Mavzu: dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari. Reja

Bilish nazariyasi nuqtai nazaridan olganda kuzatish va tajriba eksperiment mohiyati jihatidan bir-biridan fari qiladi

Download 13.89 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1797780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-DORIVOR O‘SIMLIKLAR BIOEKOLOGIYASINI O‘RGANISHNING ASOSIY USULLARI.

Bilish nazariyasi nuqtai nazaridan olganda kuzatish va tajriba eksperiment mohiyati jihatidan bir-biridan fari qiladi.

Kuzatish tashqi dunyoni aks ettiradi, ongimizga tashqi dunyodan singib boradigan faktlarni qayd qiladi, tajriba esa oldin miyada o‘ylab olinadi, u tafakkurimiz mahsuli bo‘lib, faktlar bilan, amalda tekshirib ko‘rishni talab etadigan go‘yo bir gipoteza, mo‘ljal, taxmin yoki faraz deb hisoblanadi.

Kuzatishga qaraganda tajribaning ko‘p afzalliklari bor. Tajriba barcha tabiiy fanlarda hukmron tekshirish metodi bo‘lib qolgan. Chunonchi, tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan hodisa tabiatda qachon boshlanishini kutib o‘tirmasdan, shu hodisani o‘zi yuzaga keltirib, gavdalantirib ko‘rishi, ularni tarkibiy qismlarga bo‘lib chiqishi va yana birlashtirib tarkib toptirish, o‘sha hodisalarni chuqurroq o‘rganishga, sabab va oqibatini aniqlashga imkon beradigan qo‘shimcha sharoitni yaratishi mumkin.

Tadqiqotlar o‘tkazishda eng avvalo kuzatilayotgan o‘simlikka ekologomorfologik tavsif berish taqozo etiladi. O‘simlikka ekologo-morfologik tavsif berilganda uning hayotiy shakli, areali, yoshi, ekologiyasi, biometrik (o‘lchami soni) va morfologik (shakl, ko‘rinishi, rangi) belgilari qayd etiladi. Uning qisqa yoki to‘liq bayon etilishi tadqiqotchi oldiga qo‘yilgan vazifalariga qarab belgilanadi. Ekologo-morfologik tavsif tuzilishi botanika kursida qo‘llaniladigan morfologik tavsiflashga juda o‘xshash bo‘lib, undan yashash sharoitini keltirishni, ekologik omillarning ta’sirini qayd etishi, o‘simlikning amaliy ahamiyati ko‘rsatilishi bilan farqlanadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling