Mavzu: dori mahsulotlariga qo’yilgan asosiy talablar reja: I kirish


Davlat milliy dori vositalari siyosati


Download 69.9 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi69.9 Kb.
#1014255
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xodjayev Sardor dori vositalari (2)

Davlat milliy dori vositalari siyosati.
Sog'liq fuqarolarning asosiy haq-huquqlaridan biridir. Asoiy dori vositalarini o'z ichiga olgan tibbiy sanitar yordamlaridan foydalanishning osonligi ana shunday xaq huquqlaridan biri hisoblanadi. Agar dori –vositalarini iqtisodiy arzon, lozim darajada sifatli, oqilona foydalanishga yaroqli bo'lsa, salomatlik bilan bog'liq qator muammolarni samarali, iqtisodiy foydali hal etish imkonini berishi mumkin, Љator mamlakatlarda Sog'liqni saqlash byudjetining kattagina qismini shu maqsadlarda sarflanadi. Ammo dori vositalarning tibbiy va iqtisodiy ahamiyatiga qaramay ularning iqtisodiy narxlarining balandligi, lozim darajada sifatli emasligi, oqilona foydalanib bo'lmasligi bois ko'pgina muammolar paydo bo'lmoqda va h.k.
Jahon bozorida farmatsevtik mahsulotlar miqdori tobora oshib bormoqda, shu asnoda ularni iste'mol qilish jarayonlari jadallashmoqda , shuningdek, ularga ketadigan harajatlar ham oshib bormoqda. Biroq , butun dunyoda ko'plab odamlar o'zlariga zarur dori vositalarni topa olmaydilar , chunki ular mavjud emas , yohud juda ham qimmat, zotan ularni olish mumkin bo'lgan muassasalarning o'zi yo'q yoki ularni tavsiya etadigan malakali mutaxassislar topilmaydi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotining aniq bo'lmagan ma'lumotlariga qaramay, jahon aholisining kamida uchdan bir qismi asosiy dori vositalarni topa olmaydilar (Osiyo va Afrikaning qishloq mintaqalarida esa bu raqam ellik foizni tashkil etishi mumkin). Ќar yili oldini olish mumkin bo'lgan, yohud samarali va arzon asosiy dori –vositalar bilan davolashning imkoniyati yo'qligi tufayli bir milliondan ziyod bolalar va kattalar o'lim topmoqda.
Asoiy dori vositalarga dohil bo'lish ularning sifatini yaxshilash va ulardan oqilona foydalanishni rag'batlantirish bo'yicha barcha chora tadbirlar ko'rilishiga qaramay ayrim muammolar hamon yechilmay qolayotir, Cheklangan moliyaviy doiralardan tashqari bo'lgan murakkab sabablar buning boisidir. Bularni tushunmoq uchun dori darmon bozorining talablarini o'rganish va ko'rib chiqish , xukumatlar nuqtai nazarlarini va ular xatti xarakatini, dori vositalar tavsiya etadigan va iste'mol qiladigan shaxslar, hamda. Farmatsevtika sanoati tabiatini chuqur bilish o'ta muhimdir. Sog'liqni saqlash majmuini rivojlantirish , iqtisodiy islohatlar tarkibiy o'zgarishlar siyosati , murosasozlik yo'lini tutish , shuningdek, keng qamrovli yangi savdo shartnomalari, bularning bari ko'pgina mamlakatalar dori farmatsevtik vaziyatlarga ta'sir etish qobiliyatiga qodirdir. Shuningdek ular Sog'liqni saqlashda odilona mutanosiblikka erishishga ham ta'sir etishi mumkin.
Xastaliklar klinikasi manzarasi va dori-darmonlarga ehtiyoj vaziyatining o'zgarishi ham jiddiy muammolar sirasiga kiradi. Yuqturilgan immunodefitsit sindromi (SPID), boshqa dardlarning qaytalashi , bezgak va tuberkulez (SIL) kabi kelajakda o'limga olib boruvchi kasalliklarni uyg'atuvchi xastaliklarda turg'unlik xolatini o'stirish singarilar kabi yangi kasalliklarning paydo bo'lishi dori-vositalar xaraja-tini ko'paytiradi va Sog'liqni saqlash zahiralari yelkasiga yuk bo'lib tushadi, Ular muddati va hayot tarzining o'zgarishi o'z navbatida cho'ziluvchan kasalliklar ko'payishiga va katta yoshdagilar xastaliklari qattiyati , hamda , ushbu kasalliklarga zarur dori – darmonlar iste'molining o'sishiga olib keladi .
Dori vositalar sohasidagi davlat siyosati maqsadlar sari og'ishmay intilish va hatti-harakatning yo'l-yo'rig'idir. U farmatsevtika sohasiga hukumat tomonidan qo'yilgan o'rta va uzoq muddatli rejalarni ifoda etadi va ularga erishishdagi asosiy strategiyalarni belgilaydi. U farmatsevtika sektori doimiy ko'rsatadigan oraliq tizilmani ta'minlaydi. U davlat hamda xususiy sektorni o'z ichiga oladi, shuningdek, farmatsevtika sohasida harakat qilayotgan barcha shaxslarni ishga jalb etadi.
Rasmiy davlat bayonotlari sifatida tavsiya etilgan va chop etilgan dori vositalari sohasiga dahldor davlat siyosati o'ta muhim bo'lib, xatti-xarakatlar, maqsadlar, qarorlar va majburiyatlar rasman ifoda etilgan hujjatlar sifatida maydonga chiqadi. Bunday rasmiy siyosiy hujjatlarsiz nimalarning zarurligi umumiy tarzda aniq bo'lmasligi mumkin. Natijada ba'zi hukumat tadbirlari bir-biriga qarama-qarshi kelib qolishi mumkin, chunki, maqsadlar turli –tumanligi va majburiyatlar xilma-xilligi noaniq va tushunarsiz bo'lib qoladi.
Dori vositalari sohasidagi davlat siyosati qator sabablarga ko'ra o'ta muhimdir. Ularning asosiylari quyidagilardir:
- hukumatning moddiy boyliklar, hatti-harkatlari, qarorlari o'rta va uzoq muddatli majburiyatlarining rasmiy ro'yxatini taqdim etish;
- farmatsevtika sektori uchun davlat maqsadlari va vazifalarini belgilash, shuningdek, ular ustivorligini aniqlash;
- mazkur vazifalarni ado etish strategiyasini aniqlash va ushbu siyosatni amalga oshirishga mas'uliyatli harakatda bo'ladigan shaxslarni belgilash;
- ushbu masalalarni umumdavlat darajasida muhokama etadigan anjuman tuzish. Dori vosita sohasidagi hujjatlar bo'yicha maslahatlashuv va umumdavlat muhokamasi o'ta ahamiyatli bo'lib, ular barcha siyosatga umumiy dahldorlik tuyg'usini uyg'otadi. Bu holat davlat faoliyatida muhim ahamiyatga egadir, zotan, u istiqbolda belgilangan siyosatni amalga oshirishda kerak bo'ladi. Siyosatni amalga oshirish siyosiy hujjat singari muhim mazmun kasb etadi. Teng huquqli dahldorli, kerakli sifat va oqilona foydalanish bo'yicha asosiy vazifalar davlat dori vosita siyosatida aks etadi, ammo bu siyosat ravshanki turli mamlakatlarda turlicha bo'ladi. Vazifalar va strategiyalarning so'nggi ko'lamlari iqtisodiy taraqqiyot va zaxiralar darajasi, madaniy-ma'rifiy hamda tarixiy omillarga bog'liq bo'ladi, shuningdek, siyosiy muhit va tanlovlarga bevosita aloqadordir. Mazkur yo'l-yo'riqlar o'zlarining ehtiyojlari, ustivorligi va zaxiralari mos umumiy siyosiy oraliq tizilmalarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ko'maklashishga da'vat etilgandir.
Dori vositalari ( DORI MAHSULOTLARI) sohasidagi davlat siyosati sog'liqni saqlash tizilmasi, sog'liqni saqlash davlat siyosati, sog'liqni saqlashning o'ta keng vazifalariga mos bo'lishi, siyosat esa mazkur o'ta keng vazifalarni bajarishga javob berishi kerak.
Sog'liqni saqlash siyosati hamda ma'lum bir mamlakatdagi ko'rsatiladigan xizmatlar tanlash kengligi va ehtimoli turli harkatlar dori vosita siyosatining muhim belgilovchi omillar hisoblanadi. Њzga bir tomondan dori vositalar borasidagi vaziyat o'z navbatida sog'liqni saqlash xizmati to'g'risidagi fikrlarga ta'sir o'tkazishi mumkin. Agar sifatli dorilarning yetarli darajadagi ta'minoti bo'lmasa, yohud mazkur dorilar noto'g'ri tavsiya etilsa, bunday xizmatlarga ishonch yo'qoladi. Shu tariqa faol dori vosita siyosatining amalga oshirilishi aholining tibbiy xizmatlar va ulardan foydalanishga bo'lgan ishonchini o'stiradi.
Shuningdek iqtisodiy dalillar ham mavjud. Ko'pgina mamlakatlarda tibbiy-sanitar yordamchiga doir katta ulush dori vositalarga to'g'ri keladi. Shu bois tibbiy –sanitar yordamni moliyalashtirish dori vositalarga mablag' ajratish bilan tig'iz bog'liq bo'ladi. Dori vosita siyosatisiz Sog'liqni saqlash siyosatini amalga oshirish qiyin kechadi.
Dori vosita bo'yicha davlat siyosatining vazifalari
Keng ma'noda davlat siyosati farmatsevtika sektoridagi adolat va barqarorlikka ko'maklashishi kerak.
Dori vosita bo'yicha davlat siyosatining umumiy maqsadlari quyidagilarni ta'minlashdir:
- daxldorlik: asosiy dori vositalariga jismoniy va iqtisodiy teng xuquqli daxldorlik;
- Sifat: barcha dori vositalarining sifati, xavfsizligi va samaradorligi;
- Oqilona foydalanish: terapevtik jihatdan maqsadga muvofiq hamda tibbiy xodimlar va iste'molchilar tomonidan iqtisodiy foydali qo'llashni rag'batlantirish.
Davlat siyosatining yanada aniq maqsadlari va vazifalari mamlakatdagi vaziyat, sog'liqni saqlash davlat siyosati hamda hukumat tomonidan ustivor hisoblangan siyosiy yo'nalishlarga bog'liqdir. Sog'liqni saqlash bilan bog'liq maqsadlardan tashqari o'zga, masalan, iqtisodiy ko'rinishda ham bo'lishi mumkin. Xususan, davlat farmatsevtika quvvatlarini o'stirish qo'shimcha vazifaga aylanishi mumkin.
Ќamma holatda ham dori vosita siyosati barcha vazifalarining aniqligi hal qiluvchi omil bo'lib, u davlat va xususiy sektorning shuningdek, turli vazirliklar (sog'liqni saqlash, moliya, savdo, sanoat va h.k.) va davlat idoralari (tartibga soluvchi ( nazorat va ruxsat beruvchi) dori vositalari bo'yicha idora) o'rnini ravshan aniqlash imkonini beradi.
Asosiy dori vositalari kontseptsiyasining muhim ahamiyati
Asosiy dori vositalari kontseptsiyasi davlat dori vosita siyosatining poydevoridir, zotan u daxldorlikda adolat yaratadi va tibbiy-sanitar yordam tizilmasi uchun ustivorlik o'rnatishga ko'maklashadi. Kontseptsiya mohiyati shundan iboratki, klinik rahbariyatlarning kelishuvi maromida tanlangan dori vositalarini cheklangan miqdorda iste'mol qilish, dorilar bilan yaxshi ta'minlash, oqilona tavsiya etish hamda sarf-harajatlarni kamaytirishga olib keladi.
Buning sabablari ma'lum, xavfsizlik ko'rsatkichlari, iqtisodiy va terapevtik foydaga moyil klinik raxbariyat tavsiyalari asosida tanlangan asosiy dori vositalari tibbiy yordam ko'rsatish sifatini yaxshilashni ta'minlaydi, sarflangan mablag'lar keladigan foydani ko'paytiradi . Kam nomli dorilarni ko'p miqdorda xarid qilish narxlar raqobatiga imkoniyatlar tufayli erishiladigan mablag'larni tejashga olib keladi. Sifatlik, xarid ,saqlash, iste'molga chiqarish va qo'lga berish –bularning bari dori - vositalari nomlarini qisqartirish jarayonini yengillashtiradi. Tibbiy sanitar xodimlarni o'qitish hamda dorilar haqidagi axborot umumiy tarzda maqsadlarga yaxshi yo'naltirilgan bo'lishi mumkin. Dori vosita tavsiya etuvchi shaxslar oz sonli dorilar bilan munosabatda katta tajriba orttiradilar. Bunda dorilarni bilishda va ularga nisbatan bo'ladigan noqulay qarashlarni baho berishda ular oson yo'l tutadilar.
1999 yil oxirida sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy DORI MAHSULOTLARI davlat va idoraviy ro'yxatlari bo'lib, ular davlat va xususiy sektorlardagi tibiy sanitariya yordamning turli darajasiga mo'ljallangan edi. Ularning 94 tasi keyingi besh yil yangilanib, terapevtik yordamning mavjud darajalariga moslashtirildi. Asosiy DORI MAHSULOTLARI larning davlat ro'yxatlari yordam sifatini yaxshilashga va dorilardan sezilarli pul mablag'lari tejash uchun imkon yaratdi.

Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy tarkibi

Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati majmuaviy oraliq tizilma bo'lib, uning bir mavjud unsuri bitta yohud bir nechta siyosiy maqsadlarga erishishda muhim rol o'ynaydi (daxldorlik, sifat va oqilona foydalanish). Siyosat to'liq va kelishilgan , yagona muhitni vujudga keltirib turli maqsadlar va vazifalarni mutanosiblashtirishi lozim. Masalan, asosiy DSga dahldorlik oqilona tanlov, aholi - qudratli narx, turg'un moliyaviylik, shuningdek, sog'liqni saqlash va ta'minotning ishonchli tizilmasi orqali yo'lga qo'yiladi.


“Oraliq daxldorlik tizilmasi” ning ushbu to'rt turi yo'liga zarur hisoblanadi, ammo dahldorlikni to'liq ta'minlash uchun yetarli bo'lmaydi. Dori maxsulotlari oqilona foydalanish ham oqilona tanlov, tartibot choralari, o'qituv strategiyasi hamda moliyaviy rag'bat bilan bevosita bog'liq bo'ladi.
Dori mahsulotlaritanlash davlat klinik raxbariyatiga bog'liqligi muhimroqdir. Zero, u asosiy Dori maxsulotlari ga daxldorlikni va oqilona foydalanish tomon qo'yilgan hal qiluvchi qadam bo'ladi. Zotan, na davlat sektori, na tibbiy sug'urta bozordagi istisnosiz barcha dori vositalarni qo'lga kiritish yoxud ularni xarid qilishga qodir emas.
Mazkur omillar eng muhim masalalari:
-Davlatning farmatsevtika sektorida, ayniqsa, davlat sektori va sarf xarajatlarni qoplash narxini amalga oshirishdagi ishtirokini aniqlash bo'yicha asosiy Dori maxsulotlari tamoyilini qabul qilish birinchi galdagi vazifalarni belgilash;
- asosiy Dori maxsulotlari yuzasidan davlat ro'yxati (ro'yxatlari) ni ishlab chiqish va yangilash;
- an'anviy va o'simlik Dori mahsulotlaritanlash bo'yicha mexanizmlarni (yo'l-yo'riqlarni) aniqlash;
- kerak bo'lmaydigan yohud yaroqliligini yo'qotgan Dori mahsulotlaribekor qilish.
Iqtisodiy dahldorlik
Arzon narxlar davlat va xususiy sektorda asosiy Dori maxsulotlariga dahldorlikni ta'minlashda muhim shart hisoblanadi.
Ushbu qismning eng muhim masalalari quyidagilardir:
-Davlatning Dori maxsulotlari ga iqtisodiy dahldorlik orqali erishish strategiyasiga og'ishmay amal qilishi;
-barcha Dori maxsulotlari uchun: Soliqlarni, tariflarni hamda tijorat ustamalarini; narx-navo siyosati;
-bir necha manbalardan keladigan mahsulotlar uchun: qayta ishlangan Dori maxsulotlari (generik) siyosati yordamida raqobatni rag'batlantirish, patentlashtirilgan Dori mahsulotlarigeneriklarga almashtirish va sotib olishning maqbul amaliyotini olib borish;
-bir manbadan keladigan mahsulot uchun: narxlar bo'yicha muzokaralar olib borish, narxlar to'g'risidagi axborotlar yordamida raqobat, preparatlarni terapevtik almashitirish, shuningdek TRIPS (xususiy mol mulk huquqlari savdo bilan bog'liq jihatlari bilan bog'liq jihatlari bilan bog'liq) ga mos tushadigan choraklar, masalan, so'zsiz litsenziyalashtirish, patenlashtirilgan Dori maxsulotlariga nisbatan genererik firmalarning ishlab chiqaruvchilarning “ilg'or harakati” hamda parellel import.
Dori maxsulotlarini moliyalashtirish
Dori mahsulotlarimoliyalashtirish asosiy Dori maxsulotlari ga dahldorlik siyosatini takomillashtirishning ajralmas qismidir. Dori maxsulotlari moliyalashtirish siyosatining muhim masalalari quyidagilardir:
-moliyaviy sarfiyotlar samaradorligini oshirish choralarga og'ishmay amal qilish, o'zini oqlamaydigan harajatlarni qisqartirish;
- nozik xastaliklarni terapevtik yordamida davlat moliyalashining kvotini oshirish, shuningdek, kamxarjli va muxtoj (axolining dekretlashtirilgan katlami) larga ijtimoiy sarfiyotini yaxshilash;
-Davlat yoki xususiy –tibbiy sug'urta holatining bir qismi sifatida aholining Dori maxsulotlari ga sarfiyotini qoplash tizimini takomillashtirish;
-iste'molchilar Dori maxsulotlari a qilgan to'lovlaridan (bu to'lovlarning miqdorini almashtirish) Dori mahsulotlarimoliyalashtirishning (vaqtinchalik) turi sifatida foydalanish;
- Dori mahsulotlarimoliyalashtirish uchun foydalanish; rivojlanish zayomlarining ma'lum qismidan foydalanish;
-Dori maxsulotlariga xayriya tadbirlarini yo'lga solish.
Ta'minot tizimi
Asosiy Dori maxsulotlariga daxldorlikni yaxshilash strategiyasini to'rtinchi qismi ta'minotning ishonchli tizimidir. Bu bo'limning eng muhim masalalari quyidagilardir:
- Dori mahsulotlarikeltirish va tarqatish tizilmasida davlat va xususiy faoliyat yuritish;
-Davlat sektoridagi farmatsevtik ta'minotning amaldagi tajribasiga tizilmada rioya etish;
- Xomashyo va tayyor mahsulotlar narxi bo'yicha axborotlar chop etish;
- Љaltis vaziyatlarda dori vosita ta'minoti tizimi;
- Zaxiralarni boshqarish, talon-tarojlik va isrofgarchilikning oldini olish;
- Dori maxsulotlarining yaroqsiz eskirgan qismini yo'qotish.
Nazorat-ruxsat faoliyati va sifatni ta'minlash
Dorilar jabhasida tartibot o'rnatuvchi organ farmatsevtika dorilari borasidagi ko'pchilik qonun-qoidalar hamda me'yoriy hujjatlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi muassasadir. Zotan, sifatni ta'minlash, Dori maxsulotlari xavfsizligi va samarasini ta'minlash, mahsulotlar to'g'risidagi axborotlar to'g'riligini ta'minlash zarur. Mazkur qismning muhim masalalari quyidagilardir:
-Dori maxsulotlari boshqaruvining amaliyotida davlat og'ishmay faoliyat ko'rsatadi, zero sohani mustahkam qonuniy poydevorini ta'minlash, shuningdek, zaruriy darajada odam hamda moliyaviy zahiralar yaratish kerak bo'ladi;
-Dorilar tartibotida muassasalar mustaqil va ravshan ko'rinishda ishlashi kerak; Mazkur organ bilan Sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasida ma'lum munosabatlar amal qilmog'i lozim;
- Dori mahsulotlaribaholash va ro'yxatga olishga bosqichma-bosqich yondashish talab etiladi;
- lozim ishlab chiqarish amaliyotida og'ishmay intilish, inspektsiya tekshiruvlarni o'tkazish hamda qonunlarga bo'ysinish;
- Dori maxsulotlari sifatini nazorat etish muassasalari tig'iz aloqada bo'lish;
- Dori maxsulotlari reklamasini tartibga solish doimiy intilish;
-an'anaviy va o'simlik dorilarini tartibga solish;
-zaruriyat tavsiflar va Dori maxsulotlari ga ko'ngilsiz (ikkinchi darajali /kutilmagan) ta'sirlarning monitoring tizilmasida lozim salbiy oqibatini ko'zda tutish;
-xalqaro miqyosda axborotlar almashish.
Oqilona foydalanish
Dori maxsulotlaridan oqilona foydalanish mijozlar klinik ehtiyojlariga javob beradigan preparatlarni ularning shaxsiy ehtiyojlariga mos, naf keltirishi kutiladigan muddatlarda, o'zlari va umuman jamiyat uchun kam chiqimli, tarzda olishini anglatadi. Nomaqbul suratda dori maxsulotlaridan foydalanishda davolovchi shifokorlar va iste'molchilarning ishtiroki murakkab muammo bo'lib, u qator tadbirlarni bir yo'la amalga oshirishni taqazo etadi. Dorilardan oqilona foydalanish sa'i-harakatlari an'anaviy va nabotot dori maxsulotlari dan foydalanishni ham qamrab oladi. Ushbu qismning muhim masalalari quyidagilardan iborat:
- isbotlarga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish. Њqitish, tavsiya etish, Dori maxsulotlaridan foydalanish izohi, dorilar ta'inoti, Dori maxsulotlari harajatini qoplash ularning asosini tashkil etadi;
- rasmiy-terapevtik qo'mitalar tuzish va ular faolligini qo'llab-quvvatlash;
- Asosiy Dori maxsulotlari kontseptsiyasini olg'a siljitish, DORI MAHSULOTLARIdan oqilona foydalanish va bazaviy hamda diplomdan keyingi malaka oshirish doirasida generiklarni tavsiya etishni o'rganish;
- tibbiy yordam ko'rsatuvchi shaxslarni muttasil o'qitish, mustaqil, xolis axborotlar bilan ta'minlash;
- iste'molchilar savodini oshirish va uni amaliy yo'l-yo'riqlari;
- Dori maxsulotlaridan oqilona foydalanishni rag'batlantiruvchi moliyaviy maqtov mexanizmlarni topish;
- Dori maxsulotlaridan oqilona foydalanishga yordam beradigan tartibli va boshqaruv strategiyasi.
Ilmiy tadqiqotlar –izlanishlar
Amaliy ilmiy izlanishlar dori vosita siyosatining turli sohalarini hayotga tadbiq etish, monitoring va ularni baholashga yordam beradi. Bu Dori maxsulotlari sohasidagi siyosat ta'sirini baholash, uning Sog'liqni saqlash davlat tizilmasiga bog'liqligini anglash va tibbiy xizmat ko'rsatish, dori vosita ta'minoti iqtisodiyotini o'rganish, Dori mahsulotlaritavsiya etish va tarqatish bilan aloqador muammolarni topish, shuningdek, Dori mahsulotlariqo'llash jixatlarini ijtimoiy-ma'rifiy nuqtai nazardan tushunishning zarur qurolidir.
Bu qismning muhim masalalari quyidagilardir:
- Dori maxsulotlariga daxldor sohalarda tezkor-ilmiy izlanishlar olib borish, ular sifatini va oqilona foydalanishda mohirlik zarurati;
- Dori mahsulotlariyaratish va klinik qo'llanish sohasida izlanishlar olib borish asoslarini mavjud qilish zarurati va uning ta'minoti.
Kadrlar tayyorlash (odamlar zaxirasi)
Kadrlar tayyorlash Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatining qism-larini hayotga tadbiq etishga yaroqli va vakolatli xodimlarning yetarliligini aks ettiradigan siyosiy kurs va strategiyani o'z ichiga oladigan jabhadir. Muhim tamoyillar bo'lgan niyat va lozim ixtisoslikning yo'qligi Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati vazifalari ado etilishiga katta to'siq bo'ladi. Bu qismning asosiy masalalari quyidagilardir:
- farmatsevtika sohasi uchun zarur kadrlarni o'z vaqtida va sifatli tayyorlashda davlat mas'uliyati. Bunda reja va nazorat alohida o'rin tutadi.
- turli tabaqa xodimlari uchun mo'ljallangan saboqlar va o'qitish uchun eng kam talablar darajasini aniqlash;
-kasbiylikni o'stirishni (nomzodlar zaxirasi) rejalashtirish va davlat tizimida jipslashgan mehnat jamoasini vujudga keltirish;
- tashqi yordamni jalb etish (davlat va xalqaro darajasida).
Monitoring va baholash
Monitoring va baholash Dori maxsulotlari sohasidagi siyosatning ajralmas qismlari bo'lib, unga talab qilingan shart-sharoitlar kiritiladi. Bu qismning asosiy masalalari:
- Davlatning monitoring va baholash printsiplariga og'ishmay amal qilishi;
- Farmatsevtika monitoringini doimiy izohlar, asosli ko'rgazmalar vositasida o'tkazish;
- Dori maxsulotlari sohasidagi ishlarga davlat siyosati ta'siri, barcha sektorlar ishtirokchisi bo'lgan jamiyatning umumiy holatiga mustaqil tashqi baho berish.
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati o'z ichiga ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoringdan iborat.Murakkab jarayonni oladi. Birinchidan, ishlab chiqish jarayonining natijasi ayni davlat siyosatini shakllantirishdir. Ikkinchidan, uni amalga oshirish (siyosiy vazifalarni bajarishga yo'naltirilgan strategiya va faoliyat) hamkorlik qiluvchi bir necha tomonlar vositachiligida ado etiladi. Љolaversa, mazkur faoliyat natijasi doim monitoringlashtiriladi, chunki bu holat dasturga kerak bo'lsa tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Ushbu marketing muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha tomonlarning ishtirokini aniq rejalashtirish lozim bo'ladi. Bunda o'zgaruvchan siyosiy o'sish hamisha e'tiborda turadi.
Rejalashtirish
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati uning bosqichlarini amalga oshirish keng qamrovda va aniq rejalashtirilmasa (trovard natijalarga erishilguncha), “o'lik” hujjat bo'lib qolishi mumkin. Rejalashtirish shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo'linishi mumkin. Birinchi qadam bu siyosatning o'zini siyosiy strategik rejalashtirishdir. Unda ishlab chiqishning turli bosqichlarini aniq belgilash kerak bo'ladi. Ayniqsa, iloji boricha ko'proq ishtirokchilarni jalb etish tadbirlari muhimdir. Navbatdagi qadam, bosh rejani amalga oshirish yo'llarini aniqlash lozim, odatan bunga 3-5 yil ajratiladi. Rejada har bir sohaning turli faoliyati turlari to'liq aks etishi, nimalar qilinishi kerak, bunga kim mas'ul bo'ladi, byudjetga taxminiy baho berilishi hamda mumkin bo'lgan muddatlar belgilanishi lozim. Agar o'z mablag'lar yetarli bo'lmasa, unda mavjud zaxiralar hisobiga dastlabki xatti-harakatlar majmuini aniqlash zarur bo'ladi. Turli bo'linmalar uchun yillik ishchi rejalarga taqsimlash mumkin.
Ќamkorlik qiladigan barcha tmonlarni jalb etish
Siyosat jarayonlarini joriy etish va amalga oshirish (uni ishlab chiqish bosqichsidagina emas) ning butun davomida barcha manfaatdor guruhlar va ishtirokchilar bilan doimiy ravishda maslahatlashish, o'zaro muloqot va muzokaralar olib borish talab etiladi. Bunga turli vazirliklar (Sog'liqni saqlash, Oliy ta'lim, savdo, sanoat), mutaxassis olimlar. Farmatsevtlar, o'rta malakali xodimlar, mahalliy va xorij farmatsevtika sanoati vakillari, dorilarni baholovchilar, nodavlat tashkilotlar, professional birlashmalar va iste'molchi guruhlar aloqador bo'ladi. Bu holda mahalliy (viloyat va tumanlar) tibbiy va ma'muriy muassasalar bilan doimiy maslahatda bo'lish, shuningdek, umumiy ishga davolashning an'anaviy usullarini qo'llovchi hamda nabotot dorilarini ishlatuvchilar bilan hamkorlik qilish o'ta muhimdir. Ќayotga tatbiq etish va amalga oshirish jarayonida boshqa davlat muassasalari (nazorat-ruxsat idoralari, sug'urta kompaniyalari kabilar) ham harakatga keltirilishi muhimdir.
Ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlarning qo'llab- quvvatlashi ham foydali bo'lishi mumkin. Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati maxsus qo'mitaning barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida uni amalga oshirish jarayonida qo'mitaning majlislari doimiy ravishda o'tkazib turish tavsiya etiladi. Siyosatni amalga oshirishda zarur yagona maqsadni ta'minlovchi jarayonni yaratish va qo'llab-quvvatlash murakkab muammo =hisoblanadi. Turli ishtirokchilar o'rtasida ba'zi kelishmovchilar bo'lishi mumkin (sheriklar tomonidan umumiy ishga jalb etilganlar ko'zda tutiladi). Masalan, dori vosita ishlab chiqaruvchilar o'zlarining tijorat manfaatlari xavf ostida turibdi deb hisoblashlari, shifokorlar esa klinik erkinlikni yo'qotib qo'yishdan cho'chishlari mumkin. Mavjud vaziyatdan foyda ko'radigan har qanday tomon o'zgarishlardan tashvishlanadi. Aytish mumkinki, amaldagi farmatsevtik tizilmalar qanchalik ko'p o'zgarishlarga duch kelsa, barcha manffatdor tomonlarni zarur islohotlarni muhokama qilish zujdlik bilan jalb etish o'ta muhim bo'ladi.
Siyosiy muttasillik
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish, hayotga joriy etish va uni amalga oshirish o'ta siyosatlashgan bo'ladi. Sababi shundaki, asosiy siyosiy maqsadlar odatan dastlabki tibbiy yordamchi daxldorlikni adolatli ta'minlashga qaratilgan, asosan farmatsevtik sektor samaradorligi va rentabelligi oshirishga, uning Sog'liqni muxofaza etish extiyojlariga e'tibor qaratish bilan bevosita aloqadorlikdadir. Bu holat tovarlarni qayta taqsimlash, umumiy vaziyatga sur'at o'tkazish, ayrim guruhlar o'rtasida raqobatning kuchayishi va ularga islohotlarning ta'sir etishga olib kelishi mumkin. Manfaatlarning xilma-xilligi amaldagi masalalarning iqtisodiy ahamiyatga muhimligini hisobga olib, yangi siyosatga ma'lum darajada mone'lik qilish va hatto uni amalga oshirishda Bangladash va Filinpinda bo'lgani kabi o'zgartirishga urinishlar ham uchraydi.
Shuning uchun ham butun jarayon davomida siyosiy ittifoqchilarni o'z vaqtida qidirib topish va ular yordamiga suyanish muhimdir. Bir yo'la muxoliflar bilan muloqotda bo'lish strategiyasini ishlab chiqish va ular bilan xamkorlik qilish imkoniyatlarini topish kerak. Mazkur ishtirokchilar manfaatlariga daxl etuvchi qaror va ustivorliklar daromad va zararlardan kelib chiqib mutanosiblashtirilmog'i kerak. Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va hayotga tatbiq etishda kuchli siyosiy rahbariyat va maqsad sari sobitqadamlik bilan borish hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi.
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish
1999 yilgacha bo'lgan o'n yilliklar Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati jahonning 66 mamlakatida shakllantirildi yoxud yangilandi. Tarix guvohki, Dori maxsulotlari sohasidagi siyosatni shakllantirish jarayoniga kirishish katta zaruratni yohud siyosiy o'zgarishlarni keltirib chiqardi. Ayrim davlatlarda bu jarayon islohotchi hukumatlarning hokimiyatga kelishi, ba'zi mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar, masalan, Afrika Frankining devolvatsiyasi (CFA Communaute finan ciere a Afriqie) yoki SSSRning Nurashi bilan bog'liq bo'lib, farmatsevtika tizimining ayrim jabhalarini uyg'unlashtirish yoxud yaxshilashga olib keldi. Mahalliy sanoatni kengaytirish yoki global savdo shartnomalarini bajarish siyosiy hatti-harakatning boshqa omillariga aylandi.
1-bosqich: jarayonni tashkil etish
Ma'lumki, Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish vazifasi zimmasiga tushishligini va vakolatliligini hisobga olganda Sog'liqni Saqlash vazirligi davlat hokimiyatining eng tan olingan mahkamasi sirasiga kiradi.
Bunda dastlabki qadamni bu tashkilot siyosat qurilmasi davomida ishlab chiqish jarayonini tashkil etish, asosiy vazifalarni belgilash hamda dastlabki ishlarni amalga oshirishdan boshlaydi va qarorlar qabul qiladi.
Mazkur bosqichda jalb etilishi lozim bo'lgan manfaatdor tomonlarni aniqlash, zarur zaxiralarni jamlash va ulardan foydalanish uslublarini o'rganimsh talab etiladi. Shuningdek, Jahon Sog'liqni saqlash (JSST), zarur tajribalarga ega bo'lgan homiylar va mamlakatlar ehtiyojlarini baholash ham muhimdir. Bu bosqich tanlab olingan mutaxassislar kichik komissiya qo'llab-quvvatlashida Sog'liqni saqlash vazirligi doirasida bajarilishi mumkin.
2 –bosqich: asosiy muammolarni belgilash
Aniq vazifalar qo'yish uchun farmatsevtika sektorida bosh muammolarni chuqur taxlil qilish va tushunish lozim. Vaziyatni taxlil etishni ado qilishning turli xil usullari mavjuddir. Muvaffaqiyatli yondashuvlardan biri tarkibida boshqa mamlakatlarda mushobih taxlillar o'tkazgan mutaxassislar bo'lgan kichik, mustaqil ekspert guruhini tuzishdir. Amalan ular faqat sog'liqni saqlash vazirligidangina bo'lib qolmay, boshqa sohalar va muassasalardan ham bo'lishi mumkin. Ularga vaziyatni har tomonlama o'rganish, muhim muammolarni aniqlash, nimalar qilinishi lozim va mumkinligi hamda tavsiyalar tuzish, shuningdek, turdosh yondoshuvlar topish bo'yicha talab qo'yiladi. Tavsiyalar shakllantirilgach, ularni bitta yoxtsud ko'ptarmoqli ishchi seminarlar muhokama qilish maqsadga muvofiq bo'lib, undan keyingina hukumat uchun xulosaviy va yakuniy tavsiyalar qilinadi. Bunday hisobotlar nusxalarini JSSTning asosiy dorilar vositalari va dori-daromn siyosati Deparmamentidan olish mumkin.
3-bosqich: Vaziyatni batafsil tahlilini bajarish
Dori maxsulotlari sohasidagi siyosatning vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishni shakllantirish uchun farmatsevtika sektori va uning bo'g'inlardagi vaziyatni chuqur taxlil etish extiyoji tuzilishi mumkin. Unda muammolar manbasini chuqur o'rganishda kelajakdagi qarorlarni nazarda tutish, eng maqbul strategiyani tanlash, ustivorlikni o'rnatish, monitoring va baholashning istiqboldagi tizilmalar uchun jo'nalish nuqtasi bo'lishga to'g'ri keladi.
4-bosqich: Dori vosita davlat siyosati uchun maqsad va vazifalarni belgilash
Asosiy muammolar mutanosiblashtirilganidan so'ng birinchi navbatdagi maqsadlar va vazifalarni belgilashga o'tish lozim. Masalan, dastlabki dolzarb muammolar Dori mahsulotlariqo'lga kiritishning mushkulligi bo'lsa, u holatda ustivor vazifalardan biri tanlovni kengaytirishni, iqtisodiy daxldorlikni hamda asosiy Dori mahsulotlaritaqsimlash bo'lib qolishi mumkin. Bu vazifani ado etishda mos strategiyani tanlash ancha murakkabdir, zotan, u ko'pgina yondoshuvlar qatoridan tanlab olinadi. Љaror qabul qiladigan asosiy shaxslar ishtirokidagi amaliy seminar foydali bo'lishi mumkin. Vaziyatni tahlil qilish tanlangan usullar samarasini belgilash va qarorlar qabul qilishda asqotishi turgan gap.
Asosiy vazifalar va strategiya bir qiyofaga kirgach, ularni barcha manfaatdor tomonlar bilan muhokama etib olmoq kerak. Buning uchun keng ko'lamli maslahatlar va baxsli manfaatlar va tuzilish cheklanmalarni istisno etish va ado etiladigan vazifalarni qo'yish va ularni bajarish uchun strategiyani shakllantirish lozim bo'ladi.
5-bosqich: Siyosatni bayon etuvchi hujjat matni loyihasi
Vaziyat chuqur taxlil qilingach, asosiy maqsad va vazifalar belgilangach, ularni amalga oshirish yo'llari aniqlangach, Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati bo'yicha hujjat matni loyihasi tayyorlashga kirishiladi. Unda dastlab umumiy vazifalar keltiriladi. Ko'pchilik mamlakatlarda ushbu vazifalar deyarli bir xil: asosiy Dori maxsulotlarining barcha aholiga daxldorligi, dorilarning xavfsizligi, samaradorligi va yaxshi sifatini ta'minlash, ularning tibbiy xodimlar va iste'molchilar tomonidan oqilona foydalanilishi. Shu bilan barobar aniq vazifalar ham belgilanishi kerak. Shundan so'ng har bir holat bo'yicha mos strategiya qabul qilinadi. Avvalgi bosqichlarda jarayonlarga jalb etilgan kichik guruh ekspertlari tomonidan ishlab chiqiladi.
6-bosqich: Siyosiy hujjat loyihasini yuborish va qayta ko'rib chiqish
Yanada to'liqroq kelishuvga erishish va hujjatni tayyorlash butun jarayonida ravshanlikni ta'minlash maqsadida fikr va mushohadalar olish uchun hujjat loyihasini keng tarqatish lozim bo'ladi. Dastlab Sog'liqni saqlash vazirligi, so'ngra davlat vazirliklari va idoralari, nihoyat, hukumatga kirmagan tashkilot va muassasalar, xususiy va ilmiy sektorlarni ham qamrab olgan holda mazkur tibbiy amalga oshiriladi. Rejalashtirish, moliya, ta'lim bilan shug'ullanuvchi hukumat sektorlarining tarafdorligi alohida muhim ahamiyat kasb etadi, zotan siyosatning ko'pgina qirralarini amalga oshirish ularning ham qo'llab-quvvatlashiga bog'liqdir. Keng qamrovli maslahatlardan so'ng hujjat loyihasi olingan fikr va mushohadalar asosida qayta ko'rib chiqiladi, shundan keyin yakuniy nusxa qabul qilinadi.
7-bosqich: Siyosatni rasmiy ma'qullash
Ayrim mamlakatlarda bunday hujjat keyin Vazirlar Mahkamasi yohud Parlamentga ma'qullash uchun yuboriladi. Ba'zi mamlakatlarda esa rejalarni amalga oshirish yoki qonun va me'yoriy bayonnomalarga o'zgartirishlar kiritishga asos bo'luvchi ma'muriy hujjat bo'lib qolaveradi. Boshqa mamlakatlarda Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatiga tegishli hujjat butunlay qonun kuchiga ega bo'lishi mumkin. Bunda bir tomondan bu xolat hujjatning katta siyosiy ahamiyatini namoyish etsa-da, qator muammolarni tug'dirishi mumkin, chunki kelajakda hujjatga lozim tuzatishlar kiritishda qiyinchiliklar bo'lishi mumkin. Bundan kelib chiqib hujjatga (qonunga) faqat ba'zi eng muhim qismlarnigina kiritish va shu tariqa haddan tashqari hujjatni konkretlashtirish va detallashtirishdan ehtiyot bo'lish tavsiya etiladi.
8-bosqich: Davlat dori vosita siyosatini kuchga kiritish
Davlat dori vosita siyosatini kuchga kiritish texnikaviy vazifadan ancha yuqori turadi. Uning muvaffaqiyati ma'lum darajada jamiyat turli qatlamlarining mazkur siyosatni tushunish saviyasiga va ularning siyosiy sa'i-harajatlarni qo'llab-quvvatlashiga bog'liqdir.
Shu bois ularning manfaatdor tomonlar uchun ahamiyati va foydasini alohida ta'kidlash lozim.
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatini tushunarli va yaxshi tashkil etilgan axborot kompaniyasi vositasida tashviqot qilish kerak. Ќurmat qozongan ekspertlar tomonidan ommaviy ma'qullash hamda jamiyat ilg'or a'zolarining qo'llab-quvvatlashi ijobiy ta'sir etishi aniq. Axborotlarni turli manfaatdor yo'nalishlar orqali tarqatish turli maqsadli guruhlarni qamrab olish imkonini beradi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik tomonidan mazkur siyosatni tushunish va ma'qullashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dori vosita davlat siyosatini amalga oshirish
Siyosiy har qanchalik puxta shakllanadigan bo'lmasin agar u hayotga tatbiq etilmasa, uning hech qanday ahamiyati qolmaydi. Ќar qanday dori vosita siyosati uchun uni amalga oshirishning keng qamrovli yohud “Bosh reja” si shart bo'ladi. Zero uning har bir qismi batafsil strategiya va hatti-harakatning aniq rejalarini talab qiladi. Ushbu bo'limda siyosatni amalga oshirishning ba'zi umumiy kuzatuvlari bayon etiladi. Davlat dori vosita siyosatining har bir qismi bo'yicha batafsil texnik tavsiyalar keyingi boblarda bayon etilgan (1-rasmga qarang).
Siyosatni amalga oshirish ustivorliklari
Siyosatni amalga oshirish ustivorliklari har bir alohida mamlakat uchun turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, dastlabki tibbiy yordam bilan keng qamrab olish ta'minlangan bo'lsa, hamda Dori maxsulotlariga yetishish muammolari bo'lmasa, ularda oqilona foydalanish va Dori maxsulotlariga daxldorlik tashvishlari paydo bo'lishi ehtimoli bor. Bunday vaziyatda dori vosita siyosatini amalna oshirish bozor tartibotida uyg'unlashadi hamda turg'un va adolatli erishishni chegaralamasdan harajatlarni ushlab qolishga harakat qilinadi. Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda sog'liqni saqlash va dori vositaga ketadigan umumiy sarflar ancha arzon bo'lishi, xususiy sektor esa ko'pchilik axolining talabini qondirishga jalb etilmagan bo'lishi mumkin. Bunday vaziyatda siyosiy asosan muhim Dori maxsulotlariga erishishlikka qaratiladi.
Siyosatni amalga oshirish borasidagi ustivorliklar muammolarning qiyinligi. Shuningdek, vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatlariga, mavjud zaxiralarlan foydalanishdagi erishiladigan natijalar bilan belgilanadi.
Bosh reja va ishchi rejalar
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosati tadbiq etish rejasini yohud bosh rejani amalga oshirishga olib keladi. U 3-5 yillik mudatni qamrab olishi mumkin. Tatbiq etish rejasi siyosatning har bir bosqichida nimalar qilish kerakligi, buning uchun kim javob beradi, byudjet talablarini baholash, tavsiya etilgan taxminiy muddatlar aks etadi. Agar o'z mablag'larining yetishmasligi aniqlansa, unda dastlabki xatti-xarakatlar majmuini aniqlash, ularni mavjud zaxiralar bilan ado etish yo'llari belgilanadi. Bunday holatda bo'lajak donorlar xissasi ham istisno qilinmaydi. Bunday paytda mablag'lar yetishmasligi kelajakda donorlik ko'magi borasidagi tavsiyalar deb belgilanishi mumkin. Bosh reja monitoringa yordamlashadi, bunda u bilan barcha hamkor va manfaatdor tomonlar tanishtiriladi.
Bosh reja yillik, ishchi rejalariga bo'linishi, ular turli muassasalar bilan birga ishlab chiqilishi, ularning rejalarni bajarishdagi o'rni aniqlanishi kerak. Mazkur rejalarda har bir qism bo'yicha yondashuv va tadbirlar ko'rsatilishi, javobgar shaxslar belgilanishi, asosiy vazifalar aniqlanishi natijalar tafsiflanishi, aniq ja Dori mahsulotlariallar aytilishi, mavjud byudjetdan xabardor etilishi lozim.
Siyosatni hayotga tadbiq etishdagi majburiyatlar
Sog'liqni saqlash vazirligi yetakchi mahkama sifatida umumiy faoliyat kengaytirilgan nazoratni amalga oshirish va ularniboshqarish, shuningdek, amalga oshirish darajasi va maqsadlarga erishish monitoring yuritishi talab etiladi. Ayrim davlatlarda esa vazirlik qoshida boshqaruvchi organ sifatida o'zining byudjetiga ega va mas'ul xodimlardan iborat alohida idora faoliyat ko'rsatadi.
Boshqaruvchi idoradan tashqari siyosatni amalga oshirishni kuzatuvchi davlat maslahat anjumani ham tuzish ham tavsiya etiladi. Bu mamlakat miqyosida siyosatni qo'llab –quvvatlash, asosiy qatnashuvchi shaxslar xabardorligi va ishtirokini ta'minlash uchun o'ta zarurdir. Ayrim qismlar doirasida, xususan, butun faoliyat majmuida sifatni ta'minlash hamda Dori maxsulotlaridan samarali foydalanish uchun ham shunday yo'l tutilishi mumkin.
Nazariy-ruxsat dori vosita muassasasi, sog'liqni saqlash vazirligining farmatsevtika departamenti, markaziy dori vosita omborlari, tuman yoki shahar tibbiyot muassasalari kabi davlat tashkilotlari dori vosita siyosatini amalga oshirishda asosiy idorlar hisoblanadilar. Ushbu holatlar moliya, savdo, iqtisodiy rejalash, ta'lim singari boshqa muassasalarga ham taalluqlidir. Dori maxsulotlari bilan bog'liq mulьtisektor masalalari tabiatini nazarda tutib, vazifalarni hal etishda faqat olish emas, barcha tomonlar kelishuvini qo'llab-quvvatlash muximdir. Bunga shartnomalarni ado etishda mushobih rejalashtirish va ishning borishi haqida doimiy hisoblarni tayyorlash bilan erishiladi.
JSST axborotlar forumini ta'minlanishi, o'tkazilayotgan mintaqaviy va mamlakatlararo ma'rifiy aralashuvlar hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalari orqali hamkorlik muhitini tug'diradi. JSSTning hamkorlik markazlari va boshqa markazlari ilg'or tajribaga tayanib, o'qitishlarda va ilmiy izlanishlarda ishtirok etib, kasbiy tarmoq tizilmalarinivujudga keltiradi, hamkor mamlakatlar o'rtasida axborotlar almashinuvini tashkil etadi.Yangi axborot texnologiyalari samarali va kam chiqimli axborotlar almashish, maslahatlar o'tkazish, birga ishlash va texnikaviy hamkorlik qilishda katta imkoniyatlar bilan ta'minlaydi. JSST ning dori vosita vositalariga bag'ishlangan Internet –sayi Dori maxsulotlari sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishga daxldor muhim hujjatlar va texnikaviy axborotlarga ega. Bosh zarur ma'lumotlar beruvchi hujjat bu dori vositalar ta'minoti Boshqarma hamda “Sog'liqni saqlashni boshqarish fanlari” (SSBF) nodavlat tashkiloti JSST bilan hamkorlikda yaratgan darslikdir.
Asosiy dori vositalar sohasida mashg'ul bo'layotgan xodimlar guruhi uchun dori vosita siyosati bo'yicha o'quv kurslari uyushtiriladi, ikki yilda bir marta esa dori vositalarni boshqarish organlai xalqaro konferentsiyasi (LCDRA) siga to'planadilar, DORI MAHSULOTLARIga taalluqli nazorat-ruxsat faoliyatimasalalari muhokama qilinadi.
Monitoring va baholash nega muhim?
Dori maxsulotlari sohasidagi davlat siyosatini joriy qilishning monitoring va baholash muvaffaqiyati o'ziga alohida e'tibor berishni talab qiladi. Vaqtning yetishmasligi, odamlar zaxirasi va mablag'lar tanqisligidan tashqari ko'pincha monitoring ahamiyatiga ibtidoiy darajada tushunishning yo'qligi seziladi, hatto, bosh rejada shakllantirilgan faoliyat natijalari ob'ektiv va tanqidiy ko'rib chiqishga mone'lik ko'rsatish hollari uchraydi.
Monitoring uzluksiz kuzatishning shakli bo'lib, rejalashtirilgan faoliyatning bajarilishining manzarasini aniq beradi va qo'yilgan maqsadlarga erishilyaptimi, yo'qmi, ko'rsatadi. U turli xil uslublar majmuidan, jumladan, nazorat vizitlari, hamda doimiy va peshkash hisobotlardan foydalanib o'tkazish mumkin.
Baholash kelishilgan vazifalar va maqsadlarning bajarilishining borishini taxlil qilish usulidir. U monitoring tizilmasiga tayanish va ulardan foydalanishi kerak. Dastur boshida u extiyojlarning aniq bahosini olish maqsadida, qo'llaniladi. Oraliq baholash esa dastur ishlayaptimi, aks bo'lsa, negaligi haqida qimmatli axborotlar berishi mumkin. Yakuniy baholash dasturni amalga oshirish davomida erishilgan natijalarni taxlil etishning imkonini beradi. Undan kelajak uchun xulosalar chiqarib olish mumkin.
Monitoring va baholash tizilmasi – yutuqlarni uzluksiz baholash va zarur boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko'maklashuvchi va ta'minlash imkonini beruvchi konstruktiv quroldir. U yana oshoralik va hisobot berib turishlikni, turli davriy vaqtlarda mamlakatlar, mintaqalar o'rtasida qiyoslash mezonini yaratishni ta'minlaydi. Bular manfaatdor tomonlar bilan baxslarda siyosatni qo'llab-qo'ltiqlash, mas'ul odamlar fikrini bilish uchun muvaffaqiyatlar mavjudmi (yo'qmi) gini isbotlash ismkonini beradi, ba'zi amaliy tomonlar 1-rasm ko'rsatilgan.
Davlat dori vosita siyosatini monitoringlash uchun qo'llaniladigan ko'rsatkichlar
Lozim ijobiy yutuqlarga erishilganligini aniqlash uchun haqiqiy maqsadlar yoki faoliyatning ustivor ko'rsatkichlarini baholash foydalidir. Bunda erishilgan o'zgarishlarni idrok etish, qiyoslash anglash, maqsadlar oshayotganligini baholash uchun lozim ko'rsatkichlar (indikatorlar) tanlab olinishi va foydalanilishi kerak. Agar bunday ko'rsatkichlar qo'llanilsa, ular aniq, foydali, o'lchamli, ishonchli va asosli bo'lishliklari lozim. JSST va SSBF (sog'liqni saqlashni boshqarish fanlari dori vositalar siyosatida foydalaniladigan yangi va amaldagi ko'rsatkichlarni taxlil qilish va me'yoriga yetkazish bo'yicha amaliy izlanishlarning to'rt xilini o'ta muhim deb hisoblash mumkin, xususan: manzaraviy axborot, tuzilma ko'rsatkichlari, jarayon ko'rsmatkichlari va natijalar ko'rsatkichlari. Turli mamlakatlar extiyojlarini qondirish uchun bu ko'rsatkichlarning ayrim qismlaridan ham foydalanish mumkin.
JSST va SSBF shuningdek, kundalik foydalanish va peshkash hisobotlar uchun tayanch ko'rsatkichlarning ayrim qismlarini birlashtiradilar. Ularni qo'llash uchun batafsil yo'l-yo'riqlar tayyorlandi. Ma'lumotlarni to'plash nisbatan oson, shu bois monitoringni doimiy ravishda o'tkazish mumkin. Tayanch ko'rsatkichlar quyidagi jihatlarni qamrab oladi:
- Dori mahsulotlarimoliyalashtirish tarxi bo'yicha asosiy Dori mahsulotlariqo'lga kiritish va boshqa ko'rsatkichlar va davlat ta'minotini boshqarish (indikatorlar Dori maxsulotlariga daxldorlik haqida axborotlar beradi);
- dorilar bo'yicha nazorat-ruxsat idoralarining vazifalari va ko'rsatkichlari, sifatni tekshiruvdan o'tkazuvchi laboratoriyalar ishlari, dorilarning yaxshi saqlanishini ta'minlovchi usullar bilan munosabat (indikatorlar Dori maxsulotlari sifati haqida axborotlar beradi);
- Dori mahsulotlaritavsiya etish va tarqatish, asosiy Dori maxsulotlari ro'yxatidan foydalanish va klinik yo'l-yo'riqlar (indikatorlar Dori maxsulotlari dan foydalanish tarxi haqida axborotlar beradi).
Doimiy(joriy) hisobot yoki peshkash hisobot
Joriy hisobot tizilmasi dori vosita boshqarilishining axborotlashtirilishining tarkibiy tizilmasi sifatida dori-drmon siyosati amalga oshirilishini kuzatishda katta hajmda axborot berishga qodirdir. Ammo amalda ko'plab joriy axborotlar doimiy ravishda to'planmaydi, to'plangan taqdirda ham ulardan kamdan-kam foydalaniladi. Peshkash hisobot tizilmasida davolash-profilaktika boshqaruvning ayrim termalarining doimiy ravishda taxlil qilinadi. Ayrim mamlakatlar, xususan, Zimbavevada peshkash hisobot tizilmasi ikki yilda birmarta davlat farmatsevtika siyosatining kuchli va sust tomonlari maqomi haqidagi ustivor ma'lumotlarni to'plash uchun muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Uning boshqarish uchun foydali ekanligi ma'lum bo'ldi.
Natijalardan kim foydalanishi mumkin?
Ko'rsatkichlarga asoslangan farmatsevtika vaziyatini baholaydigan usul farmatsevtika sektorida harakat qilayotgan turli tomonlar uchun foydali bo'lishi mumkin. Siyosatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi shaxslar, ma'murlar mamlakatdagi muammolar haqida aniq tasavvur olishi ma'lum, oqibatda ular o'z strategiyalari va ustunliklarini qayta baholashga chog'lanadilar. Natijalardan ustivorliklarni o'rnatish uchkn tavsiyalar va eng maqbul natijalar beradigan strategiyalarni tanlash omillari sifatida foydalanish mumkin.
Natijalardan, shuningdek siyosatni uyg'unlashtirish uchun hukumat hamda sog'liqni saqlash vazirligi kabilar ham voqir bo'ladilar. Masalan, asosiy Dori maxsulotlari ning past darajada mavjudligi va iqtisodiy daxldorligi sog'liqni saqlash yo'llarini moliyalashtirishni qayta ko'rib chiqishni taqazo etadi. Iqtisodiy siyosiy uning dori vosita bahosini o'rnatishga ta'sirini hisobga olmasdan katta iqtisodiyotga kirishda jamlanishi, yohud asosiy Dori maxsulotlari mavjudligi va ularning iqtisodiy jihatdan arzonligi e'tiborda bo'ladi. Bozorda sifatsiz dori mahsulotlarining bor bo'lishi hukumatning erkin bozorga intilishini afzal ko'rishligiga ishora bo'lishi hamda nazorat-ruxsat dori vosita idoralariga qaraganda mahsulotlar va xo'jalik sub'etlarining ko'pchilik bo'lishiga imkon yaratadigan vaziyatni vujudga keltirishi tomon harakatga aylanishi mumkin.
Xalqaro muassasalar va donorlar natijalardan qo'llab-quvvatlashga muxtoj ustivor sohalarda barqaro turib olish, eng yaxshi natijalarga erishish mumkin bo'lgan sohalarning davomli investitsiyalash samaradorligini aniqlashda foydalaniladilar. Professional guruhlar birlashgan ishlab-chiqarish uyushmalari ham mazkur ma'lumotlardan tashviqot kompaniyalari va axborotlar to'lqini jamlangan sohalarda foydalanishlari mumkin.

Bir necha mamlakatlar bo'yicha qiyosiy baholar



Saralangan uslubiy asosida bir necha mamlakatlarda o'tkazilgan izlanishlar davlat siyosatini shakllantiruvchi shaxslarga o'zlarining mamlakatlariga tadbiqan ijobiy yondashuvlarni bilish imkonini beradi. Shuningdek ular dori vosita siyosati masallarida hamkorlik qilish va xalqaro miqyosda tajribalar almashishda foyda keltiradi. Davlat dori vosita foyda keltiradi. Davlat dori vosita siyosati bo'yicha 12 mamlakatda o'tkazilgan monitoring izlanishlari misol bo'lishi mumkin. Mazkur izlanishlar natijasi shuni ko'rsatdiki, ko'pgina mamlakatlarda dori vosita tizimini davlat tomonidan moliyalash juda sust rivojlangan, qator mamlakatlarda qurilma bilan bir qatorda tizilma ham bor, biroq, qurilmalarning ko'pchiligi aksar vaqtlarda ishlamaydigan bo'lib chiqdi, chunki izlanishlarni tuzish oson, ularni faoliyat ko'rsatishga majbur etish qiyinroqdir. Dori vosita nazorat-ruxsat organi, masalan, u Dori maxsulotlari ro'yxatga olsa, tayyorlovchi korxonani tekshirish, chakana savdo nuqtalarini ko'zdan kechirish, Dori maxsulotlari tomonidag yuzaga keltiriladigan me'yoriy hujjatlarni hayotga tadbiq etishga da'vat etilgan bo'lsa ham, ammo uning vakolatlari cheklangandir. JSST yuqorida tilga olingan dastlabki ko'rsatkichlarni xalqaro miqyosda qiyosiy tahlil o'tkazish uchun to'playdi. Ular Mahkamaning ma'lumotnomalar bazasida saqlanadi va ulardan jahonda dori vositalar to'g'risidagi vaziyatni yoritishga bag'ishlangan ma'ruzalar tuzishda foydalaniladi.

XULOSA
Ayrim mamlakatlarda barcha dori vosita qonunlarini ko'rib chiqish va ularni yagona qonunga jamlash imkoniyatlari mavjud, boshqa ba'zi mamlakatlarda esa dori vosita bilan bog'liq masalalar turli xil qonunlar va me'yoriy hujjatlar bilan qamrab olingan.
Dori vosita qonunchiligi loyihasini tuzish va qayta ko'rib chiqishda, birinchidan mavjud qonunlar va me'yoriy hujjatlarning to'liq majmuini ko'rib chiqish va qanday qonunchilik zarurligi to'g'risida oqilona qaror qabul qilish muhimdir. Shundan so'ng huquq sohasidagi mutaxassislar sog'liqni saqlash mutaxassislari bilan birgalikda ishlashi muhimdir. Boshqa manfaatdor shaxslar va tomonlar qonuning yangi matnining loyihasini vujudga keltiradilar. Loyiha yaratilgandan so'ng keng maslahatlashuvlar o'tkazish jarayonini ahamiyati katta. Zotan manfaatdor tomonlarni axborotlardan bexabar qilish, ularga o'z izoxlarini yoxud tashvishlarini bayon etish imkoniyatlarini berish kerak. Bu paytda tavsiya etilayotgan o'zgartirishlarni qo'llab quvvatlashni ta'minlash muhimdir. Bu qo'llab quvvatlashlar butun jarayon davomida amal qilishi lozim.
Љonunni tayyorlash asnosida qonunning kelajakda bajarish yo'l-yo'riqlarini o'ylash kerak. Strategiya, imkoniyatlar va mablag'lar uni bajarishga va unga rioya etishga xizmat qilinsa, bunday qonunchilikning ba'osi bir pul bo'ladi. Kamtarona maqsadlar va vazifalarga ega bo'lgan qonun bajarilsa, unga rioya etilsa, bunday hujjat ulkan dasturlan o'n chandon afzaldir.
Farmatsevtika qonunchiligi asosan amaliy va xavfsiz, sifatli Dori mahsulotlaritavsiya etish va ular to'g'risida to'g'ri axborotlar berishga da'vat etilgandir. Bu vazifalar dori vositalar bo'yicha qonunlar, shuningdek, boshqa qonunchilik va me'yoriy hujjatlar qamrab olinadi. Bularni bajarish va ularga rioya etish nazariy-ruxsat organlari zimmasiga yuklatilgan. Bulardan tashqari yana boshqa qonunlar va me'yoriy hujjatlar ham borki, ular ham davlat dori vosita siyosatini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlaydi. Masalan generik preparatlarning faol qo'llanilishini ma'qullovchi yoxud patentlarga daxldor va shaxsiy mol-mulk xuquqlari va soliq qonunchiligi shular jumlasidandir, Qonuniy va me'yoriy hujjatlar bilan qo'llab-quvvatlanadigan davlat dori vosita siyosatining qirralari ko'p bo'lishi mumkin. Ular 2-ja Dori mahsulotlarialda hisoblab chiqilgan.



Download 69.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling