigan kleykovinani hosil qilmaydi. Javdar doni tarkibidagi kraxmal bug'doy donidagiga nisbatan kamroq bo'lib, quruq moddalarga nisbatan 56-64 % ni tashkil qiladi. Javdar


donining kraxmali bug'doy donining kraxmaliga nisbatan kleysterlanish
haroratining pastligi (54-60 QC) bilan ajralib turadi. Javdar kleysteriga
yuqori qovushqoqlik va sekin eskirish xos. Javdar nonining sekin
eskirishining sababi ham shu bilan bog'liq. Javdar donining farq
qiluvchi xususiyati bo'lib, unda suvda eruvchi moddalar miqdorining
ko'pligi (12-17%) hisoblanadi (bug'doyda ular 5-7% ni tashkil qiladi).
Javdarning qobiq qatlami (aleyron qatlami bilan birga) bug'doy donidan
tubdan farq qiladi. Ularning tarkibida mineral moddalar miqdori, erimaydigan
uglevodlar (jumladan, selluloza) miqdori juda kam,
qandlar, pektin va boshqa eruvchan moddalar juda ko'p. Javdar doni
qobig'i tarkibi va tuzilishining o'ziga xos tomonlari, jaydari va sidirma
javdar unlari va ulardan tayyorlanadigan nonning xossalarida yaqqo1
ko'rinadi.

Download 9.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling